3- mavzu. Amaliy mashg’ulot
Download 347.68 Kb.
|
3 mavzu Bemor gigienasi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Talabalarni bajara bilishi shart
- 4. Motivatsiya
4. Mashgulotning maksadi.
Talabalarga bemor gigienasi, bemor shaxsiy buyumlari gigienasini, bemorlarni diagnostik tekshiruvlarga tayyorlash usullarini, xo’qnalaro’tkazish texnikasinio’rgatish. Talabalar bilishi shart: Bemor shaxsiy buyumlari gigienasi, bemor tanasi gigienasi, bemorni yuvish va tahorat qilish, bemor sochlari parvarishi, bemor ko’zlari parvarishi, bemor quloqlari parvarishi, bemor burni parvarishi, bemor og’iz bo’shlig’i parvarishi va bemor teri qoplami parvarishlarini bilishlari kerak. Talabalarni bajara bilishi shart: Bemorlarni diagnostik tekshiruvlarga tayyorlash, bemorlarni endoskopik tekshiruvlarga tayyorlash, bemorlarni rentgenologik tekshiruvlarga tayyorlash, Ultratovush tekshiruvga tayyorlash, rentgen kompyuter tomografiyasi va magnit-rezonans tomografiya tekshiruviga tayyorlash, Xo’qnalaro’tkazishni, tozalovchi xo’qna, bajarish texnikasi, sifon xuqna, gipertonik xo’qna, kolostoma orqali xo’qna qilishni va og’ir yotgan bemor quloqlarini, burnini, sochlarini parvarishi va og’ir yotgan bemor og’iz bo’shlig’iga ishlov berish texnikasini bajarishi lozim. 4. Motivatsiya Har bir ishning alohida rejim asosida bajarilishi yaxshi samara berganidek, bemorlarning statsionarda davolanayotganlaridagi rejimi ham muhim ahamiyatga ega; CHunki, bemor kasalxonaga tushgandan boshlab toki tuzalib chiqkunga qadar maolum bir rejim buyicha davolanadi. Agar pala-partishlikka yo’l qo’yilsa kasalxonada ishlab chiqilgan qoidayu qonunlarga amal qilinmasa, albatta bemor kishining davolanish protsessiga maolum darajada manfiy ta’sir ko’rsatadi. Yaxshi tuzilgan rejim bemorlarga butun kun mobaynida yetarli darajada uxlash va dam olish, shaxsiy gigiena qoidalariga rioya .qilish, xonalarni toza tutish,o’z vaqtida ovqatlanish, muntazam vrachlik kuzatuvi, davo- muolajalarini kechiktirmay bajarishni taominlaydi. Kundalik rejim va tartib-qoidalar kasalxona va bulim profiliga bogliq. Kasallikning xarakteri va og’ir-engilligiga ko’ra bemorlarga quyidagi rejimlar tayinlanadi: bemorga hattoo’tirishga ham ruxsat etilmaydigan qatoiyo’rinda yotish rejimi;o’rinda yotish rejimi —o’rinda harakat qilish mumkin, biroq undan turib ketishga ruxsat etilmaydi;o’rinda yotish rejimining yarim degan turida palatada yurish va hojatxonaga borishga ruxsat beriladi, oddiy rejim — bo’lim atroflarida va kasalxonaning shu mahsad uchun ajratilgan hududida bemalol yurishga ruxsat etiladi.
Download 347.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling