Mavzu Turistlarning shaxsiy gigienasi Reja: Turistlar gigienasiga rioya qilish va o`z-o`zini nazorat qilish
Download 33 Kb.
|
Mavzu Turistlarning shaxsiy gigienasi Reja: 1.Turistlar gigienasiga rioya qilish va o`z-o`zini nazorat qilish. 2.Tabiatni sog`lomlashtiruvchi kuchlaridan (suv, havo, quyosh) foydalanish. Turistlarning shaxsiy gigienasi ham gigienik shartlar tizimiga kiradi. SHaxsiy gigiena - bu inson salomatligini saqlashni ta’min etuvchi hamma tadbirlar majmuasidir. SHaxsiy gigienaning asosiy talabalari quyidagilardan iborat: tananing tozaligi va uning parvarishi, ichki va ustki kiyimlar, poyabzal, yashash va ish joyining tozaligi; ish va shaxsiy buyumlarning orasta saqlanishi shaxsiy, o`quv muassasasida, ko`chada turizm sayrlarida va umumiy joydagi madaniy xulqi kiradi. Iqlim sharoitga asoslanib, kiyim bosh, poyafzal, ich kiyim hamda quyoshdan, sovuqdan, yog`ingarchilikdan saqlanish uchun tegishli bosh kiyimlarni, ko`zoynakni olib yurish va o`z vaqtida ishlatish kifoya. Sayohatlarning 1 kunlik yoki ko`p kunlik tashkil qilinganligiga qarab tegishli bo`lgan gigienik shartlar (kun rejimi, inventar va jihozlarning saqlanishi turistlarning kiyim kechaklar) va yordam beradigan shartlar (shaxsiy gigiena) birgalikda turistik sayrlarda muxim vositalardan hisoblanadi. Umuman gigienik omillar mexnat, dam olish, ovqatlanish, tevarak-atrofdagi muxitning shaxsiy va ijtimoiy gigienasi tadbirlaridan iborat. Turistik saylarni tashkil qilish jarayonida gigiena qoidalari va talablariga rioya qilish majburiydir, chunki u turistik sayohatlarning shaxs psixikasiga ta’sir ko`rsatish samarasini oshiradi hamda kishining sog`lig`ini mustahkamlashga, jismoniy qobiliyatlarini o`stirishga imkon beradi. Turistik sayrlarda tabiatni sog`lomlashtirish kuchidan organizmni chiniqtirishning mustaqil vositasi sifatida foydalaniladi.Tabiat kuchlari (suv, havo, qo`yosh) kishilarning sog`ligini mustaxkamlash va ish qobiliyatini oshirishning muxim vositasidir. Turistik sayrlarda harakatlar bilan birgalikda foydalaniladi (ochiq havodagi o`yinlar, quyosh ostida toblanish, cho`milish va hokazo). Tabiatning sog`lomlashtirish kuchidan foydalanishning asosiy natijasi kishining chiniqishi, ya’ni organizmning sovuq, issiq, quyosh radiasiyasi (ayniqsa ular keskin o`zgarib turganda) kabilarga bardosh berish xususiyatining ortishidir. Bu hol sog`liqni mustaxkamligi va ish qobiliyatini oshirish imkonini beradi, buni ilk yoshlik chog`idan boshlab doimo o`tkazib turish lozim. Har tomonlama chiniqtirish uchun organizmga turlicha ta’sir etadigan vositalar (xilma-xil haroratdagi suv va havo, quyosh turlari ta’sirida bo`lish va hokazo)dan foydalanish kerak. Quyosh vannasini qabul qilishning asosiy qoidalari Quyosh vannasini kunning birinchi yarmidagi (soat 8 dan 11 gacha - bu paytda havo uncha qizimagan va toza bo`ladi) ovqatlanishga bir yarim soat qolguncha yoki undan 1,5-2 soat keyin qabul qilingan ma’kul. Quyosh nuri ostida bo`lish dastlab 8-10 daqiqa bilan chegaralanadi, so`ng bu prosedurani har kuni 5-10 daqiqa ko`paytirilib boriladi va asta-sekin 30-40 daqiqaga yetkaziladi. Quyosh vannasini qabul qila turib har 5-10 daqiqada tana holatini o`zgartirib turish kerak. Quyosh vannasidan keyin suv proseduralari tavsiya qilinadi. Quyosh vannasidan haddan ziyod notug`ri foydalanish organizm uchun zararlidir. Bu tananing kuyishiga va issiq urushiga olib kelishi mumkin. Havo vannasini qabul qilishning asosiy qoidalari. Havo vannasiga yaxshisi erta bahorda, iliq kunlarda (+200 C), lekin quyosh nuri va shamolning tik tushushidan muhofaza qilingan joylarda tushgan ma’qul. Havo vannasida dastlab 10-15 daqiqa. Asta-sekin 1,5-2 soat bo`linadi. Havo vannasi uchun qulay vaqt kunduzgi soatlardir (soat 9 dan 18 gacha). Havo vannasini qorin ochganda yoki bevosita ovqatdan so`ng qabul qilish tavsiya etilmaydi. Bazan uvisha boshlaganda bu prosedurani darhol to`xtatish kerak. Iloji bo`lsa, havo vannasiga tushishdan oldin organizmni qizitish kerak. Havo vannasini ochiq havoda harakatlanib (o`ynab yoki yurib) olgan ma’qul. Iliq kunlarda havo vannasini muntazam olish asta-sekin bu prosedurani juda past temperaturada ham amalga oshirish imkonini beradi. Bu organizmni chiniqtiradi. Suv prosedurasini olishning asosiy qoidalari. Suv prosedurasiga quyidagilar kiradi: artinish, ustidan suv quyish, dushga tushish va cho`milish. Eng qulayi artinishdir. Ishqalash ho`l sochiq yoki gubka bilan amalga oshiriladi. Ishqalashdan so`ng badan sochiq bilan quriguncha artiladi. Iqshalashda dastlab iliq suvdan: maktabgacha yoshdagi bolalar uchun 28-25 harorat issiq, maktab o`kuvchilari va o`smirlar uchun 25-20, 20-18 harorat issiq suvdan foydalaniladi. Suvning harorati asta-sekin 3-4 kunda bir harorati pasaytiriladi va maktabgacha yoshdagi bolalarda 19, maktab o`kuvchilarida 18, o`smirlarda 16 haroratgacha tushiriladi. Ustidan suv quyish va dush qabul qilish eng kuchli suv proseduralaridir. Ularni qabul qilishga bolalar ho`l narsa bilan badanlarini ishqalashga ko`nikkanlaridan so`ng kiritish zarur. Suv havzalarida chumilish eng yaxshi proseduralardan biridir. Agar badan tarbiyadan so`ng cho`milishga to`g`ri kelsa, suvda 2-3 daqiqa bo`lishi kifoya, quyosh vannasidan chiqib cho`milganda 10-20 daqiqa turishlari mumkin, cho`milayotib kuchli harakatlar qilish kerak, aks holda sovqotib qolish mumkin. Har qanday suv prosedurasidan so`ng badanni quriguncha artish, keyin ho`l yoki quruq sochiq bilan ishqalab quritish lozim. Har uchchala prosedurani tashkil qilish va o`tkazishida ablatta tibbiy nazorat darkor. Download 33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling