Mavzu: Sovuq urishining darajalari
Download 33.86 Kb.
|
sovuq urishi
Mavzu: Sovuq urishining darajalari. Reja: 1. Sovuq urishi nima 2. Sovuq urishining darajalari 3. Sovuq urganda kórsatiladigan birinchi yordam Sovuq olishi (tibbiyotda) -toʻqimalarning zararlanishi. Sovuq olishida toʻqimalar zararlanishiga, asosan, qon tomirlarining sovuq taʼsirida davomli torayishi natijasida ularda roʻy beradigan turgʻun oʻzgarishlar sabab boʻladi. Faqat qattiq sovuq kunlari emas, balki yogʻingarchilik va shamolli havoda harorat nul daraja atrofida boʻlganda ham So. mumkin. Kishi uzoqvakt sovuqda boʻlganida termoregulyasiyaning tabiiy mexanizmlari gavdaning periferii qismida joylashgan organlar temperaturasini normal holatda saqlay olmay, astasekin qon aylanishi pasayadi, keyin vaqtincha toʻxtab ham qoladi. Organizm sovuqqa bardosh berolmaydi, toʻqimalarda chuqur oʻzgarishlar roʻy beradi, hujayralar oʻladi. Qon tomirlar spazmi belgilaridan biri — organning sezish qobiliyati yoʻkrlishi va terining oqarishidir. Tor kiyimbosh va poyabzal (qon aylanishini qiyinlashtiradi), nam kiyim kiyish, kasalliklar oqibatida organizmning kuchsizlanib qolishi, qon yoʻqotish va boshqa Sovuq olishiga sabab boʻladigan omillardir. Koʻpincha qoʻl va oyoq barmoqlari, burun va quloq chigʻanogʻini sovuq oladi. Bilak, boldir boʻgʻimlarining yuqori qismi va gavdaning katta sathi (dumba, qorin va boshqalar)ni Sovuq olishi kamdankam uchraydi, odatda, kishi muzlab qolgandagina bu sohalarni ham sovuq oladi. Gavdaning sovuq olgan qismi oʻziga xos koʻrinishda boʻladi; teri oqaradi yoki koʻkimtir tusga kiradi, qoʻloyoqlar qotib qolgandek tuyuladi. Issiq qilingach, sovuq olgan joylar darrov shishadi, soʻngra Sovuq olishi darajasiga qarab toʻqimalarda yalligʻli oʻzgarishlar roʻy beradi yoki ular oʻladi (nekroz). Sovukdan zararlanish holatiga koʻra, Sovuq olishi 4 darajaga boʻlinadi. 1darajali Sovuq olishi ancha yengil boʻlib, zararlangan joy isitilgach shishadi va teri koʻkimtir tusga kiradi; 2darajali Sovuq olishida terida tiniq suyuqlik yigʻilgan pufakchalar paydo boʻladi; 3darajali Sovuq olishi ogʻir kechadi, terida qon aralash suyuklik yigʻilgan pufakchalar paydo boʻlib, bir necha kundan soʻng ular oʻrnidagi toʻqimalar oʻladi va irib tushib ketib, oʻrnida chandiqlar hosil boʻladi. Sovuq olishining 4darajasi juda ogʻir kechadi, bunda faqat teri shikastlanib qolmay, boshqa yumshoq toʻqimalar va hatto suyak ham oʻzgarishlarga uchraydi, natijada toʻqimalar oʻladi. Vaqt oʻtishi bilan ular qorayib, qovjirab quriydi va astasekin tushib ketadi. Jarohatlarning bitishi bir necha hafta va oygacha choʻzilishi mumkin, bu Sovuq olishining ogʻirengilligi, sovuqning qancha vaqt taʼsir qilganligiga bogʻliq. Shuning uchun sovukdan zararlangan kishini darhol issiq uyga olib kirib, uncha issiq boʻlmagan grelka qoʻyib isitish va zudlik bilan kasalxonaga joʻnatish kerak. Sovuq olishining oldini olish uchun organizmni sovuqqa chiniqtirish lozim. Sovuqqa chidamli kishilar organizmda issiqlik hosil boʻlishi birmuncha shiddatliroq boradi, bu esa terining qon bilan taʼminlanishini yaxshilaydi, tananing sovuqqa chidamliligini oshiradi. SOVUQ URIShI davosi Odam uzoq vaqt sovuq havoda qolib ketsa, terisini sovuq urishi mumkin. Past harorat ta’sirida organizm to‘qi- malarida shikastlanish paydo bo‘ladi. So- vuq olgan joyda to‘qimalar uvishadi, keyin ishadi, ko‘karadi. Bu joylardagi teri og‘riy- di, xuddi kuyishday pufakchalar paydo bo‘la- di. Bu holatlarda sovuq urgan joylar tuza- lib, iz qoldirmaydi. Biroquzoq sovuq oldi- rish natijasida to‘qimalar, hatto suyaklar ham o‘lishi holati yuzaga keladi, shunda jar- rohlik aralashuvisiz bu darddan xalos bo‘- lishning iloji bo‘lmay qoladi. Sovuq urganda xalq tabobati quyidagi- larni tavsiya etadi: Sovuq urganda oqarib, sezmay qolgan terida qon aylanishini tiklash uchun be- morni issiq joyga olib borish kerak, toza mato yoki dastro‘molga kamfora yoki borat spirti quyilib (bular topilmasa, odeko- lon ham bo‘ladi), sovuq olgan joylar ishqa- lanib artiladi. Aslo artish uchun qor yoki qo‘lqop ishlatmang, bular bilan teriga shi- kast yetkazib, infeksiya kiritib yuborish mumkin. Olmaning bo‘lagini yoki yangi qirg‘izdan o‘tkazilganini teri kuygan, sovuq urgan va uzoq bitmaydigan yaralariga qo‘yish kerak. Daraxtsimon aloe barglari eziladi va sharbati olinadi. Sovuq urgan joylar- ni yuvish yoki paxtaga botirib qo‘yish uchun ishlatiladi. Sovuq urgan joyga yangi uzilgan qovoq- ning mag‘zi bostirib qo‘yiladi. Kartoshka sharbati siqib olinib, toza mato sharbat bilan bo‘ktiriladi va sovuq olgan joyga kuniga bir necha marta bosti- rib qo‘yiladi. Seldereyning yangi bargidan bo‘tqa qi- linib, sovuq urgan joyga qo‘yiladi. Kalendula gulidan tayyorlangan aroqli damlamasi ham qo‘llaniladi: 2 osh qoshiq quruq gullarga 100 ml aroq quyiladi va bir necha kun damlanadi. Keyin dokadan o‘tka- zib olinib, sirtga qo‘llaniladi. Sovuq urgan joyni yuvish, bog‘lam va kompress qo‘yish uchun oddiy dastorbosh (tmsyachelistnik) o‘ti damlamasi qo‘llani- ladi. 4 osh qoshiq quruq o‘t 1 stakan qaynoq suvda 1 soat damlanadi va dokadan o‘tkazib olinib, ishlatiladi. Ingichka bargli qizilqon (ivan-chay) yangi siqilgan sharbati ham keng qo‘llani- ladi. Sharbatini yosh barg va novdalari- dan qilish tavsiya etiladi. Bu vosita sirt- ga ishlatiladi va yaralarni bitishini tez- lashtiradi. Oddiy eman po‘stidan tayyorlangan qay- natma sovuq urgan joylarga kompress qi- lish uchun yaxshi vositadir. Buning uchun 2 osh qoshiq qurigan po‘st yanchilib, yarim litr suvda past olovda 15 daqiqa qaynatiladi, sovutiladi va dokadan o‘tkaziladi. Botqoq sushenitsasi o‘tining yog‘li eks- trakti ham kompress qo‘yish uchun qo‘llani- ladi. 1 osh qoshiq quruqo‘t kukunday bo‘lgun- cha yanchiladi va ustidan bir stakan kunga- boqar yog‘i quyiladi va tez-tez aralashtirib turgan holda 7-10 kun damlanadi. Cho‘kindi- ni tubida qoldirgan holda malhamni bo- shqa idishga quyib oling. Agar sovuq olishi natijasida gangre- na yuzaga kelsa, oq tol po‘sti unday bo‘lgun- cha maydalanib, kukunidan sepki dori si- fatida ishlatish mumkin. Kuniga bir necha marta kartoshka qay- natmasidan sovuq urgan joyga iliq kom- presslar qo‘yish kerak. Kompressni har 15′ 20 daqiqada almashtirish lozim. Sutkada bir-ikki marta sovuq urgan joylarni g‘oz yog‘i yoki chakanda yog‘i bilan surkash kerak. Qirg‘ichdan o‘tkazilgan piyoz, moychechak damlamasi (1 osh qoshiq quruq gullar usty’ dan qaynab turgan suvdan 1 stakan quyib, yarim soat damlanadi va dokadan o‘tkazib olinadi). Kuniga bir necha marta sovuq suvdan kompress qilish kerak: dokani sovuq suv’ ga botirib olib, biroz siqib tashlab, sovuK urgan joyga qo‘yiladi, ustidan sellofan tortilib, bog‘lab qo‘yiladi. Yangi uzilgan sholg‘omni qirib bo‘tqa ho’ liga keltiring, unga quritilgan selderey’ ni maydalab qo‘shing va sovuq olgan joyga kompress sifatida qo‘ying. Sovuq urgan qo‘l va oyoq barmoqlari tana tomonga qarab uqalanadi, so‘ngra biroz iliq suvga solinadi. Asta-sekin suvga iS’ siqroq suvdan quyib borib, uni 37 °S gacha olib boring. Keyin qo‘l yoki yumshoq sochiK bilan uqalanadi. Sterillangan bint bilaN o‘rab qo‘yiladi va bemorga choy beriladi. Sovuq oldirishda birinchi yordam. Birinchi yordam shikastlangan kishini va ayniqsa tanasining sovuq urgan qismini zudlik bilan isitishdan iborat. Sovuq urgan bеmorni imkon boricha issiq xonaga olib kirish kеrak. Avvalo, tananing sovuq urgan qismini isitish, unda qon aylanishini tiklash lozim. Bunga sovuq urgan sohani spirtga ho’llangan toza qo’l bilan, ba'zan ancha vaqtgacha massaj qilish yo’li bilan erishiladi. Tеrida sеzuvchanlik tiklanishi bilan ishqalashni to’xtatish mumkin. Tananing sovuq urgan qismlarini qor bilan ishqalash mumkin emas, chunki bu sovuq urishini kuchaytiradi, qor zarrachalari esa tеrini shikastlaydi, bu hol sovuq urgan sohaga infеktsiya tushishiga imkon bеradi. Tеrida shish va pufakchalar bo’lganda uni ishqalash va massaj qilish mumkin emas. Bunday hollarda issiq vannalar yordamida isitish lozim. Suv haroratini 20-30 minut ichida asta-sеkin 20° dan 40°C gacha oshira borish mum- kin. Bunda sovuq urgan joyni sovun bilan kirdan tozalash kеrak. Vannadan va ishqalashdan so’ng shikastlangan sohani quritish (artish), stеril bog’lam bog’lash va issiq qilib o’rab-chirmash kеrak. Sovuq urgan sohalarga yog’ va malhamlar surtmaslik kеrak, chunki bu kеyinchalik ularni birlamchi tozalashni ancha qiyinlashtiradi. Shikastlangan kishini umuman isitish bo’yicha tadbirlar birinchi yordam ko’rsatishda katta ahamiyatga ega. Bеmorlarga issiq kofе, choy, sut bеriladi. Sovuq urgan kishini tibbiyot muassasasiga tеz yеtkazish ham birinchi yordam hisoblanadi. Uni transportda olib borishda yana sovqotishiga yo’l qo’ymaslik kеrak. Butun organizmni qattiq sovuq urganda umumiy muzlash ro’y bеradi. Umumiy sovqotish va muzlash kuch-kuvvatini yo’qotib, yo’lda adashib qolgan, kasalliklardan tinka-madori qurigan yoki juda oriqlab kеtgan kishilarda ro’y bеradi. Ko’pincha qattiq mastlik holatida bo’lgan shaxslar muzlab qolishadi. Umumiy sovqotish avj olayotgan vaqtda avvaliga charchoqlik, karaxtlik, uyquchanlik sеzgisi paydo bo’ladi. Tana harorati bir nеcha gradusga pasayganda bеhushlik holati yuz bеradi. Shunday holatda sovuq ta'sirining davom qilishi tеzda nafas olish va qon aylanishining to’xtashiga olib kеladi. Download 33.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling