Mavzu: Mushaklar haqidagi ilm. Musaklarning tuzilishi va tasniflanishi. Mushaklar ishining umumiy prinsiplari. Tana mushaklari va fastsiyalari, ularning yoshga qarab o’zgarishi


Download 28.94 Kb.
bet1/6
Sana19.06.2023
Hajmi28.94 Kb.
#1624080
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
106 Mushaklar haqid


Mavzu: Mushaklar haqidagi ilm. Musaklarning tuzilishi
va tasniflanishi. Mushaklar ishining umumiy prinsiplari. Tana mushaklari va fastsiyalari, ularning yoshga qarab o’zgarishi

Tananing har bir harakati organizmda bo’lgan ko’ndalang targ’il mushak tolalarining qisqarishi natijasida paydo bo’ladi. Tana mushaklari suyaklarga birikib, ularni harakatga keltiradi. Ular tana bo’shliqlari devorini hosil qilishda ishtirok etadi va ba’zi bir ichki a’zolar (yutqin, qizilo’ngachning yuqori qismi, hiqildoq, to’g’ri ichakning pastki qismi) devorlari tarkibiga kiradi. Skelet mushaklari yordamida odam harakat qiladi va muvozanat saqlaydi, nafas oladi, ovqatni yutadi va mimikasini o’zgartiradi. Odamda 600 dan ortiq mushak bo’lib, ularning 200 tasi o’z nomiga ega. Katta odamning skelet mushaklari gavda og’irligini o’rtacha 40% (erkaklarda 35-45%, ayollarda esa 28-32%), yangi tug’ilgan bolada 20-22% tashkil qiladi.


Mushaklarning tuzilishi
Har bir mushak biriktiruvchi to’qimali parda endomiziy (endomysium) bilan o’ralgan ko’ndalang targ'il mushak tolalaridan tuzilgan a’zodir. Har xil kattalikdagi mushak tolalari bir-biridan biriktiruvchi to’qimali qatlamlar perimiziy (perimysium) vositasida ajrab turadi. Bu perimiziy ichida qon tomirlar va nervlar joylashgan. Agar biriktiruvchi to’qimali parda butun mushakni o’rasa uni epimiziy (epimysium) deb ataladi. Bu parda mushak payiga davom etib peritendiniy (peritendinum) degan nomni oladi. Mushaklarda juda kuchli modda almashinuvi ketganligi sababli ularda qon tomirlari juda ko’p. Har bir mushakda faol qisqaruvchi qismi-tanasi yoki qorinchasi (venter) bo’lib, u mushak tolalaridan iborat bo’ladi. Nofaol suyaklarga biriktiruvchi qismi yoki pay qismi (tendo) zich biriktiruvchi to’qimadan iborat, yaltiroq kumushrang bo’lib, mushak tanasidan aniq ajrab turadi. Paylarda modda almashinuvi kam bo’lgani uchun ularda qon tomirlar kam. Paylarning bittasi yuqori qismida bo’lib, uni boshchasi (caput) deyiladi. Uning yordamida mushak suyakdan boshlanadi. Pastki uchi dum (cauda) deyilib, uning yordamida mushak suyakka birikadi. Paylar kollagen tolalardan iborat bo’lib, juda pishiq bo’ladi. Masalan axil payi 400 kg yukni ko’tara olsa, sonning to’rt boshli mushagining payi 600 kg yuk ko’tara oladi. Har xil mushaklarning payi bir xil emas. Uzun mushaklarning paylari ingichka lenta shaklida bo’lsa, tanada joylashgan keng mushaklarning paylari keng va yassi bo’lib aponevroz (aponevrosus) deyiladi. Ba’zi mushaklarda ikkita qorincha orasida joylashgan oraliq paylar ham uchraydi (ikki qorinli mushak- m. digastricus). Agar mushak bir nechta miotomlardan taraqqiy etgan bo’lsa, ular o’rtasida oraliq paylar yoki pay belbog’lar (intersectiones tendineae) hosil bo’ladi. Bunday mushaklarga qorinning to’g’ri mushagi kiradi.
Mushak qisqargan vaqtda uning bir uchi harakatsiz bo’lib, uni qotirilgan nuqta (punctum fixum) deyiladi. Bu nuqta asosan mushakni boshlanish qismida bo’ladi. Harakatlanuvchi nuqta (punctum mobile) mushak birikkan ikkinchi suyakda bo’lib, mushak qisqargan vaqtda u o’z holatini o’zgartiradi.

Download 28.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling