Mavzu: Mushaklar haqidagi ilm. Musaklarning tuzilishi va tasniflanishi. Mushaklar ishining umumiy prinsiplari. Tana mushaklari va fastsiyalari, ularning yoshga qarab o’zgarishi
Download 28.94 Kb.
|
106 Mushaklar haqid
- Bu sahifa navigatsiya:
- (mioblastlar)
Mushaklarning taraqqiyoti
Tana mushaklari orqa tor va nerv nayining yonida joylashgan mezodermaning dorsal qismidan rivojlanadi. Homila hayotining uchinchi haftasida bu mezoderma birlamcha segmentlar yoki somitlarga bo’linadi. 6-haftada homilada 39 juft: 4 ensa, 8 bo’yin, 12 ko’krak, 5 bel, 5 dumg’aza va 5 dum somitlari tafovut qilinadi. Somitni sklerotom ajrab chiqib umurtqa pog’onasi paydo bo’lganidan qolgan tashqi orqa qismi miotomni hosil qiladi. Miotom hujayralari (mioblastlar) bo’yiga cho’zilib, ko’ndalang targ’il mushak tolalariga aylanadilar. Miotomlar ventral tomonga o’sib, dorsal va ventral qismlarga bo’linadi. Uning dorsal qismidan tananing orqa qismi mushaklari taraqqiy etsa, ventral qismidan tananing oldingi va yon tomon mushaklari taraqqiy etadi. Tana mushaklarining bir qismi o’zi taraqqiy etgan joyida qolib o’ziga xos, autoxton mushaklarni (autos-o’zi), (chton-joy) hosil qiladi. Bularga orqaning, ko’krakning chuqur va qorin mushaklari kiradi. Boshqa bir guruh mushaklar tanadan qo’l va oyoqlarga o’tib trunkofugal (truncus-tana, fugere-qochaman) mushaklarni hosil qiladi. Bularga traptsiyasimon, to’sh-o’mrov-so’rg’ichsimon, katta va kichik rombsimon, oldingi tishsimon, kurakni ko’taruvchi mushaklar kiradi. Uchunchi guruh mushaklar qo’l va oyoqdan boshlanib tanaga birikuvchi trunkopetal (truncus-tana, petere- intilaman) mushaklarni hosil qiladi. Bularga katta va kichik ko’krak, orqaning serbar va katta bel mushaklari kiradi. Qo’l mushaklari V-VIII bo’yin va I ko’krak miotomlaridan, oyoq mushaklari esa I-V bel va I-III dumg’aza miotomlaridan hosil bo’lgan mushaklar kurtagidan takomil etadi. Boshlang’ich davrda qo’l-oyoq mushaklari oldingi va orqa tomonda joylashgan (yozuvchi va bukuvchi) bo’lib, keyinchalik qo’l mushaklari proksimal tomonga yo’nalib (trunkopetal) tananing xususiy mushaklarini ko’krak va orqa tomondan qoplaydi. Bundan tashqari yelka kamariga tananing ventral (trunkofugal) mushaklari kelib birkadilar. Bosh mushaklari qisman bosh somitlaridan, asosan vistseral ravoqlar mezodermasidan taraqqiy etadi. Jag’ ravog’idan pastki jag’ga birikuvchi chaynov va og’iz tubi mushaklari, gioid ravoqdan esa bo’yinning teri osti va bosh mushaklari rivojlanadi. Yangi tug’ilgan bolada hamma skelet mushaklari paydo bo’lgan bo’lsada, ular nisbatan kam rivojlangan. Ular tana og’irligining 20-22% tashkil qiladi. 1-2 yoshli bolada mushaklar og’irligi 16,6% gacha kamayadi. Bola 6 yoshga to’lganida harakati yuqori darajada faollashuvi natijasida mushaklari tana og’irligining 21,7%, 8 yoshda esa 33% ning tashkil qiladi. Erkaklarda mushak massasi 36% bo’lsa, ayollarda 33%. Mushaklarning o’zgarishiga qarab bola tanasi tashqi ko’rinishi ham o’zgaradi. Yangi tug’ilgan va yosh bolalarda qo’l va oyoqlari tsilindr shaklida bo’lsa, mushaklar o’sib, yog’ to’qimasi kamayishi bilan, ular duksimon yoki konus shaklini oladilar. Bola hayotining birinchi yilida qo’l va oyoq mushaklari tez o’ssa, 2-4 yoshlarda orqaning uzun mushagi, hamda katta dumba mushagi o’sadi. Bola tug’ilganidan keyin mushaklarning pay qismi tez o’sib, ularning suyaklarga birikadigan qismi kattalashadi. Ularda fastsiyalar yaxshi bilinmagan yupqa va bo’sh bo’lib, mushaklardan oson ajraydi. Fastsiyalar bola hayotining birinchi oyidan boshlab mushaklarning vazifasiga qarab rivojlanadi. Download 28.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling