Mavzu: Mushaklar haqidagi ilm. Musaklarning tuzilishi va tasniflanishi. Mushaklar ishining umumiy prinsiplari. Tana mushaklari va fastsiyalari, ularning yoshga qarab o’zgarishi


Download 28.94 Kb.
bet6/6
Sana19.06.2023
Hajmi28.94 Kb.
#1624080
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
106 Mushaklar haqid

Chov kanali
Chov kanali (canalis inguinalis) chov boylamining medial yarmi ustida, qorin serbar mushaklarining orasida qiya joylashgan tirqish bo’lib, unda erkaklarda urug’ tizimchasi, ayollarda bachadonning yumaloq boylami o’tadi. Chov kanalining uzunligi 4-5 sm. Uning chuqur va yuza teshiklari tafovut qilinadi. Chov kanalining yuza halqasi (annulus inguinalis superficialis) qov suyagining ustida joylashgan. Uni yuqori tomondan chov boylamining medial oyoqchasi (crus mediale), pastdan lateral oyoqchasi (crus laterale) chegaralaydi. Yuza halqani lateral tomondan medial va lateral oyoqchalar o’rtasida tortilgan oyoqchalararo tolalar (fibrae intercruralis) va medial tomondan lateral oyoqchaning tolalaridan hosil bo’lgan bukilgan boylam (lig. reflexum) chegaralaydi.
Chov kanalining chuqur teshigi (annulus inguinalis profundus) qorin bo’shlig’i tomonidan ko’ndalang fastsiyadagi lateral chov chuqurchasi sohasida joylashgan quyg’ichsimon botiqlikdan iborat. Chov kanalidan o’tayotgan a’zolarga nisbatan uning to’rtta devori tafovut qilinadi. Chov kanalining oldingi devorini qorin tashqi qiyshiq mushagining apanevrozi, orqa devorini ko’ndalang fastsiya, ustki devorini qorinning ko’ndalang va ichki qiyshiq mushaklarining pastki
chekkalari, pastki devorini chov boylami hosil qiladi.
Yangi tug’ilgan bola chov kanali nisbatan qisqa, keng va to’g’ri yo’nalgan. Uning yuza halqasi nisbatan yuqori joylashgan bo’lib, oval yoki uchburchak shaklida. Ichki va tashqi oyoqchalar va oyoqchalararo tolalar kam taraqqiy etgan. Chov kanalining chuqur halqasi ko’ndalang fastsiyada qorinparda bilan yopilgan, 2-4 mm kenglikdagi voronkasimon botiqlik shaklida. Chov kanalining tuzilishi 3 yoshda tugallanadi.


Tananing orqa tomoni mushaklari


Orqa mushaklari tananing orqa yuzasida dumg’aza va yonbosh suyaklari qirrasidan kalla asosigacha bo’lgan sohani egallaydi. Ular ikki: yuzaki va chuquur guruhlarga bo’linadi.
Orqaning yuzaki guruh mushaklari uch qavat bo’lib, birinchi qavatda ikki: trapetsiyasimon va orqaning serbar mushaklari joylashadi.
Trapetsiyasimon mushak, uchburchak shaklidagi yassi mushak bo’lib, orqaning yuqori qismida joylashgan. O’ng va chap mushaklar birgalikda trapetsiya shakliga o’xshaydi. Bu mushak tashqi ensa bo’rtig'i, yuqorigi ensa chizig’i, ensa boylami va barcha lo’krak umurtqalarining qirrali o’simtalaridan boshlanib, o’mrov suyagining akromion uchi, akromion va kurak qirrasiga birikadi. Trapetsiyasimon mushak kurakni harakatini ta’minlaydi.
Orqaning serbar mushagi ham uchburchak shaklidagi yassi mushak bo’lib orqaning pastki qismida joylashgan. Bu mushak pastki oltita ko’krak, barcha bel umurtqalarining qirrali o’simtalaridan, yonbosh suyagining tashqi qirrasidan boshlanib yelka suyagi kichik bo’rtig'i qirrasiga yopishadi. Bu mushak qisqarganida qo’lni tanaga yaqinlashtiradi va pronatsiya qiladi.
Orqaning yuzaki mushaklar guruhining ikkinchi qavatida kurakni ko’taruvchi, kichik va katta rombsimon mushaklar joylashib, ularning qisqarishi kurashni holatini o’zgartiradi.
Uchunchi qavatda orqadagi yuqorigi va pastki tishsimon mushaklar joylashgan. Orqaning yuqorigi tishsimon mushagi qisqarganida qovurg’alarni ko’tarib nafas olishda ishtirok etadi. Orqaning pastki tishsimon mushagi esa nafas chiqarishda ishtirok etadi.
Orqaning chuqur mushaklari umurtqalarning qirrali va ko’ndalang o’simtalari: ko’ndalang o’simtalar va kovurg’alar burchagi o’rtasidagi bo’ylama egatlarda uch qavat bo’lib joylashadi.
Yuza qavatda bosh va bo’yinning tasmasimon va umurtqa pog’onasini tiklovchi mushaklar yotadi.
Bosh va bo’yinning tasmasimon mushaklari asosan bosh va bo’yinni orqa tomonga tortadi, agarda bir tomonlama qisqarsa o’z tomonga buradi.
Umurtqa pog’anasini tiklovchi mushak birikish sohasiga qarab uch qismga: lateral qovurg’alarga birikuvchi yonbosh-qovurg’a, oraliq ko’ndalang o’simtalarga birikuvchi uzun va medial qirrali o’simtalarga birikuvchi qirrali mushaklarga bo’linadi. Yonbosh qovurg’a mushagi joylashish sohasiga qarab uch qismga bo’linib, qisqarganida umurtqa pog’onasini yozadi, bir tomonlama qisqarsa, umurtqa pog'onasini bir tomonga bukadi qovurg’alarni pastga tushiradi.
Uzun mushak ham uch qismdan iborat bo’lib, qisqarganida umurtqa pogonasini yozadi, yon tomonga bukadi. Bosh qismi boshni orqaga tortib, yuzni o’z tomonga buradi.
Qirrali mushak ham uch qismga bo’linib, qisqarganida umurtqa pog’onasini yozadi.
Ko’ndalang-qirrali mushak umurtqalarning ko’ndalang va qirrali o’simtalari o’rtasidagi egatda bir necha qavat bo’lib joylashgan. Bu mushakning tolalari uzunligi turlicha bo’lib, nechta umurtqaning ustidan o’tishiga qarab uch guruhiga bo’linadi. Ko’ndalang- qirrali mushakning yuza joylashgan yarim qirrali mushak qismi 4-6 umurtqa ustidan o’tib birikadi. uning o’rta qavatida joylashgan ko’p bo’lakni mushak 2-4 umurtqa ustidan o’tib biriksa, chuqur joylashgan burovchi mushak bir umurtqa ustidan o’tib, keyingisiga birikadi. Ko’ndalang-qirrali mushak qisqarganida umurtqa pog’onasini bo’ylama o’q atrofida buradi.
Orqa mushaklari, ayniqsa chuqurlari kam taraqqiy etgan. Ularning qisqaruvchi qismi payiga nisbatan katta. Orqa mushaklari bolalikning birinchi va balog’at davrlarida tez o’sadilar.

Download 28.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling