Mavzu: Mushaklar haqidagi ilm. Musaklarning tuzilishi va tasniflanishi. Mushaklar ishining umumiy prinsiplari. Tana mushaklari va fastsiyalari, ularning yoshga qarab o’zgarishi


Download 28.94 Kb.
bet2/6
Sana19.06.2023
Hajmi28.94 Kb.
#1624080
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
106 Mushaklar haqid

Mushaklarning tasniflanishi
Odamda 400 dan ortiq skelet mushaklari bo’lib, ularning shakllari har xil bo’ladi. Shakl jihatidan mushaklar uch xil: uzun, kalta va keng bo’ladi. Uzun mushaklar duksimon (fisiformis) tuzilishga ega bo’lib, ular qo’l va oyoqlarda richag vazifasini bajaradi (m. biceps brachii). Keng mushaklarga esa tana mushaklari kiradi. Duksimon mushaklarning tolalari mushakni uzun o’qiga paralel joylashgan bo’ladi. Ba’zi bir mushaklar bir nechta bosh bilan har xil suyaklardan boshlanadi. Bu esa ularning tayanchini oshiradi. Boshchasiga qarab ikki boshli (biseps), uch boshli (triceps), to’rt boshli (quadriceps) mushaklar bo’ladi. Paylar soni ham ko’p bo’lishi mumkin (ko’p dumli mushaklar)
qo’l va oyoq barmoqlarini yozuvchi va bukuvchi mushaklarni bir nechtadan payi bor. Buning natijasida bitta mushakning qisqarishi bir nechta barmoqlarni harakatiga keltirib mushaklar ishni tejaydi.
Mushaklarni shakliga qarab kvadrat (m.quadratus), uch burchak (m.triangularis), yumaloq (m. teres), deltasimon (m.deltoideus), tishsimon (m.serratus), kambalasimon (m.soleus), aylanma (m. orbicularis), trapetsiyasimon (m.trapezius), rombsimon (m.rhomboideus) ham deb ataladi.
Tolalarning yo’nalishi bo’yicha mushaklar to’g’ri parallel tolali (m.rectus), ko’ndalang tolali (m.transversus), aylanma tolali (m.orbicularis) mushaklarga bo’linadi. Aylanma tolali mushaklar teshiklarni o’rovchi sfinkterlarni hosil qiladi.
Mushak tolalari pay o’qiga nisbatan har xil yo’nalishda ega bo’ladi. Agar qiyshiq tolalar payni bir tomonida joylashsa mushak bir patli (m.unipennatus), agar mushak tolalari payni ikki tomonida joylashsa ikki patli (m. bipennatus), har tomonida joylashsa ko’p patli (m. multipennatus) deyiladi.
Vazifasiga qarab mushaklar bukuvchi (flexores), yozuvchi (extensores), yaqinlashtiruvchi (adductores), uzoqlashtiruvchi (abductores), burovchi (rototores), ichkariga aylantiruvchi (pronatores) va tashqariga aylantiruvchi (supinotores) deyiladi.
Bo’g’imlarga nisbatan mushaklar bir, ikki va ko’p bo’g’imli mushaklarga bo’linadi. Ko’p bo’g’imli mushaklar uzun bo’lib, yuzaroq joylashadi. Bir bo’g’imli mushaklar kalta va chuqurroq joylashadi. Joylashishiga qarab mushaklar yuza va chuqur, lateral va medial, oldingi va orqa guruhlarga bo’linadi.
Mushaklarning yordamchi apparatlari
Mushaklarning asosiy qismlari: tanasi va paylaridan tashqari uning yordamchi qismlari ham bo’lib, ular mushak ishini yengillashtirib beradilar. Bularga fastsiyalar, pay qinlari, sinovial sumkalar va mushaklarni g’altaklari kiradi.
Fastsiyalar (fascia) mushaklarni o’ragan zich tolali biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan parda bo’lib, ular mushaklarni bir-biridan ajratib qisqargan vaqtida mushakni bir joydan surilib ketmasligini ta’minlaydi.
Fastsiyalar g’ilof tuzilishiga ega bo’lib, ba’zi bir patologik hollarda (yiring to’plangan va qon quyilgan vaqtda) ularni tarqalishini chegaralaydi va ba’zi hollarda anesteziya qilishda yordam beradi. Fastsiyalar suyaklarga birikib mushaklararo to’siqlar (septa intermuscularia) hosil qiladilar. Fastsiyalar xususiy (fascia propria) va yuza (fascia superficialis) fastsiyalarga bo’linadi. Xususiy fastsiya odam tanasining har bir sohasiga tegishli bo’lib, shu nom bilan ataladi. Agar mushaklar bir necha qavat joylashgan bo’lsa, unda qavatlar o’rtasida xususiy fastsiya qatlamlari: yuza qavat orasida (lamina superficialis), chuqur qavat orasida esa (lamina profunda) hosil qiladi.
Yuza fastsiya teri ostida joylashgan bo’lib, mushaklarni teri osti yog’ to’qimasidan ajratib turadi, shuning uchun uni teri osti fastsiyasi (fascia subcutanea) ham deb ataladi. Yuza fastsiya yumshoq biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan u teri ostida butun tanani o’rab turadi va unda ba’zi bir sohalarda yog’ to’qimasi to’plangan bo’ladi. Fastsiyalar tanani turli qismlarida har xil taraqqiy etgan bo’ladi. Agar mushaklar harakati kuchli bo’lsa (oyoqda) fastsiyalar qalin bo’ladi. Qo’l va oyoqning ba’zi bo’g’imlari sohasida (bilak-kaft oldi, oshiq-boldir) mushak paylari yo’nalishi o’zgaradi. Bu sohalarda fastsiyalar qalinlashadi va suyaklarni turtib chiqqan joylariga birikib mushaklarni ushlab turuvchi (retinaculum musculorum) hosil qladilar. Bu yerlarda mushaklarni ushlab turuvchi va suyaklar o’rtasida kanallar hosil bo’lib, ulardan mushak paylari o’tadi. Bu kanallarni fibroz yoki suyak-fibroz kanallar deb ataladi. Fibroz kanallar fastsiyalardan hosil bo’lsa, suyak-fibroz kanallar fastsiyalar va suyaklar o’rtasida hosil bo’ladi. Ular payni bir holatda ushlab turib, ularning harakati kuchini yo’lishini ta’minlab turadi. Fibroz kanallarning devorlari sinovial parda bilan o’ralgan bo’b, bu parda kanalni ikkala uchida payni o’rab, yopiq sinovial qinlar (vagina synovialis) hosil qiladi. Sinovial pardani bir qismi payni o’rab olib unga birikib ketadi va uning vistseral varag’ini hosil qiladi. Ikkinchi qismi esa fibroz qinni ichidan qoplab uni devoriga birikib parietal varaqni hosil qiladi. Vistseral varaqni parietal varaqqa o’tgan yerda sinovial parda 2 qavat bo’ladi va uni pay tutqichi mezotendiniy (mesotendineum) deyiladi. Mezotendiniy ichida payni qon tomirlari va nervlari joylashadi. Sinovial qinni vitseral va parietal varaqlari orasida bo’shliq bor. Unda bir necha tomchi suyuqlik bo’lib, pay harakat qilgan vaqtda uni ishqalanishdan saqlaydi.
Pay yoki mushaklar suyaklarni ko’tarilgan joyiga tegib tursa, bu yerlarda sinovial xaltalar paydo bo’ladi. Ular biriktiruvchi to’qimadan
tuzilgan xaltacha bo’lib, ularni ichida ozgina suyuqlik bor. Bu suyuqlik ham payni ishqalanishdan saqlab turadi. Sinovial xaltani devori bir tomondan harakatlanuvchi pay yoki mushakga yopishgan bo’lsa, ikkinchi tomondan suyaklarga yopishadi. Xalta bo’shlig’i qo’shni bo’g’im bo’shlig’i bilan qo’shiladi.
Mushak paylari o’z yo’nalishini o’zgartiradigan joylarda g’altak (trochlea) hosil bo’lib, uni ustida pay xuddi kamar o’q ustidan o’tganidek bo’ladi. G’altaklar suyakdan iborat bo’lishi mumkin. Bu xollarda suyak ust tomondan tog’ay bilan qoplanadi. Bunda suyak bilan pay o’rtasida sinovial xalta joylashgan bo’ladi. Fibroz g’altaklar fastsiya boylamlarida hosil bo’ladi.
Sesamisimon suyaklar paylar ichida paydo bo’ladi. Bularga no’xotsimon suyak va tizza qopqog’i kiradi.



Download 28.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling