Mavzu: Mushaklar haqidagi ilm. Musaklarning tuzilishi va tasniflanishi. Mushaklar ishining umumiy prinsiplari. Tana mushaklari va fastsiyalari, ularning yoshga qarab o’zgarishi
Download 28.94 Kb.
|
106 Mushaklar haqid
- Bu sahifa navigatsiya:
- (m. cremaster)
- Qorinning oq chizig’i
Qorin mushaklari
Qorin mushaklari topografiya nuqtai nazaridan uch guruhga: qorinning yon devori, qorinning oldingi devori va orqa devori mushaklariga bo’linadi. Qorinning yon devorida uch qavat joylashgan yassi mushaklar bo’lib, ularning oldingi qismlari keng pay aponevroz hosil qilib, o’rta chiziqda o’zaro birikadi yo’nalishi jihatidan qarma-qarshi bo’lgan, amma faoliyat jihatidan sinergist bo’lgan qorinning tashqi va ichki qiyshiq mushaklari, hamda qorinning ko’ndalang mushagi kiradi. Tashqi va ichki qiyshiq mushaklar qisqarganida qovurg’alarni tushirib, umurtqa pog’onasini bukadi, qorin bosimini oshiradi. Ko’ndalang mushak esa qovurg’alarni oldingi o’rta chiziqqa tortadi va qorin bosimini oshiradi. Qorinning oldingi devorida qorinning to’g’ri mushagi va piramidasimon mushak joylashgan. Qorinning to’g’ri mushagi 3-4 yerida ko’ndalang yo’nalgan pay belbog’lar bilan bo’linib turadi. Buning natijasida mushakning ayrim qismlari alohida qisqarishi mumkin. Bu mushak qisqarganida umurtqa pog’onasini bukadi va qovurg’alarni pastga tortadi. Piramidasimon mushak doimiy bo’lmay qorining oq chizig'ini taranglaydi. Qorinning orqa devorida belning kvadrat mushagi bo’lib, u ikki tomonlama qisqarganda umurtqa pog’onasini tik tutishda ishtirok etadi. Yangi tug’ilgan bolaning qorin mushaklari kam rivojlangan, yupqa va nozik bo’lib, bir-biridan qiyin ajraladi. Mushak qismi aponevrozga bilinmasdan o’tib ketadi. Aponevrozlari keng va nozik. Tashqi qiyshiq mushakning mushak qismi nisbatan qisqa. Qorin ichki qiyshiq mushagining pastki undan (m. cremaster) ajrab chiqadigan qismi tolalari yaxshi taraqqiy etgan. Qorin ko’ndalang mushagining mushak qismi aponevrozga bilinmasdan o’tgani uchun yarimoysimon chiziq yaxshi bilinmagan. Bolalarda ko’ndalang fastsiya yupqa, qorinparda oldi yog’ to’qimasi yo’q bo’lgani uchun ko’ndalang fastsiya qorinpardaning parietal varag’iga bevosita tegib turadi. Yog’ kletchatkasi 2 yoshlarda paydo bo’lib, asta-sekin ko’paya boradi. Qorin to’g’ri mushagining pay belbog’lari yosh bolalarda yuqori joylashgan. Qorin mushaklarining tez o’sishi bola yuraboshlagan davrdan boshlanadi. Ularni mushak qismi ko’payib aponevrozlari mustahkamlanadi. Qorinning oq chizig’i qorin serbar mushaklari aponevrozlari birlashuvidan hosil bo’ladi. U xanjarsimon o’simtadan qov simfiziga tortilgan fibroz plastinka bo’lib, yuqori qismida kengligi 2,5sm. Kindikdan pastga tomon u torayib qalinlashib boradi Unda qon tomirlar kam bo’lib, qorin bo’shlig’ida bajariladigan ba’zi bir jarrohlik aralshuvlarida katta ahamiyatga ega. Download 28.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling