Beruniy indd


Download 244.16 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana05.05.2023
Hajmi244.16 Kb.
#1430070
  1   2
Bog'liq
e7ec2822-1e84-9c53-90c3-d0c5c386a8bd



Isajon Sulton
ABU RAYHON BERUNIY
 
tarixiy-biografik roman
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Toshkent – 2022
 


1
IKKINCHI QISM
 
 
QIYOT. ABUL AʼLO GURGANJIY HIKOYASI
 
 
Kun qaynoq harorat ufurardi. Issiq zoʻridan osmon 
tandirday oqarib qolganga oʻxshardi.
Quyosh bizning yurtda shunchalar qizgʻin boʻlsa, u holda, 
Misr va Hijozda ahvol qanaqa ekan? Odamlar qumda qo- 
vurilgan arpa kabi boʻlib qolishgandir? Hijoz uchinchi 
iqlimda, Xorazm esa oltinchi iqlimda joylashgan. Bosh- qa 
iqlimlarda nimalar yuz berayotgan ekan?
Bizlar Qiyot madrasasining soʻlim bogʻchasida, 
sadaqayragʻoch ostida, yetuk olim, ilm va saxovat quyoshi 
Mansur ibn Iroq bilan shu haqda soʻzlashib oʻtirardik. 
Xizmatchi bolakay ichiga muz va rayhon barglari solingan 
ayron olib keldi. Bu jahannam otashida muz qaydan 
kelaqolibdi? Kishilar Qiyotning qattiq qishida boʻlak-boʻlak 
muzlarni yerga chuqur koʻmadilar. Bu usulni kim oʻylab 
topgan boʻlsa ham, otasiga rahmat, deb muzday ayronni 
rohatlanib ichardik.
Soʻz ilmlar xususida borar ekan, men unga shunday 
dedim:
– Huzuringga bir oʻsmirni olib keldim. Yoshi oʻn toʻrtda, 
zakosi toʻlib-toshib turibdi. Unga: “Mening oʻgʻlim yoʻq, 
chorva-yilqilarimga qarab yursang, vaqti kelib boyliklarimni 
senga qoldiraman, rohat-farogʻatda yashaysan”, desam, “Ilm 
oʻrganaman”, deb soʻzimni rad qildi. Undan ota-onasi haqida 
soʻraganimda, 
otamni 
eslolmayman, 
lekin 
onam 
“Hammalatol-xatob”

edi, deb javob berdi.

“Masad” surasidagi oyat, “oʻtin orqalagan” degan mazmunni anglatadi.


2
Mansur ibn Iroq ajablandi:
– Ajab oʻxshatish qilibdi, biroq bu qoʻrqinchli kalimani 
qanday qilib oʻz onasiga qoʻlladi ekan?
Men shu oradagi xizmatchilardan biriga: “Tashqariga 
chiqib, oʻsha yerda turgan Abu Rayhonni bu yoqqa chorla”, 
deb buyurdim.
– Uni oʻsmir deding, ammo “Rayhonning otasi” deb laqab 
ham beribsan? – deb soʻradi Mansur ibn Iroq.
– U rayhonni juda yaxshi koʻradi. Bogʻimning hamma 
joyiga rayhon qadab tashlagan.
Uzun boʻyli, quyuq qora qoshli, koʻzlarida oʻsmirlarcha 
samimiyat va soflik ufurib turgan Abu Rayhon qoshimizga 
kelib, qoʻlini koʻksiga qoʻyib salom berdi. Mansur ibn Iroq alik 
olib, soʻradi:
– Xoʻsh, nechun ilm olmoq istaysan? Xojang aytganidek, 
son-sanoqsiz chorvaga egalik qilib, davru davron sursang 
boʻlmaydimi?
– Hurmatli rais, men oʻzimni butlamoq istarman, – deb 
javob qildi oʻsmir.
– Ne emish u, oʻzni butlamoq?
– Xojam ixtiyorida qoʻy boqib yurar ekanman, tabiatga 
razm solib, toʻkislikka intilmaydigan hech nima yoʻqligini 
koʻrdim. Qush ham, hayvon ham juftlashib, toʻkis boʻladi. 
Jonsiz suv ham oʻzini butlamoq istar. Toʻkis boʻlmasa, mahsul 
berolmaydi. Mening vujud quvvatim yetarli, lekin bilim 
quvvatim oz boʻlgani sababli ikkisini tenglab, butlamoq 
istadim.
– Yaxshi taʼriflading, – dedi Mansur ibn Iroq, kulimsirab. 
– Suvni har qanday sathga toʻksang ham, oʻyiq-kemtigini 
toʻldirib, tekis sath hosil qiladi, yaʼni oʻzini butlab oladi. Xoʻsh, 
modomiki, maktabni tashlashga majbur boʻlgan ekansan, 
“Qurʼon”da qayergacha kelgansan?
– Men uni toʻliq yod bilaman.


3
– Unda “Yosin”surasining “Vash-shamsu tajri lil- 
mustaqorrillah” deb boshlangan oyatini oʻqib, tafsir qilib ber-
chi.
Oʻsmir oyatni tajvid bilan, Abu Zar qiroatida oʻqib, 
mazmunini ham aytib berdi.
– “Quyosh uni quvib yeta olmaydi va tun kunduzni quvib 
yeta olmaydi. Va barchasi shunday suzadilar”.
– Toʻgʻri, biroq shayx al-Muntahab buni “Quyosh oʻz 
yoʻlidan ogʻisha olmaydi, Oyni quvib yeta olmaydi. Va tun 
kunduzni quvib yeta olmaydi va roʻy berishiga moneʼ boʻla 
olmaydi. Ular bir-birining ortidan yuradilar. Quyosh, oy va 
yulduzlar oʻz yoʻllaridan yuradilar va undan aslo 
chiqmaydilar”, deb tafsir qildi, – dedi Mansur ibn Iroq. – 
Arabcha “yasbaxun” soʻzi boshqa bir harakatlanayotgan 
narsa tufayli sodir boʻlgan harakatni bildiradi. Masalan, 
yugurayotgan vaqting oyoqlaringning harakatiga oʻxshash. 
Bundagi “yasbaxun”ning mazmuni – oʻz harakati tufayli 
falakda suzmoqdir.
Mansur ibn Iroq oʻsmirning koʻzlari chaqnab, jon qulogʻi 
bilan tinglayotganini koʻrdi-da, yana bir-ikki savol soʻragach, 
qoniqish hosil qilib:
– Tafsir va fikh bilan birga, handasa, joʻgʻrofiya va hisob 
oʻqigaysan. Ilmi nujumdan ham boshlangʻich saboqlarni 
olgaysan.
Oʻsmir sevinib, qulluq qildi. Men Tangrimga shukrlar 
aytib, Mansur ibn Iroqdan saboq haqini soʻradim. U esa:
– Sira tashvish chekma. Bu yigitchaning sarfiyotlarini biz 
qarshilagaymiz. Shunday zukko talabani olib kelganing 
uchun tashakkur.
Ulugʻ martabali Mansur ibn Iroqdan bu xushxabarni 
eshitish maroqli boʻldi. U – ofrigʻiylar sulolasi xorazmshohi 
Abul Hasan Muhammadning togʻasi boʻlib, ilmga shoyon 
qiziqqani tufayli saltanat ishini emas, ilm yoʻlini tanlagani 
bilan mashhur kishi edi. Uning


4
bu soʻzi endilikda Abu Rayhon saltanat himoyasida tahsilini 
davom ettirishini bildirardi.
Men, Abul Aʼlo Gurganjiy, qoʻlimda choʻliq, yaʼni choʻpon 
dastyori boʻlib ishlagan Abu Rayhon haqida shularni aytib 
bera olaman, xolos. Oʻsha mahalda oʻz vaqtida bilim 
oʻrganmaganimga afsuslana-afsuslana, uni Mansur ibn Iroq 
ixtiyorida qoldirib, oʻz qismatimga – qoʻylarim va qoʻralarim 
oldiga qaytib ketdim. Oradan bir necha yil oʻtgach, 
Oʻldiruvchi va Tiriltiruvchi zotning istagi roʻy berdi, ajal 
elchisi qoshimga kelib, omonatimni topshirishimni qattiq 
talab qildi va men dunyoni qoldirib, mahshar safariga joʻnab 
ketdim. Qoʻylarim va yilqilarimning holi ne boʻlganidan 
xabarim yoʻq, zero, yorugʻ olamni tark etib ketayotgan 
kishining koʻziga ular qanday koʻrinsin?

Download 244.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling