Beruniy indd


QIYOT. MANSUR IBN IROQ HIKOYASI


Download 244.16 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana05.05.2023
Hajmi244.16 Kb.
#1430070
1   2
Bog'liq
e7ec2822-1e84-9c53-90c3-d0c5c386a8bd

QIYOT. MANSUR IBN IROQ HIKOYASI
 
 
Mening ismim Mansur, nasabim ibn Iroq. Olti yuz yildan 
buyon hukm surib kelayotgan ofrigʻiy xorazmshohlar 
sulolasidanman.
Jiyanim Abul Hasan Muhammad meni avval naqib, soʻng 
vazir lavozimiga tayinladi. Biroq yoshim qirqdan oshgach, 
Paygʻambar alayhissalomga risolat shu yoshda kelganini 
nazarda tutib, turli bilimlarni oʻrganishni va oxirat safariga 
tayyorgarlik koʻrishni eng toʻgʻri yoʻl deb bilishimni aytdim. 
Buning sababi, ayni shu yoshga kirganimda koʻrgan tushim 
boʻldi. Tushimda qoʻlida koʻza tutgan bir kishi kelib, menga 
undagi suvdan ichirdi va: “Senga ulugʻlarning salomi boʻlsin”, 
dedi. Uyqudan uygʻonganimda men boshqa Mansur ibn Iroq 
edim. Toʻplagan boyliklarimni yetim-yesirlarga, muhtojlarga 
tarqatib yubordim, qullar va joriyalarimni ozod qildim, 
qarshimda faqat ilm yoʻli qoldi.


5
Koʻz oʻngimda “Afala taʼqilun”
1
darvozalari lang 
ochildi. Har narsa oʻzining yaralish tarixi va qonuniyatlaridan 
soʻzlamoqqa boshladi.
Xorazmshoh ahvolimni koʻrib, bu ishlarimni qoʻllab- 
quvvatlab, xazinadan maosh tayin qildi va sarflarimni ham 
xazinadan toʻlashni buyurdi.
Koshki, u bunday qilmasa edi! Xazina – moʻminning haqi. 
Shu sababli, har bir xarajatimni yetti oʻylab qilishga majbur 
edim.
U menga ayirgan bogʻchada bir qancha qul va joriyalar 
xizmatga shay edilar. Oʻy-xayoli ilmda va oxirat hayotida 
boʻlgan kishi bularni qanday qabul qilsin? Noz- neʼmatlarning 
koʻpligi va menga hadya qilingan qullar qaytanga 
tashvishimni orttirdi, xolos. Azbaroyi Xorazmshohni 
ranjitmaslik uchun ularga sabr qilishga majbur edim.
Bu mahalda Xorazm davlati somoniylar shohi Nuh ibn 
Mansur bilan ittifoqdosh edi. Turk xoqoni Bugʻroxon 
Buxoroga oʻqtin-oʻqtin hujum qilib turgan boʻlsa-da, 
somoniylarning qudrati yuksak, jasoratli amir Alptegin va 
uning tutingan oʻgʻli Sabuktegin bu davlatni Iskandarday 
himoya qilib turar edilar.
Abul Aʼlo Gurganjiy ismli bir tanishim oʻsha kezlar 
qoshimga Abu Rayhon degan oʻsmirni olib keldi. Ilmlarga 
ishtiyoqi zoʻrligini bilgach va qobiliyatiga amin boʻlgach, uni 
talabalar safiga qoʻshdim va hujradan joy berdim. Unga 
Batlimusning “Al-Majistiy”

asarini oʻqib chiqishini buyurdim. 
Bu – dunyo va falakning tuzilishi haqidagi kitob edi. “Al-
Majistiy” tahsili bir yildan ziyod davom etdi. Soʻng unga “Al-
Majistiy”ga oʻzim yozgan sharhlarni berdim.
Oʻsmirlar zehnini Alloh taolo qay tarz quvvat- lantirishini 
va qay tarz bilimga chanqoq qilib qoʻyishini bilsam edi! Abu 
Rayhon saboqlarni juda tez

Mazmuni: “Aql yuritmaysizlarmi?”

Qadimgi yunon olimi Ptolomeyning “Almagest” asari.


6
yodlab olardi. Shu bilan birga, ongida soʻngsiz savollar paydo 
boʻlar va ularni mendan soʻrashdan tortinmasdi. Batlimus 
qilgan kuzatishlarni va hisoblarni bajarib koʻrishni istardi. 
Uni qoʻyavering, borliq sirlarini bilgisi kelardi. Chunonchi, 
yulduzlar nimadan iborat? Ular chaqnashining boisi ne? 
Quyosh nima uchun falakda yoysimon harakatlanadi? Uning 
kuydiruvchi, jizgʻanak qiluvchi haroratining manbai ne? Oy 
harakatlari qanday yuz beradi? Uning shakli oʻzgarishining 
sababi maʼlummi?
Shuningdek, ayni vaqtda jon va ruh masalalariga ham 
qiziqdi. Tangri taoloning qudrati bilan, bahorda minglab 
nabotot unib chiqadi. Har biri oʻzining moʻjiza ekanidan 
soʻzlaydi. Yoz jaziramasida umrini yashaydi, soʻng barchasi 
sahroning qora sovuqlarida halok boʻladi. Ular vujudidan 
inson aqli yetmaydigan jon degan quvvat siyrilib chiqib 
ketgach, yashnogʻi ketib, xas- xashakka aylanadi. Hozirgina 
barq urib turgan vujuddan tiriklik jilosi gʻoyib boʻladi, bu azim 
qonuniyat oʻt- oʻlanda ham, tirik hayvonlarda ham birday 
roʻy beradi. Koʻrilgan narsalarga diqqat qilinsa, jon degan 
unsurni koʻzga koʻrinmas quvvat deb aytsa boʻladimi?
Bir kuni choʻl tarafdan qattiq shamol esdi. Hamma yoqni 
toʻzon qopladi. U tuproq toʻzonidan farq qilib, changdan 
yirikroq, qumdan maydaroq edi. Koʻz-quloqqa, ogʻizga kirib, 
behuzur qilardi. Zarrabin bilan qarasangiz, qirrali ekanini 
koʻrardingiz. Hamma ogʻiz-burnini boʻz mato bilan oʻrab 
olgan, nafas olish qiyinlashib ketgan, odamlar hovuzlarga 
tushib jon saqlashardi. Qumni shunchalar turli-tuman qilib 
yaratgan Yaratuvchi, shamollarni nechun turli-tuman qilibdi? 
Mavsumlarni- chi? Suv, havo, tuproq va olovni-chi?
Abu Rayhonning zako quvvatiga dalil shuki, u:
– Bu uch unsur yaralishning asosi boʻlib xizmat qilsa, 
toʻrtinchisiga nima deysiz? Axir, u – yaratuvchi emas, yoʻq 
qiluvchi-ku? – deb soʻradi.


7
Hosho! Darhaqiqat, olov narsalarning xossalarini 
oʻzgartirish qobiliyatiga ega. Et pishirish yoki qahratonda 
issiq va orom baxsh etish uning foydasi boʻlsa, bu hodisa 
borni yoʻq aylash hisobiga yuz berishini qanday izohlasa 
boʻladi? Ha, olov oʻtinni yorugʻlik va issiqlikka aylantirdi, 
ammo daraxtni halok ayladi. Etga lazzat kiritdi, biroq bir jon 
egasini yoʻq qildi. Tabiat usiz ham tugal boʻlgani holda, tamal 
unsurlar qatoriga olov nechun qoʻshilsin?
Men uning savollariga:
– Soʻzlaring toʻgʻri. Biroq sen olovni faqat uchqun, 
chaqmoq yoki alangadan iborat deb bilma. Baʼzi narsalarning 
ichida olov xususiyati bor, chunonchi, ayrimlarining yonishi 
va ayrimlarining yonmasligiga diqqat qaratsang, ularni olov 
yondirmaganini, balki javharida shu xususiyat mavjudligi 
tufayli yonganini bilib olasan. Jahannam ahli shu sababga 
koʻra ham ichdan, ham tashdan yonishining yoki jannat ahlini 
olov kuydira olmasligining boisi ham shu, – deb javob berdim.
Bu soʻzlarimni u hayrat bilan tingladi. Har bir soʻzim ongiga 
oʻchmas boʻlib muhrlanayotganini sezib turardim. Uning 
quvvai hofizasi oʻta kuchli, eshitganlarini yoki oʻqiganlarini 
birvarakayiga, mukammal yodlab olardi. Bir kuni undan:
– Ayt-chi, usturlobsiz va qiblanomasiz turgan joyingni 
aniqlash haqida taʼlim berganimda, u yerda kimlar bor edi va 
ularning holati qanday edi? – deb soʻradim.
– Oʻsha mahal kuz, ramazon oyining ikkinchi jumasi, asr 
vaqti edi. Hujrada men bilan ikki talaba tahsil olardik. 
Talabalardan birining ismi Aydash boʻlib, koʻk yoʻlli toʻn 
kiygan, boshidagi kulohi ham moviy, ikkinchisi yengil 
poʻstinda, boshiga qalpoq kiyib olgan, ismi Ernaz edi. Oʻsha 
kuni ertalab bomdod vaqtidan boshlab to choshgohgacha 
yomgʻir yogʻib oʻtdi.


8
– Mosholloh! Bular qanday qilib esingda qoladi?
– Oʻz-oʻzidan, zehnimga shunday oʻrnashadi, – deb javob 
berdi Abu Rayhon.
Shunda men unga Arastuning “Mantiq” kitobini ham 
oʻqishni buyurdim.
– Shubhasiz, barcha zamonlarning eng buyuk olimi shu 
kishi, – dedim teri muqovali, zil-zambil kitobni qoʻliga 
tutqazib. – Buni tamomlagach, uning “Mobaʼdat- tabiat” 
hamda “Al-xabotot” asarlarini ham oʻqib chiqishingni 
istayman. Shunda bilimlaring, oʻzing aytganingdek, 
butlanadi, inshaalloh.
 
 
 
 
 
 

Download 244.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling