Bu biz bilan tugaydi


Download 47.43 Kb.
bet1/4
Sana16.06.2023
Hajmi47.43 Kb.
#1491995
  1   2   3   4
Bog'liq
It starts with uss



Qadrli kitobxon,
Ushbu kitob “Bu biz bilan tugaydi” kitobining davomi hisoblanib, birinchi kitobning yakunidan boshlanadi. Eng yaxshi o’qish tajribasi uchun “Bu bizdan boshlanadi” ikki qismli kitob seriyasida ikkinchi o’qilishi kerak.
“Bu biz bilan tugaydi” kitobini ommaga taqdim qilgach, bir kun kelib uning davomini yozaman deb hech ham o’ylamagandim. Yana bu kitobni bunchalik ko’p odamlar yaxshi qabul qilishini hech qachon tasavvur ham qilmagandim. Lilyning hikoyasini men o’z onamnikida topganimdek kuchli hisoblagan sizlardan men judayam minnatdorman.
“Bu biz bilan tugaydi” TikTokda jadallashgandan keyin, men Lily va Atlas haqida iltimos va so’rovlar bilan to’lib-toshib ketdim. Qanday qilib mening hayotimni o’zgartira olgan insonlarni rad etishim mumkin edi? Bu roman ulkan qo’llab-quvvatlashga javoban minnatdorlik tariqasida yozildi, va shu sababli, men yanada yengilroq kechinma yetkazish niyatidaman.
Lily va Atlas bunga munosib.
Siz bu sayohatdan hordiq olasiz deb umid qilaman.
Butun sevgim bilan,
Colleen Hoover.

Birinchi bo’lim


Atlas

Bobning orqa eshigi bo’ylab qizil purkagichda ass whole dya noto’g’ri talaffuz qilishi meni onam haqida o’ylashga majbur qiladi.


U har doim bo’g’inlar orasiga qisqa to;xtam kiritardi xuddiki u ikkita alohida so’zdek jaranglaydigandek. Har mahal uni eshitganimda kulgim kelardi, lekin bunday haqoratli so’z menga yo’naltirilgan bir paytda, yosh boladek bundan kulgi qidirish mushkul edi.
ass … whole”, Darin ming’irlaydi. “Bola bo’lishing kerak edi. Kattalar bu so’zni qanday talaffuz qilishni biladi”.
“Hayron bo’lar edingiz”. Bo’yoqni ushladim, ammo u barmoqlarimga yopishmadi. Buni kim qilgan bo’lsa ham, o’tgan tunda biz yopilishimizdan keyinoq qilgan bo’lishi aniq.
“Atayin noto’g’ri talaffuz qiladi deb o’ylaysizmi?” deb so’radi u. “ …………………….”
“Nega ular aynan meni nishonga olyapti deb o’ylayapsiz? Ular sizni yoki Bradni nishonga olayotgan bp’lishlari ham mumkin.”
“Bu sizning restorantingiz.” Darin pidjagini yechdi va uning yordami bilan derazadan ochilgan singan oynaning katta bo’lagini ko’tardi. “Ehtimol u nimadandir ko’ngli to’lmagan ishchi bo’lishi mumkin.”
“Menda shunday norozi ishchi bormi?” Ish haqi ro’yxatidagi bunday ish qilishi mumkin bo’lgan birorta insonni xayolimga keltira olmayapman. Men bo’shatgan oxirgi odam besh oy oldin edi, va u ham kollej diplomini olgandan keyin yaxshi holatda ketgan.
“Siz Bradni ishga yollashingizdan avval idish-tovoq yuvadigan bir yigit bor edi. Uning ismi nima edi? Uning ismi qanaqadir mineral nomi yoki shunga o’xshash edi – juda g’alati.”
“Kristall”, dedim men. “Bu uning laqabi edi.” Anchadan beri o’sha yigit haqida o’ylamagandim. Shuncha vaqt o’tgandan keyin u menga nisbatan nafratda deb gumon qildim. Biz ochilganimizdan keyinoq uni ishdan bo’shatdim, sababi u idishlarda ovqat bo’lmasa, ularni yuvmayotganligini bilib qoldim. Stoldan yana oshxonaga qaytib kelgan stakanlar, tarelkalar, qoshiq-pichoqlar – hammasi agar juda toza bo’lsa, u to’g’ridan-to’g’ri yuvmasdanoq quritish ilgichiga qo’yardi.
Agar uni ishdan bo’shatmaganimda edi, Sog’likni Saqlash departamenti tomonidan yopilgan bo’lardik.
“Politsiyani chaqirishingiz kerak edi”, dedi Darin. “Sug’urta uchun hisobot topshirishimiz kerak.”
E’tiroz bildirishimdan avval, Brad orqa eshikda paydo bo’ldi. Uning oyoq kiyimlari oyoqlari ostidagi siniq shishalarni g’archillatardi. Brad nimadir o’g’irlanganmi-yo’qmi ko’rish uchun ichkariga – omborga kirib ketgandi.
U iyagidagi soqolini qashladi va “Ular kichik qo’g’irilgan nonlarni olishgan”, dedi.
Oraga tushunarsiz jimlik cho’kdi.
“Kichkina qo’g’irilgan nonlar deysizmi?” so’radi Darin.
“Ha. Ular o’tgan tun tayyorlab qo’yilgan qo’g’irilgan nonlarni olishibdi. Lekin boshqa hech narsa yo’qolganga o’xshamayapti.”
Bu men uning aytishini kutgan narsa emas edi. Agar kimdir bir restoranga bostirib kirib, hech qanday maishiy uskunalar yoki qimmatbaho narsalarni olmagan bo’lsa, demak ular faqatgina qorni ochligidan kirishgan ehtimol. Bunday noilojlikni shaxsan o’zim bilardim. “Men hisobot bermoqchi emasman.”
Darin menga burildi-da:”Nega?” dedi.
“Ular buni kim qilgan bo’lsa ham tutishlari mumkin.”
“Asosiysi shuku!”
Men axlat qutisidan bo’sh quti olib chiqdim va shisha bo’laklarini yig’ishni boshladim. “Men bir marta bir restoranga bostirib kirganman va kurkali sandvich o’g’irlaganman.”
Brad va Darin menga tikilib turishardi. “Ichib olganmidingiz?” so’radi Darin.
“Yo’q. Och edim xolos. Men kimnidir qo’g’irilgan nonlar uchun qamalishini istamayman.

“Yaxshi. Lekin birgina ovqat faqat boshlanishi bo’lsachi? Keyingi safar ular maishiy texnikalar uchun qaytib kelishsachi?” dedi Darin. “Xavfsizlik kamerasi haliyam buzuqmi?”


U bir necha oydan beri kamerani ta’mirlashni topshirgandi. “Ishlarim ko’payib ketdi.”
Darin qo’limdan quti oldi va qolgan shisha bo’laklarini yig’ishni boshladi. Ular qaytib kelishidan avval siz ishda bo’lishingiz kerak. Jin ursin, ular tunda Korrigannikini tunashga harakat qilishlari ham mumkin. Chunki Bibniki tunash shunaqangi oson kechdi.”
“Korrigannikida xavfsizlik xizmati ishlayapti. U kim bo’lsa ham mening restoranimga shikast yetkazadi deb shubha qilaman. Bu qandaydir maqsad bilan tunash emas, shunchaki qulaylik edi.”
“Umid qiling,” dedi Darin.
Endi gapirish uchun og’iz ochgandim, lekin kelgan xabar meni chalg’itdi. Men hech qachon telefonimga tezroq yetganman deb o’ylamayman. Xabar Lilydan emasligini ko’rganimdan keyin shashtim pasaydi.
Bugun ertalab yugur-yugur bilan yurganimda unga tasodifan duch keldim. Bir yarim yil ichida u bilan birinchi marta ko’rishdik, lekin u ishga kech qolgandi. Darindan xabar oldim. U bizda o’g’irlik bo’lganligi haqida xabar bergandi. Lily ishga borishi bilanoq menga xabar yuborishi haqida va’da berdi-da, biz uzoqlashdik.
Shundan keyin bir yarim soat o’tdi, lekin hali ham undan biror xabar olganim yo’q. Aslida bir yarim soat hech narsa emas, ammo ko’ksimda nimadir qiynalishiga chidolmayman, u yo’lakdagi besh daqiqalik suhbat ichida ikkimizning o’rtamizda aytilgan har bir narsa haqida o’ylab, shubhalanyapti degan o’yga meni ishontirishga harakat qilyapti.
Albatta, men aytganlarim haqida shubhalanayotganim yo’q. Balki men o’sha payt qo’lga tushib qolgandirman – uning qanchalik baxtli ekanligini ko’rganimda va u endi oilali emasligini bilgan paytimda. Biroq men unga aytgan har bir gapimni jiddiy aytdim.
Men bunga tayyorman. Keragidan ham ortiq tayyorman.
Men uning aloqa ma’lumotlarini telefonimga kirgizdim. O’tgan bir yarim yil davomida unga ko’p marotaba xabar yuborishni xohladim, lekin oxirgi marta u bilan gaplashganimizda,

uning uyi yonidagi maydonchada koptok tashlab ketdim. U juda ko’p narsaga duch keldi, uning hayotini yanada chigallashtirib qo’yishni xohlamadim.


Lekin hozir u yolg’iz o’zi, u va nihoyat ikkizmizning oramizda bo’lishi mumkin bo’lgan har qanday imkoniyatni berishga tayyor ekanligini aytdi. Shunga qaramasdan, unda otgan suhbatimiz haqida o’ylab olish uchun bir yarim soat vaqt bor edi va bir yarim soat vaqt pushaymonlar keltirib chiqarishi uchun juda ko’p edi. Xabarsiz o’tgan har bir daqiqabutun bir la’natlangan kundek o’tardi.
U hozirgacha telefonimda Lily Kinkaid deb saqlab qo’yilgandi, shuning uchun uning telefonimdagi ma’lumotlarini tahrirladim va oxirgi ismini Bloom deb o’zgartirdim.
Men Darinning yelkam osha telefonim ekraniga qarab turib qolganini sezdim. “Bu bizning Lilymi?”
Brad jonlanib ketdi. “U Lilyga xabar yozyaptimi?”
“Bizning Lily?” so’radim, chalkashib ketdim “Siz yigitlar, uni atigi bir martagina ko’rgansiz.”
“U haligacha oila qurmaganmi?” deb so’radi Darin.
Boshimni qimirlatdim.
“U uchun yaxshi,” dedi u. “U homilador edi, to’g’rimi? Keyin nima bo’ldi? O’g’ilmi yoki qizmi?”
Lily haqida gaplashishni istamadim, chunki hali gaplashadigan narsa yo’q. men buni aslida bo’lishi mumkin bo’lganidan ko’proq qilishni xohlamayman. “Qizaloq, va bu sizning savolingizga berayotgan oxirgi javobim bo’lsin.” Men Bradga yuzlandim. “Teo bugun keladimi?”
“Bugun payshanba. Shu yerda bo’ladi u.”
Men ichkariga – restoranga kirdim. Agar men Lily haqida kim bilandir gaplashishim kerak bo’lsa, u ham Teo bo’ladi.

Ikkinchi bo’lim


Lily
Atlas bila tasodifan uchrashib qolganimizga deyarli ikki soat bo’lganiga qaramasdan, mening qo’llarim haligacha qaltirayapti. Qaltiryapmanmi yoki yo’q buni aytolmayman, chunki boshim gangib ketdi yoki eshikdan kirganimdan beri ovqat yeyish bilan band bo’ldim. Bugun ertalab nima bo’lganini qayta tushunishim uchun menda atigi besh soniya tinchlikka ega bo’ldim, o’zim bilan olib borgan nonushtani kamroq yedim.
Haqiqatan ham shu sodir bo’ldimi? Rostan ham men Atlasdan shunaqangi g’alati savollar so’radimmi, keying yil men yaxshigina xijolat bo’lamanmi?
Shunga qaramasdan, u xijolat bo’lganga o’xshamadi. U meni uchratganidan juda baxtiyor bo’lganligini sezdim va u meni quchoqlagan paytda menga anchadan beri uyquda bo’lgan bir qismim birdan jonlanib ketgandek tuyuldi.
Ammo bu birinchi marta edi: men hattoki hammomda tanaffus qilishga majbur bo’ldim, va oynada o’zimga qarab olgach, qandaydir yig’lagim keldi. Hammayerim dog’ bo’lib ketgandi, futbolkamga sabzi surkab yubordim, mening tirnoq bo’yog’im yanvar kabi yorilib ketdi.
Atlas mukammallikni kutmasdi ham, xohlamasdi ham. Shunchaki men unga to’satdan duch kelishim mumkinligi haqida ko’p marta xayol qilgandim, lekin bu xayollarning hech birida bir hovuch chaqaloq ovqatlari bilan o’n bir oylik bolaning maqsadi bo’lganidan yarim soat o’tgach uni shunaqangi band tongda tasodifan uchratib qolishim mumkinligi ko’rmagandim.
Uning ko’rinishi yaxshi edi. Atlas yaxshi hid taratardi.
Mendan esa ehtimol ona suti hidi kelgandir.
Men bizning bunday tasodifiy uchrashuvimiz nima ma’no anglatishi haqida o’ylab shunaqangi siqildimki, bugun ertalab yetkazib berish xizmati haydovchisiga hamma narsani tayyorlab berishim uchun ikki marta ko’p vaqt sarfladim. Bugun men yangi buyurtmalar uchun vebsaytni tekshirmadim ham.
Oxirgi marta oynada o’zimga qaradim, biroq barcha ko’rganim – charchagan, keragidan ortiq ishlaydigan yakka ona edi.
Men hammomdan chiqdim va registratsiya joyiga qaytib bordim. Printerdan buyurtma qabul qilib, kartani chiqarishni boshladim. Avval hech qachon miyam bunaqangi chalg’imagandi, shuning uchun bugun ertalab ko’proq ish bilan mashg’ul bo’lganimdan xursandman.
Buyurtma Jonatan ismli kishidan Greta ismli kimgadir atirgullar dastasi edi. Xabarda “O’tgan tun uchun judayam afsusdaman. Meni kechira olasanmi?” deb yozilgandi.
Oh tortdim. Kechirim so’rash gullari men yig’ishni umuman xohlamaydigan guldastalarimdir. Men har doim ular nima uchun kechirim so’rashayotganligi haqida o’ylab qolaman. U o’zlarining kunini o’tkazib yuborganmdi? U uyga kech kelganmidi? Ular urushishganmidi? Uni urganmidi?
Gohida men kartalarga uydagi zo’ravonlik uchun mahalliy himoya raqamini yozishni xohlab qolaman, lekin ba’zan o’z-o’zimga eslatishimga majbur bo’laman, hamma kechirimlar men qabul qilishga o’rganib qolgan uzrlarga o’xshab yomon emasdi. Ehtimol Jonatan Gretaning do’stidir va uni xursand qilishga harakat qilayotgandir. Balki uning turmush o’rtog’idir va u biroz haddan oshiribroq hazil qilgandir.
Bu gullarning sababi nima bo’lishidan qat’i nazar, ular biror yaxshi narsani ifodalayapti degan umiddaman. Men kartani convert ichiga joyladimda, atirgullar dastasiga uni yopishtirdim. Keyin yetkazib berish tokchasiga qo’ydim, keyingi buyurtmani qabul qilayotganimda menga bir xabar keldi.
Men telefonimga shunaqangi kuchli tashlandimki, xuddi bu xabar meni vayron qiladigandek va uni o’qishim uchun menda faqat uch soniya bordek. Telefonim ekraniga qaraganimdan keyin esa kichraygandek bo’ldim. Xabar Atlasdan emas edi, uni Ryle yozgandi.
“U qo’g’irilgan kartoshka yeya oladimi?”
Tezlik bilan javob yo’lladim. “Faqat yumshoqlaridan”
Men telefonimni taraqlatib stolga irg’itdim. Odatda, men uni qo’g’irilgan kartoshka yeyishini yoqtirmayman, ammo Ryle haftada ikki kun beradi, shuning uchunam u men bo’lgan paytlarda ko’proq to’yimli ovqat yeyishidan ko’nglim to’q edi.

Ryle haqida bir necha daqiqa o’ylamaslik yaxshi edi, lekin uning yo’llagan xabari u hali ham mavjudligini menga eslatdi. Demakki, u haliyam bor ekan, qo’rqamanki, men va Atlasning o’rtasida har qanaqa munosabat, hattoki do’stlik ham bo’la olmaydi. Agar Atlas bilan uchrashishni boshlasam, buni Ryle qanday qabul qiladi? Ular har doim bir-birlarini atrofida bo’lishlarini bilsa, u o’zini qanday tutadi?


Ehtimol men o’zimdan ham oldinga o’tib ketdim.
Telefonimga nazar tashladim, Atlasga nima deb yozishga o’ylanardim. Unga do’konni ochganimdan so’ng xabar yuboraman deb aytganman, biroq xaridorlar do’konni ochmasimdan avval kelib kutishayotgandi. Endi esa Ryle yozib qoldi, men ketdim va bu vaziyatda uning ham mavjudligini esladim, bu esa meni Atlasga yozishga ikkilantirib qo’ydi.
Oldingi eshik ochildi, va nihoyat ishchim Lusy kirib keldi. U har doim xushmuomala bo’lib ko’rinadi, hattoki uning yomon kayfiyatda ekanligini bilsam ham.
“ Xayrli tong, Lusy”.
U ko’zlariga tushib turgan sochlarini silkitib, hamyonini peshtaxtaga qo’ydi. “Shumi?”
Lusy tong payti samimiy bo’lmas edi. Shuning uchunam men yoki yana bir boshqa ishchim Serena kamida soat o’n birgacha registratsiyada ishlaymiz, Lusy esa bu vaqtda orqa tomonda rejadagi dasturlarni birlashtiradi. U odatda, bir yoki besh chashka kofe ichgandan keyin xaridorlar bilan yaxshi chiqishib ketadi.
“Men shuni bildimki, bizning joy kartalarimiz hech qachon yetib kelmagan, chunki ular to’xtatilgan, va endi esa yana buyurtmalar qabul qilish uchun judayam kech. To’yga bir oydan kamroq vaqt qoldi.”
Bu to’ygacha juda ko’p narsa noto’g’ri ketdi. …………………………..lekin men irim-sirimlarga ishonadigan odamlar xilidan emasman. U ham unaqa emas edi, yaxshiyam.
“Uyda tayyorlangan joy kartalari uslubda,” deb taklif berdim.
Lusy ko’zlarini ishqaladi. “Men hunarmandchilikni yomon ko’raman.” Deb ming’irladi u. “Hattoki, mn hozir to’yniyam xohlamayman. Menga biz aniq sana qo’yganimizdan ham ko’proq rejalashtirayotganga o’xshab tuyulyapti.” Bu to’g’ri. “Balki to’yni bekor qilarmiz va Vegasga ketarmidik. Siz sevgan insoningiz bilan qochib ketgandingiz, to’g’rimi? Bundan pushaymon emasmisiz?”

Men bulardan qaysi birini birinchi gapirishni ham bilmayman. “Qanday qilib hunarmandchilik sizga yoqmasligi mumkin? Axir gul do’konida ishlaysizku. Men ajashganman, albatta, yaxshi ko’rgan insonim bilan qochib ketganimga afsuslanaman.”unga men hali qabul qilmagan buyurtmalarimni tutqazdim. “Lekin bu judayam qiziq bo’lgandi”, dedim.


Lusy ortga qaytdi va qolgan buyurtlarni qabul qilishni boshladi., men esa yana Atlas haqida o’ylashga qaytdim. Va Ryle haqida ham. Bu ikkoalasi mning miyamda bir vaqtning o’zida tortishardi.
Bu qanday ishlashi haqida menda umuman fikr yo’q. atlas va men bir –birimizga duch kelib qolganimizda, hamma narsa, hattoki Ryle ham asta yo’qolganga o’xhsadi. Lkin hozir Ryle xayollarim uzra sizib chiqishni boshladi. Rylening fikrlari miyamni band qilganidek emas, balki qandaydir yo’l to’sig’iga o’xshaydi. Aslida mening ishqiy hayotim oxiri hech qanday to’qnashuv, urilishlarsiz kechayotgandi, chunki bir yarim yildan beri uning borligini bilmagandim, hech narsa yo’qqa o’xshaydi, lekin endi esa oldinda og’ir hayot, qiyalig-u to’siqlar bor.
Bunga arziydimi? Atlas arziydi.
Lekin biz bunga arziymizmi? Mening hayotimning barcha qismiga shak-shubhasiz olib kirishi mumkin bo’lgan asabiylikka arziydimi?
Anchadan beri men bunaqangi ikkilanib, gangimagandim. Yarmim Allysaga qo’ngiriq qilib, Atlasni ko’rganligi haqida unga hammasini aytib berishni xohlaydi, ammo bunday qila olmaydi. U Ryle haligacha men uchun qanday munosabatda ekanligini biladi.. U agar Atlasni bu suratga olib kirsam, Ryle qanday ahvolga tushishini biladi.
Oyimga esa ayta olmayman, chunki u mening oyim. Oxirgi paytlar judayam yaqin bo’lgan bo’lsakda, u bilan o’zimning tanishuv hayotim haqida hech qachon bahslashmayman.
Men Atlas haqida gapirishda o’zimni qulay his qila oladigan birdan-bir inson bor.
“Lusy?”
U orqa tomondan paydo bo’ldi, qulog’idan naushnikini oldi. “meni chaqirtizdingizmi?”
“Ozgina muddatga meni yo’qligimni bildirmay tura olasanmi? Ba’zi ishlarimni qilib olishim kerak. Bir soat ichida qaytib kelaman.”

U peshtaxta ortidan yurdi, men esa hamyonimni oldim. Emerson bor ekan, men endi o’zimga unchalik ko’p vaqt ajratolmas edim, shuning uchun do’konda mening yo’qligimni bildirmay turadigan kimdir bo’lgan paytlarda men ish haftasi davomida tez-tez bu yerdan bir necha soat o’g’irlayman.


Ba’zan xayollarim bilan yolg’iz qolishni yoqtiraman, ammo chaqaloq borligida buning aslo iloji yo’q, va hattoki u uxlayotgan paytda ham men ona rejimida bo’laman. Ishdagi ko’p bandliklar bilan bezovta bo’lmay to’xtovsiz tinchlikni topa olishim kamdan kam uchraydigan holatdir.
Men keyin tushunib yetdimki, musiqani yoqib qo’yib, mashinamda yolg’iz qolishim va Cheesecake fabrikasidan bir bo’lak desert olishimning o’ziyoq ba’zan miyamda chigallashib ketgan tugunlarni yechishimga yetarli ekan.
Men mashinamni Boston bandorgohidagi chiroyli tiniq ko’rinishdagi joyga to’xtatdim, va o’zim bilan olib olgan qaydlar yozadigan daftarim va ruchkamni oldim. Bu narsa desert ba’zan qila oladiganchalik yordam beradimi yo’qmi aniq bilmayman, lekin men miyamdagi o’y-u xayollarimni qo’yib yuborishim kerak, o’tmishda qilganim singari. Avvallari bu usul xayollarimni tartib bilan o’z joyiga qo’yishimga yordam berardi. Lekin bu safar ular batamom uzilib, parchalanib ketmasligi uchun yordam berishiga umid qilyapman xolos.

Download 47.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling