Bu biz bilan tugaydi


Download 47.43 Kb.
bet3/4
Sana16.06.2023
Hajmi47.43 Kb.
#1491995
1   2   3   4
Bog'liq
It starts with uss

Xo’sh, nima uchun Atlas haqidagi biror bir belgi yoki eslatma “tsunami”ga sabab bo’lishi mumkin.
Rayl hozirda bu vaziyatdan tashvishlanishimga arzimaydi, lekin u mening sevgi to’la hayotimni do’zaxga aylantirishi mumkin. Nega Rayl haligacha meni xayollarimda yashayapti? Go’yo bu – ajoyib ishlar sodir bo’ladigandek tuyuladi, lekin ular yo’q bo’lib, cho’kishni boshlagach, hayotimning shu qismiga yetib kelamanki, unda men haliyam Rayl va uning bildirishi mumkin bo’lgan reaksiyalariga asoslanib, qaror qabul qilayotgan bo’laman.
Men eng ko’p qo’rqadiganim bu – uning munosabati. U rashk qilmaydi deb umid qilishni judayam xohlardim, lekin shunday bo’ladi. Agar men Atlas bilan gaplashishni boshlasam, Rayl hammasini qiyinlashtirib yuboradi. Garchi men ajrashish to’g’ri tanlov bo’lganligini balsam ham, bu tanlovning natijalari ham bor. Ulardan birishundaki, Rayl Atlasga u bizning turmushimizni buzlishiga sababchi bo’lgan biro dam deb qaraydi.
Rayl qizimning otasi. Shu paytdan boshlab hayotimga qanday erkak kelib-ketishidan qat’i nazar, qizim uchun har doim eng yaxshisini ravo ko’raman, bunda Rayl men yupanchiq bo’lishim kerak bo’lgan bir inson. Agar Atlas Korrigan yana hayotimga qaytib keladigan bo’lsa, Rayl hech qachon tinchlanmaydi. Menga qanday qaror qabul qilishni atsangiz edi. Atlasning mavjudligi sabab bo’ladigan muqarrar muammolarni oldini olish uchun meni baxtli qiladigan narsani qurbon qilamanmi?
Yoki agar men Atlasga qalbimdagi bo’shliqni to’ldirishiga ijozat bermagunimgacha, yuragimda Atlas shaklidagi bo’shliq bo’ladimi?
U meni xabarimni kutyapti, lekin menga buni o’ylab olishim uchun ko’proq vaqt kerak deb o’ylayman. Men hattoki unga nima deyishni ham bilmayman. Nima qilishga ham hayronman.
Agar bir to’xtamga kelsam, albatta, sizga xabar beraman.

Uchinchi bob


Atlas
“Vanihoyat sohilga yetib keldikmi?” – dedi Teo. – Haqiqatan ham unga shunaqa dedingmi? Baralla ovozda?”
O’tirgan divanimga yaxshi o’rnasha olmasdim. “Yoshligimizda “nemoni qidirib”ga mukkasidan ketgandik”.
“Multfilm haqida gapirdingizmi?” Teo boshini keskin qimirlatdi. “Bu ish bermadi. U bilan uchrashganingga ham sakkiz soatdan oshdi, lekin undan haligacha bir og’iz ham xabar yo’q.”
“Balki ishlari ko’payib ketgandir”.
“Ehtimol sizning kelishingiz unga qattiq ta’sir qilgandir,” dedi Teo oldinga suyanib. U qo’llarini tizzalari orasiga kirgizib, diqqatini qayta jamlashga harakat qildi. “Xo’sh, siz unga hamma shirin so’zlaringizni aytib bo’lgach nima bo’ldi?”
U shafqatsiz. “Hech narsa. Ikkimiz ham ishga ketishimiz kerak edi. Men haliyam unda raqamim borligini so’radim va u yodida ekanligini aytdi, so’ng biz xayr…”
“To’xtang-to’xtang,” Teo uni gapini bo’ldi. “U sizning raqamingizni esidan chiqarmagan?”
“Aftidan shunday.”
“Xo’p” unda qandaydir umid uchquni ko’rindi. “Bu nimanidir anglatadi. Hech kim raqamlarni odatda eslab qolmaydi.”
Men ham xuddi shuni o’ylayotgandim, lekin balki u raqamimni boshqa sabab bilan yodlab qolgan bo’lsachi? Raqamimni yozib uni telefoniga saqlab qo’yganimda, favqulotta vaziyat edi. Ehtimol biror kun kerak bo’lib qolishidan qo’rqib yodlab qolgandir, menga hech qanday aloqasi yo’q bo’lsachi?
“Xo’sh, nima qilay endi? Xabar jo’nataymi? Qo’ng’iroq qilaymi? Yoki u biror harakat qilmagunigacha kutaymi?
“Sakkiz soat bo’ldi, Atlas. Tinchlan.”

Uni maslahati menga xuddi ot qamchisidek tuyulardi. “Ikki daqiqa oldin menga xabarsiz o’tgan sakkiz soat judayam ko’p deyayotgandingiz. Endi esa tinchlan deyapsiz.”


Teo yelkasini qisib, stolimni tepib kursini aylantirdi. “Men o’n ikki yoshdaman. Menda hattoki telefonim ham yo’q, siz esa mendan sms xabarlar haqida fikrimga qiziqyapsiz.”
Uning haliyam telefoni yo’qligi meni hayrtaga soldi. Brad unaqangi qattiqo’l otaga o’xshamasdi. “Nega telefoningiz yo’q?”
“Dadam o’n uch yoshga to’lganimda telefon ishlatishim mumkinligini aytgan. Yana ikki oy qoldi”, dedi u.
Teo olti oy oldin Bradning lavozimi ko’tarilganidan beri maktabdan so’ng haftada ikki kun restoranga kelib turardi. Teo kata bo’lganida terapevt bo’lishni xohlashini aytdi, shunda men unga men bilan birga shug’ullanishi mumkinligini aytdim. Boshida oramizda o’tgan suhbatlar faqat uning foydasi uchun edi. Biroq keyinchalik bundan men o’zim ham foyda olayotganimni his qildim.
Bred o’g’lini qidirib yurib ishxonamga bosh suqardi. “Qani ketdik. Atlasning qiladigan ishlari bor.” U Teoga turishni aytadi, lekin Teo haliyam kursini aylantirib o’tiraverardi.
“Meni bu yerga Atlas chaqirgan. Unga maslahat kerak ekan.”
“Nima bo’lgan taqdirdayam hech qachon tushunmayman,” Teo va menga tikilib dedi Bred. “O’g’limdan qanday maslahat oldingiz? Qanday qilib ishlardan qutulish-u Minecraftda yutish sirlari haqidami?”
Teo o’rnidan turib ketdi. “Aslida, qizlar mavzusida. Minecraftda g’alab qozonish muhim emas. Bu ko’proq qum qutisi o’yini.” Teo offisimdan chiqib ketayotib yelkasi uzra menga qaradi. “Unga xabar yozing.”u buni birdan-bir yechimdek aytdi. Ehtimol shunday hamdir.
Bred eshikdan uzoqlashdi.
Men yana kursimga kelib o’tirdim. Bo’m-bo’sh telefonimga qaradim. Balki u noto’g’ri raqamni eslagandir.
Kontaktlarimdan uni qidirdim, keyin ikkilanib qoldim. Teo to’gri aytyapti. Bu tong unga qattiq ta’sir qilgan bo’lishim mumkin. Uchrashganimizda unaqangi ko’p gaplashmadik.

Lekin har bir aytgan so’zimiz bir ma’no anglatardi, muhimi umid bilan aytilgandi. Ehtimol shu narsa uni qo’rqitgandir.



Download 47.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling