Bu biz bilan tugaydi
Download 47.43 Kb.
|
It starts with uss
Azizim Ellen,
Taxmin qilchi, kim qaytib keldi? Men. Va Atlas. Ikkimiz. Men unga ertalab Rayl va Emmy bila ko’rishish uchun ketayotganimda duch keldim. Uni uchratib qolganligim juda yaxshi ish bo’ldi. Lekin u bilan hayotimizning bu qismida uchrashganligim va uni bilishimni hisobga oladigan bo’lsak, ozgina g’alati tugadi. U o’zining restoranida kichik favqulotda vaziyatda edi va shoshilayotgandi; men sa do’konni ochishga kech qolayotgandim. Biz men unga keyinroq xabar yuborishim haqidagi va’da bilan ajralishdik. Unga xabar yuborishni istayman. Qilaman ham. Ayniqsa, uni ko’rganimda u bilan birga yurgan baxtiyor chog’larimda his qilgan tuyg’ularimni qanchalar sog’inganimni yodimga solib yubordi. Bu tong u bilan o’tkazgan bir necha daqiqalargacha men qanchalar yolg’izlikni his qilayotganimni anglab yetmagan ekanman. Ammo Rayl va ajrimimiz… voy, shoshmay tur. Voy, senga hali ajrashganimiz haqida aytmagandim. Senga xat yozmay qo’yganimga ham ancha vaqt bo’libdi. Menga ruxsat ber. Emmy tug’ilganidan keyin Rayl bilan ajrashishimiz doimiy bo’lishiga qaror qildim. U dunyoga kelishi bilanoq Rayldan ajrim haqida so’radim. Men o’z vaqtida shafqatsiz bo’lishga urinmadim, men uni quchog’imda ushlab turmagunimcha va zo’ravonlik davrini buzish uchun nima kerak bo’lsa ham qilishimni bilmagunimcha men qaysi tanlovni qilishni bilmasdim. Albatta, ajrim haqida so’rash og’riqli edi. Albatta, yuragim ezildi. Lekin, pushaymon emasman. Tanlovim menga shuni anglab yetishimga yordam berdiki, ba’zan inson eng qiyin qarorlarni qabul qilganda u ko’pincha eng zo’r natijalarga olib keladi. Men uni sog’inmayman deb yolg’on gapira olmayman, sababi sog’inaman. Men avvallari biz qanday bo’lganlarimizni sog’inaman. Men biz Emmy uchun qila olishimiz mumkin bo’lgan oilani sog’inaman. Lekin bilamanki, garchi ba’zan uning yukidan karaxt holga kelib qolsam ham, to’g’ri qaror qabil qildim. Juda qiyin, chunki men hali ham Rayl bilan muloqot qilishga majburman. Men undagi yoqtirib qolgan jamiki yaxshi fazilatlari hali ham bor, va endi ortiq u bilan munosabatda bo’lmaganim uchun nikohimizning yakunlanishiga sabab bo’lgan salbiy tomonlarni kamdan kam ko’raman. Menimcha, bu uning eng yaxshi xulq-atvorida ekanligi bilan bog’liq. U ko’p janjal ko’tarmasdan, rozi bo’lishga majbur edi, chunki men uning qo’lida boshdan o’tkazgan barcha oilaviy zo’ravonliklar haqida unga xabar berishim mumkinligini u yaxshi bilardi. U rafiqasidan ham ko’proq narsa yo’qotishi mumkin edi, shuning uchun vasiylik haqida gap ketganda, narsalar men o’ylaganimdan ham yaxshiroq, yoqimliroq edi. Bu ko’proq bo’lishi ham mumkin edi, ammo men unga qaraganda kamroq tortishdim. Men yagona vasiylikni xohlashimni aytganimda advokatim juda oddiy edi, ochig’ini aytadigan. Men “qoyatoshning eng iflos qismlar”ini sud zaliga olib kirishim zarur edi, aks holda Raylning Emerson bilan uchrashishini olidni olish uchun hech narsa qila olmas edim. Va hattoki men oilamizda bo’lib turadigan zo’ravonlik haqida gapiradigan bo’lsam ham, advokatimning aytishicha, irodali, muvaffaqiyatli, moliyaviy yordam ko’rsatadigan, avval hech qanday jinoyat qilmagan otaning har qanday huquqlardan mahrum etilishi juda kam uchraydigan holat emish. Menda ikkita variant bor edi, men ayblov e’lon qilishni va buni sud orqali qayta ko’rib chiqish, faqat birgalikda vasiylikni qo’lga kiritibgina uchrashish variantini tanlashim ham mumkin edi. Yoki bo’lmasam, Raylni ham, meni ham qoniqtiradigan kelishuvga to’xtab, shu bilan birga ot-ona munosabatlarimizni saqlab qolishga harakat qilsam ham bo’lar edi. Menimcha, biz bir to’xtamga, murosaga keldik, deb o’ylayotgandirsiz, lekin bu dunyoda hech qanday murosa bo’la olmaydiki, men jondan ortiq ko’radigan qizimni o’zim biladigan, jahli burnini uchida turadigan bir odam bilan jo’natib, xotirjam bo’la olsam. Ammo men qila olishim mumkin bo’lgan ish bu ikki yomonlikning eng kichigini tanlash va vasiylikka keladigan bo’lsak, Emmi hech qachon uning bu tomonini ko’rmaydi deb umid qilaman. Albatta, men Emmini otasi bilan yaxshi munosabatda bo’lishini chin dildan istayman. Men hech qachon Emmini otasidan yiroq bo’lishini xohlamayman. Faqtgina ko’zimning oq-u qorasi – qizimni xavfsiz bo’lishiga ishonch hosil qilishni xohlayman xolos, shu sababdan men birinchi ikki yil davomida Rayldan faqat kun ora qizini ko’rishga kelishini iltimos qildim. Buni unga hech qachon ochiq aytmaganman, chunki qizimni unga to’liq ishonib topshirishni bilmayman. Balki, bunga mening emizish davrim va Raylning doimiy qo’ng’iroqda bo’lishini aybdor qilishim mumkin, lekin aslida u nima sabadan qizimni u bilan tun bo’yi birga bo’lishini istamasligimni bilishiga aminman. Odatda, biz o’tmishda bo’lib o’tgan dilxiraliklar haqida gaplashmaymiz. Suhbatimiz Emmi yoki ish haqida kechadi. Qizimiz borligida tabassum qilamiz. Ba’zan bu narsa majburiy va soxta tuyulishini o’zimiz ham bilamiz, lekin hech bo’lmaganda men uchun bu uni sudga berib, qizimni yo’qotishdan ko’ra yaxshiroq edi. Agar bu men vasiylikni bo’lishish va qizimga otasining eng jirkanch tomonlarini har doim ko’rsatishim shart emasligimni anglatsa, qizim o’n sakkiz yoshga to’lgunigacha soxta tabassum qilaman. Agar uning vaqt-vaqti bilan qilgan ishqiy noz-karashmalarini hiosbga olmaganda, hammasi yaxshi ketayotgandi. Ajrimimizdan so’ng his-tuyg’ularimni qanchalik ochiq-oydin aytsam ham, u haligacha men va qizimdan umidvor edi. Ba’zan u bizdan voz kechmaganligini ifodalovchi gaplar aytadi. Agar u biz bilan birga bo’lgan paytlarida uzoq vaqt shunday yaxshi bo’laversa, oxir-oqibat meni yana o’ziga qaytarib olishidan qo’rqaman. Uning miyasidagi bu xayolni vaqt o’tishi bilan yumshataman. Ellen, lekin hayot bu tarzda kechmayapti. Men oxir-oqibat davom etaman va rostini aytsam, Atlasning yo’lidan ketaman deb umid qilaman. Buning iloji bormi yoki yo’q bilish uchun hali judayam erta, lekin aniq bilamanki, boshqa hech qachon Raylning ortidan yurmayman, qancha vaqt o’tishidan qat’i nazar. Men Rayldan ajrashish haqida so’raganimga deyarli bir yil bo’lgandi, lekin bizning ajralishimizga sabab bo’lgan o’sha tortishuvdan to’qqiz oy o’tdi. Bu men bir yarim yildan beri yolg’izligimni bildiradi. Munosabatlar orasidagi bir yarim yillik ajralish ko’p vaqtdek tuyulishi mumkin. Balki Atlasdan boshqa inson bo’lganda shunday ham bo’lishi mumkin edi. Lekin buni qanday qilishim mumkin? Agar men Atlasga xabar jo’natsam, meni tushlikka taklif qilsachi? Va albatta, tushlik ajoyib o’tishiga ishonchim komil, keyin tushlik kechki ovqatga aylanadimi? Kechki ovqat esa to’g’ri biz yoshligimizda to’xtab qolgan joyimizga olib boradimi? Keyin biz ikkalamiz ham baxtli bo’lamiz, biz yana oshiq bo’lamiz, va u hayotimning doimiy qismiga aylanadimi? Bilaman, xayollarim o’zimdan ham ilgarilab ketayotgandek tuyulyapti, ammo biz gapirayotgan odam bu – Atlas. Agar xarakteri o’zgarmagan bo’lsa, siz ham, men ham Atlasni sevish men uchun qanchalik oson ekanligini bilamiz, Ellen. Shuning uchun men ikkilanib qoldim, chunki bu ish bo’lishidan qo’rqaman. Agar shunday bo’ladigan bo’lsa, Rayl mening yangi munosabatim haqida qanday fikrga keladi? Emerson endi bir yoshga kiradi va biz butun bir yilni unaqangi ko’p qiziq voqealar bilan o’tkazganimiz yo’q, lekin bilamanki, bizni bezovta qilishi mumkin bo’lgan narsaladan holi bo’lgan yaxshi bir oqimga tushib olgandik. Download 47.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling