3-ma’ruza. Mashinali o’qitishda instrumental vositalardan foydalanish. Matlab dasturiy muhiti bilan ishlash. Reja


Download 1.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/30
Sana08.05.2023
Hajmi1.78 Mb.
#1443168
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30
Bog'liq
3-мавзу-MO\' da Матлаб

Simulink bloklari: 
- Diskret filtr bloki (Discrete Filter); 
- 0 - tartibli ekstropolyator bloki (Zero Order Hold); 
- Uzatish funksiyasi bloki (Transfer Fcn); 
- solishtirish qurilmasi bloki (Sum); 
- Transport kechikishi bloki (Transport Delay). 
Tanlangan bloklar asosida quyidagi ko’rinishdagi struktura sxemasini 
yig’amiz. (3.8 - rasm). 
3.8 - rasm. Obyektning rostlash tizimini struktura sxemasi. 
Ekstropolyatorning diskretlash qadamini vaqt bo’yicha 0,5 ga teng deb 
belglaymiz. Jarayonni simulyatsalash vaqtini 20 sek deb qabul qilamiz.
3.9 - rasmda obyektning rostlash avtomatik tizimidagi o’tkinchi jarayon 
keltirilgan. 
3.9 - rasm. Obyektning rostlash avtomatik tizimidagi o’tkinchi jarayon
K
p1
=5,8 va K
p2
=0,1 va boshqaruv obyekti koefissientlari : K
ob
=0,49 va 
T
ob
=2; τ=0,2. 


15 
2.2. MATLABda funksiyalar va sozlangan funksiyalar 
 
Endi funksiya tushunchasini keltiramiz. Funksiya - o’zining argumentlari 
ustida ma’lum bir shakl almashtirishlarni bajaruvchi va unda hosil qilingan 
natijalarni qaytarish xususiyatiga ega bo’lgan noyob nomli obyektdir. Funksiyalar 
bir nechta argumentlarga ega bo’lib bir emas, bir nechta natijani qaytaradigan 
bo’lsa quyidagicha yoziladi:
[y1,y2, …] = func (x1, x2, …), 
bu erda x1, x2, …, y1,y2, … - mos ravishda kirish va chiqish parametrlari deyiladi.
MATLABdagi elementar funksiyalar ro’yxati bilan help elfun buyrug’i, 
maxsus funksiyalar ro’yxati bilan esa help specfun buyrug’i orqali tanishish 
mumkin. Bu funksiyalar MATLABdagi sozlangan ichki funksiyalarga kiradi, ya’ni 
ularga argumentlari bilan murojaat qilib, qiymatlarini olishimiz mumkin. 
MATLABda tashqi funksiyalar deb m-fayllarga aytiladi. Bunday 
funksiyalarni berish uchun maxsus m-fayllarni taxlil qiluvchi redaktordan 
foydalaniladi.
MATLAB tizimida juda ko’p sozlangan va kengaytma paketlarda 
aniqlangan funksiyalar bo’lsada, foydalanuvchi uchun yana qandaydir funksiyalar 
kerak bo’lib qolishi mumkin. MATLABda ana shunday yangi funksiyalarni 
yaratishning bir nechta imkoniyatlari bor. Shulardan bir inline funksiyasidan 
foydalanishdir. Bunda foydalanuvchi o’zi uchun zarur ifodani inline funksiya 
argumentiga apostrof ichiga yozishi kerak bo’ladi. Masalan, sin
2
x+cos
2
u ifodani 
qiymatlarini xisoblash kerak bo’lsin. MATLABda quyidagicha amalga oshiriladi:
>> sin cos = inline (`sin (x).^2+cos(y).^2`)
sin cos =
inline function:
sin cos (x, u) =sin (x).^2+cos (x).^2. 
Bu yozuvlar buyruqlar oynasida yoziladi va hisoblash ham shu oynada 
bajariladi:
>> sin cos (5.5)
ans =1.0000
>> sin cos (1.2)
ans =0.8813
>> sin cos (2.1)
ans =1.1187
Ma’lumki, ko’p xollarda tartiblangan sonlar ketma-ketligini shakllantirish 
zarurati tug’iladi. Bunday ketma-ketliklar grafik chizishda, jadval yaratishda kerak 
bo’ladi. Ularni hosil qilish uchun MATLABda (:) ikki nuqta buyrug’idan 
(operatoridan) foydalaniladi. Uning umumiy ko’rinishi quyidagicha:

Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling