3-Mavzu: O`rta podsholik davrida Misr davlati. Rеja


Harbiy yurishlar Nubiya, Sinay va Falastin bоsib оlinishi


Download 36.67 Kb.
bet5/12
Sana02.04.2023
Hajmi36.67 Kb.
#1320689
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
3-Mavzu Orta podsholik davrida Misr davlati

4. Harbiy yurishlar Nubiya, Sinay va Falastin bоsib оlinishi. O’rta Podsholik zamonida o’tgan Misr fir’avnlaridan qolgan yozuvlarda Nubiyani va Janubiy Suriya oblastlarini bosib olish maqsadida qilingan juda ko’p harbiy yurishlar tilga olinadi. O’rta Podsholik davrining fir’avnlari oltinga boy bo’lgan Nubiyani bosib olishga ayniqsa katta e’tibor berganlar.
Amenemxet I (eramizdan avvalgi 2000—1980- yillar) Nubiyaga harbiy yurish qilib, bu mamlakatning ba’zi viloyatlarini bosib olgan, bu to’g’rida u o’zining «Nasixatnoma»sida g’urur bilan gapirgan. Senusert I Amenemxet I ning istilochilik siyosatini davom ettirgan va janubga bir necha marta harbiy yurish qilib. Vodi-Xalfagacha borgan, bu to’g’rida harbiy boshliq Mentuxotep tomonidan o’sha yerga qo’yilgan yodgorlik stela guvoxlik beradi. Bu stelada podshoning “Fiva egas” xudo Montu qarshisida turgani tasvirlangan. Montu o’sha vaqda Fiva fir’avnlarining istilochilik harakatlariga ilxom beruvchi va ximoya qiluvchi xisoblangan. Podsho, albatta, o’zining harbiy xizmatlarini ancha bo’rttirib ko’rsatgani xolda, xudoga murojaat qilib, juda ham g’urur bilan bunday deydi: «Men, ey ezgu xudo, Nubiyadagi mamlakatlarning xammasini oyog’ingga yiqitdim».
Bu jumlaning qat’iy qoida asosida badiiy tuzilishi o’sha vaqtlarda bosqinchilik urushlarini oqlash uchun dindan naqadar keng foydalanilganini yaqqol ko’rsatadi. Bu stela ustiga solingan burtma suratda urush xudosi tasvirlangan bo’lib, u bir to`da asirlarni olib kelib, xuddi podshoga topshiryapti; bu bilan Nubiya shaharlarining istilo qilingani ifodalangan. Bosib olingan shaxarning nomi xar bir asirning boshiga va yarg’iniga kura qilib yozilgan. Senusertning (taxminan eramizdan avvalgi 1980—1935 -yillarida) Kush (Nubiya) mamlakatiga qilgan muvaffaqiyatli yurishi Yana Bani-Xasan nomarxi Amenining tarjimai xolida ham ta’riflangan. Bu amaldor shu narsani o’zining aloxida xizmati deb isobtlaydiki, «podsho to’rt begona mamlakatdagi o’z dushmanlarini yer bilan yakson qilmoq uchun yuqoriga qarab suzib ketayotganda», u podshoning ketidan borgan. Ameni o’zining «Nubiyadan o’tganligi yuqoriga qarab so’zib borganligi» va «mamlakatning chegaralarini kengaytirganligi», shu bilan birga «uning qo’shinidan xech kim o’ldirilmaganligi» to’g’risida g’urur bilan gapiradi. Aftidan bu davrda misrliklar xuddi majay qabilalarini bo`ysundirgan bo’lsalar kerak. Elefantina nomarxi bo’lgan amaldor Sirenput Assuandagi yozuvida ajnabiy mamlakatlarning xokimlari bergan bojlari sifatida majay yeridan oziq-ovqat keltirilganini unga xabar qilganliklari to’g’risida yozadi.
Fir’avn Senusert III (eramizdan avvalgi 1887—1849- yillar) istilochilik maqsadida janubga juda katta yurish­lar qilgan, u podsholik qilgan davrida Nubiyaga to’rt marta urush qilib borib, uni butunlay o’ziga buysundirgan. Senu­sert III Nubiyani to ikkinchi ostona viloyatigacha o’ziga bo’ysundirish bilan birga, bu yerda bir necha Misr qal’alari xam qurdirgan; bu qal’alarning harobalari Semnada, Kummada va yana boshqa bir qancha joylarda xozirgacha saqlanib qolgan bo’lib, o’sha davrda Misrda qal’a qurish san’ati qanday rivoj topganligini ravshan ko’rsatadi. Bu qal’alar Misr davlatining janubiy chegaralarini dushmandan ximoya qilish va nubiyaliklarning Misrga qarashli yerlarga lashkar tortib kelishiga yo’l qo’ymaslik maqsadida qurilgan. Janubiy chegara ostonlaridan topilgan yozuvlarda Senusert III o’zining Nubiyada erishgan g’alaba va qilgan istilolari, Misr davlatining yangi chegarasini o’rnatib, uni ancha janubga surganligini e’lon qilgan. Fir’avnning buyrug’iga muvofiq, endi, bo`ysundirilgan viloyatda yashovchilardan birontasining ham bu chegaradan o’tishga xaqi bo’lmagan. Tayinlangan maxsus joyga savdo qilish uchun ketayotganlargagina bu chegaradan o’tishga ijozat berilgan. Nubiyani to’la buysundirish uchun qattiq kurash olib bora turib, Misr hukumatining Sharqiy Afrikada yaqindagina bo`ysundirilgan erksevar qabilalar o`rtasida qo’zg`olon chiqishidan xavfsirashiga hamma asoslar bo’lgan bo’lsa kerak albatta. Misrning eng so`nggi fir’avnlari ham Nubiyag istilo qilish yuzasidan Senusert III boshlab bergan siyosatni davom ettirib, Senusert III amalga oshirgan juda katta istilochilik harakatlari to’g’risida esdaliklar qoldirganlar, uni Nubiyani birinchi bo’lib zabt etgan kishi deb xisoblaganlar va Nubiyani o’z panoxida saqlovchi xudo, deb Nubiyadagi Misr ibodatxonalarida unga sig’inganlar, Senusert III ning istilochilik harakatlari to’g’risidagi esdaliklar to so’nggi vaqtlargacha, xususan grek va Rim yozuvchilarining asarlarida saqlanib kelgan.
SHu bilan birga, Misr fir’avnlari Misr davlatining shimoli-sharqiy chegaralaridagi qo’shni qabilalar bilan xam qattiq kurash olib borganlar. Sinay yarim orolidagi katta mis konlarini bosib olish, Suriyaga boradigan muxim savdo yo’llarini qo’lga kiritib olish maqsadida misrliklar qurol kuchi bilan bu mamlakatlarga bostirib kirib boradilar. Suriyaga Amenemxet I zamonidayoq katta harbiy yurish qilingan. Nessumontu yozuvida bu yurish qisqa, lekin ma’nodor qilib ta’riflangan. Yozuvda: «Men Iuntiu, mentiu va xeri- o’shani (osiyolik qabilalarni — V. A.) tor-mor qildim. Ko’chmanchilarning uy-joylarini vayron qildim... istexkomlari orqasiga yashiringanlarning oldiga yetib keldim»,— deyilgan. Bu yozuvga qaraganda, Misr qo’shinlari Sinay yarim oro­lidagi ko’chmanchi qabilalar ustidan katta g’alaba qozongan va xatto Falastinning axoli yashaydigan, unumdor viloyatlariga ham kirib borgan. O’rta Podsholik davrining fir’avn­lari Suriya bilan Falastinga bir necha martalab lashkar tortib borganlar. Sebekxu qoldirgan yozuvda Senusert III ning Osiyoga qilgan harbiy yurishi, mentiu-satet degan osiyolik qabila ustidan qozongan g’alabasi va Sekmen shaxrini (Sixem bo’lsa ehtimol) bosib olgani aytilgan.'Misr­liklar o’sha vaqtda shu osiyolik qabilalarni o’zlariga doim ashaddiy dushman xisoblaganlar. Bunga maxsus «ajnabiylarni la’natlash tekstlari» guvoxlik beradi, bunday tekstlar O’rta Podsholik davridan qolgan idish parchalarida bor. Aftidan, o’sha vaqtda fir’avnga dushman bo’lgan kishilar va qabilalarning nomlari maxsus xumchalarga yozilib, so`ngra podshoning shu dushmanlarini jodu bilan yo’q qilib yuborish uchun bu xumchalarni sindirish rasm bo’lgan bo’lsa kerak. SHu narsa diqqatga sazovorki, podshoning dushmanlari ichida shimolda osiyoliklar, janubda nubiyaliklar va g’arbda liviyaliklar zikir qilinadi. Yozuvlarda tarix va geografiyaga doir qimmatbaxo materiallar berilgan, unda qo’shni mamlakatlarga Misr ta’sirining qanchalik keng tarqalganligi Misr uchun ayniqsa xavfli bo’lib ko’ringan chegara rayonlari ta’riflab berilgan. Jumladan, bu yozuvlarda Bibl shaxrining nomi uchraydi. Biblda o’tkazilgan qazishlar Biblning o’sha davrda bir qancha vaqtgacha Misrga tobe bulganligini ko’rsatadi. Biblda Bibl knyazlarining suriyacha va xatto misrcha nomlari ko’rsatilgan Misr yozuvlari topilgan.
Mana shu kuchli harbiy siyosatning rivojlanib borishi natijasida aloxida ulug’ davlatchilik nazariyasining dastlabki nishonalari vujudga kelgan. Misrliklar o’zlarini, biz aloxida bichimli, xudoga ma’qul tushgan xalqmiz, biz bosib olgan boshqa mamlakatlarning xalqlari bizga itoat etishi kerak, deb xisoblay boshlaganlar. SHuning uchun ham Misr fir’avnlari o’zlari qoldirgan yozuvlarda Nubiyani nafrat bilan «la’nati Qush mamlakati» deb ataganlar. Amenemxet I o’zining «Nasixatnoma»sida g’urur bilan bunday deydi: «Men nubiyaliklarni birga olib keldim, osiyoliklarni esa itni ergashtirib kelgani singari orqamdan ergashtirib kel­dim». «Sinuxet xikoyasi» da Misr qo’l ostidagi Suriya «it» deb ataladi. SHu xikoyada yana Misr amaldorlarining o’sha vaqtda madaniy jixatdan misrliklarga qaraganda ancha past bo’lgan cho’ldagi ko’chmanchi qabilalarga nafrat ko’zi bilan qaraganligi ravshan ifodalangan.

Download 36.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling