3-Mavzu: O`rta podsholik davrida Misr davlati.
Rеja:
1.Geraklеоpоl va Fiva o’rtasidagi kurash
2.Хo’jalik taraqqiyoti.
3.Savdоning rivоjlanishi.
4.Harbiy yurishlar.
5.Nоmarхlar хоkimiyatining kuchayishi.
6.Kambag’allar va qullarning qo’zg’оlоnlari.
7.Giksоslarning Misrni istilо qilishi.
Tayanch tushunchalar.
O’rta podsholik davridagi Misr. Gеraklеоpоl kuchayishi. Geraleopol va Fiva O’rtasidagi kurash. Aхtоy nasiхati. Xeti-Meri-ib-Ra. Liviyaliklar va Оsiyo ko’chmanchilari hujumlari. Mеntuхоtеp. Misr birlashishi. Xo’jalik taraqqiyoti. XI sulоla va XII sulоla. Amеnеmхеt I, Sеnusеrt III, Amеnеmхеt III. Ichki va tashqi siyosat. Amenemxet III. «Gerakleopol podshosining nasixatnomasi». Qishloq xo’jligining rivojlanishi. Savdoning rivojlanishi. Amenemxet IV. Harbiy yurishlar. Nubiya, Sinay va Falоstin bоsib оlinishi. Amenemxet I. Kush (Nubiya). Senusert III.
1.Geraklеоpоl va Fiva o’rtasidagi kurash
O’rta podsholik davridagi misr Misrning aloxida nomlarga bo’linib ketishi Misr davlatining xalok bo’lish xavfini tug’dirgan. Markazlashtirilgan kuchli harbiy xokimiyatning yo’q bo’lib ketganligi natijasida istilochilik siyosati va tashqi savdo ham tuxtab qolgan, ammo quldorlik xo’jaligi bundan boshqa rivojlana olmas edi. Yagona davlat tushkunlikka yuz tutgan sharoitda sug’orish sistemasi ham sekin-asta buzilib, ishdan chiqa borgan, bu xol esa qishloq xo’jaligining rivojlanishiga g’ov bo’lib qolgan. Keskinlashib ketgan sinfiy ziddiyatlar xalq qo’zg’olonlariga sabab bo’lgan. Shuning uchun quldorlik ekonomikasining rivojlanish protsessi mamlakatning siyosiy jixatdan qaytadan birlashtirilishini taxozo qilgan, shu bilan birga, Misrning kuchli viloyatlari o’rtasida davlatning birligini tiklash uchun kurash boshlangan. Bunda birlash- tiruvchi ikkita eng katta markaz sifatida shimolda Gerakleopol, janubda Fiva maydonga chikadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |