3-Mavzu: O`rta podsholik davrida Misr davlati. Rеja


Download 36.67 Kb.
bet12/12
Sana02.04.2023
Hajmi36.67 Kb.
#1320689
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
3-Mavzu Orta podsholik davrida Misr davlati

XIII sulоla. Bu voqea XIII dinastiyasining oxirgi podsholari zamonida bo’lgan bo’lsa kerak. Antik ma’lumotlarda giksos podsholaridan oltitasining nomi saqlanib qolgan. O’sha vaqtdan qolgan Misr yodgorliklarida, asosan skarabeylarda saqlangan nomlar bundan ko’ra xiyla ko’proq lekin o’sha vaqtdan qolgan va dalil bo’la oladigan yozma ma’lumotlarning juda ham kamligi giksoslar istilosi davrini to’la- to’kis ta’riflashga imkon bermaydi. Giksos podsholarining nomlariga qarab hukm qilganda, giksoslar tog’li-tuman qabilalarning birlashmasidan iborat bo’lib, bu birlashma semit qabilalari va xurrit naslidan bo’lgan qabilalar kirgan. Giksoslar SHimoliy Misrda maxkam o’rnashib olganlar va deltaning sharqiy qismida o’zlarining bosh shaxri Avarisni qurganlar, keyingi vaqtdagi Misr tarixiy ma’lumotlari va antik dunyo ma’lumotlari bunga dalildir. «Avaris» degan nom «Xat-uarit» degan misrcha nomga juda to’g’ri kelsa kerak, «Xat-uarit» degan nom giksos podsholarining yozuvlarida va yana «Salle I papirusi»da, cho’llar va ajna­biy mamlakatlar xudosi Setuga bag’ishlangan shaxar nomi sifatida uchraydi. Giksoslar deltaning sharqiy qismini ayniqsa qattiq, mustaxkamlaganlar. Vodi-Tumilatda, Telal- Yaxudiya yaqinida topilgan lashkargox harobalari bunga dalildir. Bu yerda o’tkazilgan qazishlar vaqtida Petri skarabeylarga, giksoslarga xos sopol buyumlar va bronzadan yasalgan yaroq topgan. Bu lashkargox giksoslar harbiy texnikasini qanday o’zgarib borganligini o’rganish nuqtai nazaridan ayniqsa katta ahamiyatga egadir. Dastlab, lash­kargox, tuproqdan uyib yasalgan kattakon g`ov bilan mustaxkamlangan; lashkargoxning bunday mustaxkamlanganligi shu narsadan guvolik beradiki, mudofaachilar asosan kamonchilar va jang aravalaridan foydalanganlar, ular lashkar yaqinida yuzma-yuz jang bo’lishiga yoki lashkargoxning shturm qilinishiga yo’l qo’ymasligi lozim bo’lgan. Lekin keyinchalik bu tuproq; tepa o’rniga qo’rgon devori qurganlar, bu narsa giksoslarning qadimgi misrliklardan qal’a qurish ilmining ba’zi elementlarini o’zlashtirib olganligini ko’rsatadi. Fayum voxasiga kiraverishda Abusiral-Malikda xam giksoslarning yana xuddi shunday bir istexkomi bo’lgan bo’lsa ajab emas. Tanis shaxarida o’tkazilgan so’nggi kazishlarning natijalari osiyolik qabilalar deltaning juda ichkarisiga kirib borganliklaridan guvoxlik beradi, bu shaharning devorlari Falastindagi xanan qabilalari ishlatgan binokorlik texnikasining qoidalariga asosan qu­rilgan.
Giksos podsholaridan ko’zga ko’ringani Xian degan pod­sho bo’lgan, shu podsho ismining grekcha talaffuzi saqlanib qolgan bo’lib, greklar uni Iannas deb yuritganlar. Xiandan qolgan juda ko’p muxrlarda uning «chet mamlakatlar podshosi», ezgu podsho», «ezgu xudo» degan unvonlari saqlanib qolganki, bular chetdan kirgan unvonlarning asta-sekin Misr fir’avnlarida rasm bo’lgan unvonlar bilan almashtirib borilganligini ko’rsatadi. Xian butun Misrga xukmronlik qilgan deb o’ylash mumkin. Uning ismi Quyi va Yuqori Misrdan chiqqan turli xil yodgorliklardan topilgan. Bu davrda savdoning bir qadar kengayganligidan shu narsa guvoxlik beradiki, Nil vodiysidan juda uzoqda bo’lgan yerlardan Suriyadan va xatto Krit orolidan Xianning ismi yozilgan Misr buyumlari topilgan. Xianning podsholik qilgan davri giksos davlatining va Misrda xukmronlik qilgan giksos podsholarining eng kuchaygan davri bo’lgan bo’lsa kerak. Avaris. Хian. Apоpi.
Download 36.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling