3-Mavzu: O`rta podsholik davrida Misr davlati. Rеja
Istilo qilingan mamlakatlarning ekspluatatsiya qilinishi
Download 36.67 Kb.
|
3-Mavzu Orta podsholik davrida Misr davlati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sinay yarim oroli
Istilo qilingan mamlakatlarning ekspluatatsiya qilinishi Misrliklar Nubiyaning anchagina qismini istilo qilib, bu mamlakatning tabiiy boy liklarini, birinchi navbatda mashxur oltin konlarini ekspluatatsiya qilishga imkon topganlar. O’sha vaqtdan qolgan yozuvlarda Nubiyadan oltin olib kelish uchun podshoning farmoni bilan yuborilgan ekspeditsiyalar to’g’risida gapiriladi. Katta amaldorlar. ba’zida esa viloyatlarning hokimlari fir’avn saroyiga oltin olib kelish maqsadida kattagina qo’shin bilan janubga yuborilgan. SHu tariqa, Nubiyaning tabiiy boyliklaridan ochiqdan-ochiq vaxshiyona foydalanilgan, yerli xalq esa raxmsiz suratda talangan. Misr amaldorlari «boshliqlarni (Nubiya boshliqlarini) oltin yuvishga majbur qilganliklari» to’g’risida ochiqdan-ochiq gapiradilar, «dushmanlar ustidan g’alaba va tantana qilgandan keyin podsho Nubiyadan oltin olishni buyurgan» «oq oltin»ni yuqori sifatliligini aytib ayniqsa faxrlanadilar.
Bu davrda misrliklar Sinay yarim orolida Vadi-Marxadagi va Serabntal-Xodimdagi mis konlarini juda zo’r berib ekspluatatsiya qilganlar. Bunga shu yerdan topilgan juda ko’p yozuvlar guvoxlik beradi. Bu yozuvlarda mis olib kelish uchun kattagina qo’shin bilan Sinayga jo’nab ketgan katta ekspeditsiyalar to’g’risida gapiriladi, eski mis konlarida qanday foydalanilgani va yangi mis konlari qidirib topilganligi to’g’risida gapiriladi. Bu yozuvlarning ko’pchiligi xam Amenemxet III davridan qolgandir, u podsholik qillgan davrda esa xo’jalik va madaniyat juda rivoj topgan (era avvalgi 1849—1801- yillar). Sinay va Nubiyadagi tabiiy boyliklarning ishga solinishi qo’shni qabilalar bilan bo’lgan qizg’in savdo, shuningdek tez-tez qilinib turgan xarbiy yurishlar yo’q va odamlarni bir ikkinchi yerga tashishni keng miqyosda uyushtirishni talab qilgan. Suriyaga va Sinay yarim oroliga Suvaysh boyni orqali karvon yo’li o’tgan. Lekin misrliklar o’sha qadim zamonlardayoq dengiz yo’lidan kam foydalanganlar. Sinay orolida qadim zamondagi mis konlari yaqinida saqlanib qolgan bir yozuvda ekspeditsiya boshlig’i Xornaxt «saroyga Gorning farmoni bilan oltin olib kela turib dengizni (Qizil dengizni bo’lsa kerak — V. A.) kesib o’tgani» to’g’risida gapiriladi. Download 36.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling