3-Mavzu: Tuproq strukturasi, suv xossalari, tuproqning havo xossasi va havo rejimi reja


Tuproqning havo rejimi va uni yaxshilash tadbirlari


Download 298.41 Kb.
bet21/21
Sana17.10.2023
Hajmi298.41 Kb.
#1706170
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
3-lektsiya

Tuproqning havo rejimi va uni yaxshilash tadbirlari.
Tuproq havo rejimining mótadil va maqbul holatda bólishi tuproq sharoiti va ósimliklarning ósib rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Tuproqqa kiradigan havoning qatlamlar bóylab harakati va tuproq qattiq, suyuq, tirik fazalari bilan ózaro ta’siri natijasida uning tarkibi va fizik holatining ózgarishi hamda tuproq havosining atmosfera bilan ózaro gaz almashinuvi kabi hodisalar yig’indisiga havo rejimi deyiladi. Tuproq havo rejimining sutkalik, yillik va kóp yillik ózgarishi tuproqning fizik, kimyoviy, fizik-kimyoviy, biologik xossalari, shuningdek iqlim sharoitlari, ósimliklar qoplami, ekinlar turi, olib boriladigan agrotexnika tadbirlariga bog’liq. Eng maqbul havo rejimi strukturali tuproqlar uchun xos.
Kópchilik tuproqlar jumladan, doimiy va vaqtincha óta namlanadigan tuproqlarni muntazam ravishda havo rejimini yaxshilab borish talab etiladi. Botqoqlangan yerlardagi qóllaniladigan agrotexnika tadbirlarini tub meliorasiya ya’ni quritish meliorasiyasidan keyin ótkazish mumkin. Tuproq aerasiyasini yaxshilash tadbirlari tuproqning havo rejimini órganish asosida olib borilganda, yaxshi samara beradi. Bunda tuproq havosining miqdori, gazlarning diffuziya tezligi, tuproqning nafas olishi va tuproq havosining tarkibi singari omillar e’tiborga olinadi. Bu kórsatkichlar bir-biri bilan bog’liq bólib, ammo ayrim omillar aerasiya sharoitlarini tólaligicha ifodalamaydi. Shuning uchun ham bu kórsatgichlar konkret sharoitlarda tuproq xossalari va ósimliklarning aerasiyaga bólgan talabi asosida e’tiborga olinishi kerak. Yengil mexanik tarkibli (qumli va qumloq) tuproq larda va shuningdek agronomik jixatdan qimmatli strukturaga ega bólgan qumoq va soz tuproqlarda ósimliklarning vegetasiya davrida tuproqning yuqori qatlamlarida havo kóproq miqdorda (tuproq xajmiga nisbatan 20-25 foiz) bólishi kerak.
Strukturasiz og’ir mexanik tarkibli tuproqlardagi havo miqdori, uning zichlik holatiga va tuproq namligiga bog’liq. Ana shunday tuproqlarda mótadil nam bólganda ham ósimlik kislorod yetishmasligidan va CO2 ning kópligidan qiynaladi. Eng kam nam sig’imiga teng nam bólganda, havo miqdori tuproqlarda eng past (tuproq hajmiga nisbatan 15 foiz dan kam) holatga tushadi.
Strukturasiz tuproqlarda qatqaloqning hosil bólishi havo rejimini yomonlashtiradi. Bu tuproq juda zich bólib, kam g’ovaklikka ega. N.I.Poyasov bóyicha tuproq qatqalog’idagi namlik 17, tuproq hajmiga nisbatan 22,2 foiz bólganda tuproq aerasiyasi yomonlasha boshlaydi. Gaz almashinuvida aerasiya g’ovakliginining ahamiyati tuproq xossalari va temperatura rejimiga kóra ózgaradi. CO2 miqdori 2-3 dan kóp bólmasa, kislorod konsentrasiyasi 18-19 foizdan kam bólmaganda tuproq havosining tarkibi maqbul bóladi. Tuproq orqali ótadigan havo va ayrim gazlarning tezligiga tuproqdagi g’ovaklikning umumiy hajmi va g’ovaklik ólchamiga bevosita bog’liq. Kapillyar g’ovakliklar kóp va namlik yuqori bólganda, havo ótmaydi.
N.F.Dobrikov tadqiqotlari asosida, tuproqning havo ótkazuvchanligiga qarab, uning struktura holati, jumladan tuproqning gaz almashinuvi haqida tasavvurga ega bólish mumkin. Agar tuproq namlangandan sóng 60 minutdan keyin, uning havo ótkazuvchanligi 60 ml/min.ni tashkil etsa - struktura holati yaxshi, 40-60 ml/min - órtacha, 40-30 ml/min. - kuchsiz, 20-0 ml/min, bólganda tuproq strukturasiz hisoblanadi.
Tuproqning nafas olish intensivligi - havo rejimining muhim kórsatkichi hisoblanadi. Tuproqning bu kórsatkichi keng oraliqda ózgarib, 1 m2 da 0,5 dan 10 kg gacha va undan oshiq bóladi hamda u tuproqning xossalariga, gidrotermik sharoitlariga, ósimliklar qoplamiga bog’liq. Tuproq havosining tarkibiga qarab tuproqning aerasiya sharoitlarini baholash usuli keng ishlatiladi. Agar CO2 konsentrasiyasi 2-3 dan kóp, O2 -19-18 foizdan kam bólsa, kópchilik ekinlarning hosildorligi kamayadi. Ekinlarning aerasiya sharoitlariga bólgan talabchanligiga qarab, ularni quyidagi qatorga joylashtirish mumkin. Kartoshka > makkajóxori > g’alla ekinlari > kóp yillik ótlar. Ósimliklar uchun noqulay bólgan aerasiya davrining davomiyligi ham katta ahamiyatga ega. Shuning uchun tuproq havosi tarkibining dinamikasini bilish zarur. CO2 va O2 ning sutkalik dinamikasi haroratning ózgarishiga qarab tuproqning 30-50 sm chuqurligiga qadar yetib boradi. Shu davrda tuproq havosining tarkibi 10-15 foiz ózgarishi mumkin. O2 va CO2 ning yillik dinamikasida kislorodning maksimal miqdori va karbonat angidridning minimal miqdori yoz davriga tóg’ri keladi. Normal darajada namlangan davrda, tuproq havosidagi kislorod miqdori, odatda tuproqning yuqorigi qismidan pastga qarab kamayadi. CO2 esa aksincha kópayadi. Gaz almashinuvi qiyin bólgan tuproqlarda, CO2 ning maksimal konsentrasiyasi va O2 ning minimal miqdori, tuproqning yuqori va órta qatlamlari uchun xarakterli.
Tuproqlarni madaniylashtirish yóli bilan, uning havo rejimlari yaxshilanadi. Tuproq eritmasining reaksiyasini maqbullashtirish, organik va mineral óg’itlardan foydalanish, yerni sug’orish singarilar tuproqning fizik xossalarini yaxshilaydi, biologik jarayonlarni aktivlashtiradi va aerasiya jadalligini oshiradi. Tuproqlarda chuqur haydalma qatlamni yaratish, zich haydalma osti qatlamini yumshatish, maqbul normada sug’orish, tuproq qatqalog’ini yumshatish va shuningdek kam gumusli og’ir mexanik tarkibli yerlarga organik óg’itlarni qóllanish tuproqning havo rejimini yaxshilash hamda tartibga solib turishning muhim agrotexnik, agromeliorativ tadbirlardan hisoblanadi.
Download 298.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling