4- ma’ruza 4-Mavzu. Gidrodinamikaning asosiy tenglamasi. Suyuqlik kinematikasining asosiy tushunchasi. Harakat turlari va harakat usullari. Uzluksizlik tenglamasi


Suyuqlik bosimini o’rganish uslubi


Download 117.7 Kb.
bet3/4
Sana16.01.2023
Hajmi117.7 Kb.
#1095289
1   2   3   4
Bog'liq
4-maruza (4)

4.3. Suyuqlik bosimini o’rganish uslubi

Suyuqlikdagi ixtiyoriy nuqtasidagi gidrostatik bosim gidrostatikaning asosiy tenglamasi yordamida aniqlanadigan bosim P shu nuqtaning absolyut bosimi deb ataladi. Usti yopilmagan idishlarda, suv sig‘imlaridagi suyuqliklarning erkin sirtiga ta’sir qiluvchi bosim atmosfera bosimi deb ataladi va u Pa = P0 harfi bilan belgilanadi.


Bu holda absolyut bosim idishning tubiga ta’sir etuvchi gidrostatik bosimning qiymati gidrostatikaning asosiy tenglamasi(qonuni)ga binoan quydagicha aniqlanadi:
P = P 0 + γ∙H

Gidrostatik bosim quyidagi turlarga bo’linadi:


1. Atmosfеra yoki baromеtrik bosim P0 = Pbar – bu atmosfеra havosining bosimidir;
2. Ortiqcha yoki manomеtrik bosim Port (Pman) – atmosfеra bosimidan yuqori bosimdir;
3. Vakuum (siyraklanish) Pvak – bu atmosfеra bosimidan kichik bosimdir;
4. Mutloq bosim Pmut – bu jismga ta'sir etayotgan to’liq bosimdir;
Bulardan faqat mutloq bosim suyuqlikning paramеtri bo’la oladi. Agar biror idishdagi bosim atmosfеra bosimidan yuqori bo’lsa, unda mutloq bosim quyidagicha aniqlanadi:
Pmut =P bar + P ort (4.3)

Agar aksincha, idishdagi bosim atmosfеra bosimidan kichik bo’lsa, unda mutloq bosim quyidagicha aniqlanadi:


Pmut = P bar – Pvak (4.4)

Agar suyuqlik nuqtasidagi bosim atmosfera bosimidan katta (P>Pa) bo‘lsa, dI manometrik bosim deb ataladi va quyidagicha aniqlanadi:


Pman = Pmut – P0 (4.5)

Manometrik bosim absolyut bosim bilan atmosfera bosimining ayirmasiga teng bo‘lgani uchun uni ortiqcha bosim deb ham atashadi.


Bosimni o‘lchash uchun texnikada ishlatiladigan biriliklar:
1 N/m2 – bu birlik Paskal (1 Pa) dеyiladi;
1 Pa unchalik katta bo’lmagani uchun tеxnikada kPa va MPa ishlatiladi.
1 kPa (kilopaskal) = 103 Pa
1 MPa (mеgapaskal) = 106 Pa.
Bu birliklardan tashqari 1 bar = 105 Pa – bu bosim atmosfеra bosimiga yaqin bo’lgan bosimdir.
Bosim o‘lchov birliklaridan yana biri 1 kg kuch/sm2 (kg k/sm2) yoki boshqa ko’rinishda quyidagicha yoziladi: kgk/sm2, bu 1 kgk/sm 2 = 1 at. va u tеxnik atmosfеra dеyiladi.
Bosim o’lchov birliklari orasida quyidagicha bog’lanish bor:
1 MPa = 10 bar = 10,2 at = 106 Pa
1 atm =101,325 kPa = 760 mm sim.ust. =10333 mm suv ust.
Fizik atmosfеra (1 atm) 0 oC haroratda 760 mm sim.ust.ga tеng.
Bosimni o‘lchash asboblari va usullari
Bosim o‘lchash asboblarini quyidagi turlarga bo’lib o’rganish qabl qilingan:
1. Suyuqlik hisobiga ishlaydigan asboblar;
2. Mexanik asboblar.
Suyuqlik asboblari:
a) p’ezometrlar-idishdagi bosim unga ulangan shisha naychada tekshirilayotgan suyuqlikning ko‘tarilishiga qarab aniqlanadi.

4.5- rasm. P’ezometrning chizmasi.

Idishdagi bosimning katta yoki kichikligiga qarab p’ezometr (shisha naycha) da suvning sathi h balandlikka ko‘tariladi.
A nuqtadagi bosim Pa (4.5- rasm) idishning erkin sathidagi bosim bilan undagi suv ustunining bosimlar yig‘indisiga teng. Gidrostatik bosim p’ezometr orqali aniqlanganda u gidrostatikaning asosiy tenglamasiga binoan quyidagicha aniqlanadi:
Pa = Po + ρgh.
U holda peozometrda suyuqlik erkin sathining balandligi bosim orqali quyidagicha ifodalanadi: h = Pa - P0 /ρg va idishdagi chegirma bosimga to‘g‘ri keladigan suyuqlik ustunining balandiligini ko‘rsatadi. Bunday asboblar 0,5 atm dan yuqori bo‘lmagan kichik chegirma bosimlarni o‘lchashda ishlatiladi.
b) Vakuummet. Tuzilishi xuddi suyuqlik U- simon manometrlarga o‘xshash bo‘lib, idishdagi gidrostatik bosimning siyraklanish darajasini aniqlaydi (4.6- rasm). Gidrostatik bosim tenglamasiga asosan simob ustunining pasayishi idishdagi bosim va P0 orqali quyidagicha ifodalanadi:

. (4.6)

4.6- rasm. Vakuummetrning chizmasi.





  1. Mexanik asboblar (katta bosimlarni o‘lchash uchun ishlatiladi va buning uchun turli mexanik tizimlardan foydalaniladi).


Download 117.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling