4- mаvzu: Pul аylаnishi vа uning tаrkibi Reja


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/17
Sana16.11.2021
Hajmi0.68 Mb.
#175132
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
2 5395467041131989858

Pul  muomalasini  tashkil  etish  va  tartibga  solishda  tijorat  banklari  quyidagi 

ishlarni amalga oshiradi: 

 

 



 


 

 



jismoniy  shaxslarning  bo‘sh  pul  mablag‘larini  omonatlarga  jalb 

qilishga, jismoniy shaxslar pul daromadlarining naqd pulsiz tartibda omonatlarga 

 

o‘tkazilishini  kengaytirishga,  tovar  va  xizmatlar  uchun  naqd  pulsiz  hisob  – 



kitoblarni,  shu  jumladan  bank  kartalaridan  foydalangan  holda  rivojlantirishga 

qaratilgan choralar ko‘radilar; 

 

 yuridik shaxslar bilan kelishgan holda ularning kassalaridagi naqd pul 



 

qoldig‘i limitlari, pul tushumlarini bankka topshirish tartibi va muddatlarini 

belgilaydilar; 

 

 



naqd pul mablag‘larining har kuni kelib tushishi ustidan doimiy monitoringni 

amalga oshiradilar; 

 

 haqiqatda  tushgan  tushumlar  va  berilgan  naqd  pullarning  kassa 



aylanmalarining  xomcho‘t  hisob  –  kitoblaridan  farq  qilish  sabablarini  tahlil 

qiladilar hamda naqd pul tushumlarining ko‘payishini ta’minlash choralarini 

 

ko‘radilar; 



 

Markaziy  bankning  hududiy  bosh  boshqarmasi  (MB  HBB)  zimmasiga  pul 

muomalasiga  doir  ishlarni  tashkil  etish,  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi,  viloyatlar 

va  Toshkent  shahridagi  tijorat  banklarining  faoliyatini  muvofiqlashtirish  va  uning 

monitoringi yuklatiladi. MB HBBlari xususan quyidagi ishlarni amalga oshiradi: 

 

  pul muomalasining holatini o‘rganadi, banklarning kassa aylanmalarini tahlil 



qiladi, pul muomalasining holatini tavsiflovchi 

 

ko‘rsatkichlarni jamlaydi va tartibga soladilar



 

 

pul 



muomalasini 

mustahkamlashga 

qaratilgan 

takliflarni 

tayyorlab, 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining joylardagi davlat 

boshqaruv organlari muhokamasiga qo‘yadilar; 

 

 



naqd pulga bo‘lgan talabni uzluksiz ta’minlashni nazarda tutib, mintaqalar va 

tijorat banklari filiallari o‘rtasida naqd pul mablag‘larini tezkor qayta 

 

taqsimlashni amalga oshiradilar; 



 

  tijorat banklari bilan birgalikda naqd pul zaxiralari hajmining eng kam 

miqdorini tasdiqlaydilar; 

 

 



59 


 

             banklarning  pul  muomalasiga  doir  ishlarini  tahlil  qiladi  va o‘rganadilar. 



 

 

YUridik  shaxslar  kassadagi  belgilangan  naqd  pul  qoldig‘ining  limitdan 



ortiqcha  qismini  bank  bilan  kelishilgan  tartibda  va  muddatlarda  hisobvaraqqa 

kiritib qo‘yish uchun bankka topshirishlari shart. 

 

Kassadagi  naqd  pul  koldig‘i  limitlarini,  tushumni  topshirish  tartibi  va 



muddatlarini belgilash uchun banklar yilning birinchi choragida savdo tashkilotlari 

va boshqa yuridik shaxslardan buyurtmanoma – hisob – kitob oladilar. 

 

Kassadagi  naqd  pullar  qoldig‘i  limiti  har  yili  kassaga  ega  bo‘lgan  va  naqd 



pulli hisob – kitoblarni amalga oshiruvchi barcha yuridik shaxslarga belgilanadi. 

 

Yuridik  shaxsning  turli  banklarda  bir  nechta  hisobvaraqlari  mavjud  bo‘lgan 



taqdirda  u  o‘z  ixtiyoriga  ko‘ra  xizmat  ko‘rsatuvchi  banklarning  biriga  kassadagi 

naqd pul limitini belgilash uchun hisob  –  kitob bilan  murojaat  etadi. Banklarning 

birida  kassa  qoldig‘i  limiti  belgilangandan  so‘ng  yuridik  shaxs  belgilangan  kassa 

qoldig‘i  limiti  to‘g‘risidagi  xabarnomani  unga  tegishli  hisobvaraqlar  ochilgan 

boshqa banklarga jo‘natadi. 

 

Kassadagi  naqd  pullar  limitini  belgilash  uchun  buyurtmanoma  –  hisob  – 



kitobni  xizmat  ko‘rsatuvchi  banklarning  birortasiga  taqdim  etmagan  yuridik 

shaxslar  bo‘yicha  kassa  qoldig‘i  limiti  nolga  teng  deb  hisoblanadi,  yuridik  shaxs 

tomonidan bankka topshirilmagan naqd pul mablag‘lari  esa  limitdan ortiqcha  deb 

hisoblanadi. 

 

Kassadagi naqd pullar qoldig‘ining quyidagi limitlari belgilanadi: 

 

  doimiy naqd pul tushumiga ega va uni ish kunining oxirida bankka topshirishi 



lozim  bo‘lgan  yuridik  shaxslar  uchun  –  keyingi  ish  kuni  ertasiga  normal  ish 

faoliyatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan miqdorda; 

 

keyingi kunda topshirishi shart bo‘lgan yuridik shaxslar uchun 



 

– o‘rtacha kunlik naqd pul tushumidan ortiq bo‘lmagan miqdorda; 




10 

 

 



 

 

tushumni har kuni topshirmaslik huquqiga ega bo‘lgan yuridik shaxslar uchun 



– tushum summasi va uni topshirish bo‘yicha belgilangan muddatga bog‘liq bo‘lgan 

miqdorda; 

 

doimiy naqd pul tushumiga ega bo‘lmagan yuridik shaxslar uchun  – o‘rtacha 



kunlik  naqd  pul  xarajati  miqdorida  (mehnat  haqi  to‘lovlari,  vaqtinchalik  ishga 

layoqatsizlik bo‘yicha nafaqa, mukofot va stipendiya xarajatlaridan tashqari). 

 

 

  



YUridik  shaxslar  o‘z  kassalarida  naqd  pullarni  belgilangan  limitlardan 

ortiqcha  miqdorda  faqat  mehnatga  haq  to‘lash,  ijtimoiy  sug‘urta  bo‘yicha 

nafaqalar,  pensiya  va  stipendiyalar  berish  uchun,  bankdan  olingan  kunni  qo‘shib 

hisoblagan  holda,  3  ish  kunidan  ortiq  bo‘lmagan  muddat  mobaynida  (banklardan 

uzoq masofada joylashgan yuridik shaxslar esa 5 ish kunigacha) saqlash huquqiga 

ega.  Bu  muddat  tugagach,  ko‘zlangan  maqsad  uchun  ishlatilmagan  pullar  bankka 

qaytariladi va keyinchalik yuridik shaxslarga ularning birinchi talabi bilanoq o‘sha 

maqsadlarga ishlatish uchun beriladi. 

 

Pulning  aylanishini  tezlashtirish  va  bank  kassalariga  tushumlarning  o‘z 



vaqtida tushishi zaruratidan kelib chiqqan holda, banklar tomonidan har bir yuridik 

shaxsga  ularning  rahbarlari  bilan  kelishilgan  tarzda  tushum  topshirish  vaqti  va 

tartibi belgilanadi. 

 

Kassadagi  naqd  pul  qoldiqlarining  belgilangan  limitlari,  tushumni  topshirish 



tartibi  va  muddatlari  banklar  tomonidan  har  bir  yuridik  shaxsga  yozma  ravishda 

ma’lum qilinadi. 

 

Banklar  yuridik  shaxslarning  pul  tushumlarini  o‘z  vaqtida  va  to‘liq 



topshirishlari bo‘yicha monitoring olib boradilar. 

 



11 

 

Naqd pullarni tijorat banklariga jo‘natish, qabul qilish, saqlash va samarali 



foydalanish ustidan nazoratni tashkil etadi. 

 

Markaziy  bank  tijorat  banklarini  naqd  pulga  bo‘lgan  talabini  qondirish 



maqsadida  kassa  buyurtmalariga  asosan  ularga  naqd  pullarni  jo‘natadi,  ular 

o‘rtasida  naqd  pullarning  taqsimlanishi  va  maqsadli  foydalanishi  ustidan  umumiy 

monitoringni tashkil etadi. 

 

Markaziy  bank  tijorat  banklarining  aylanma  kassasiga  naqd  pullarni 



saqlashning  maksimal  miqdorini  o‘rnatadi.  Unga  tijorat  banklarining  aylanma 

kassasidagi naqd pullar 10101 – «Aylanma kassadagi naqd pullar» hisobvarag‘ida 

hisobga olib boriladi. O‘rnatilgan kassa limitidan ortgan naqd pullar tegishli 10102 

 

–  «Zaxiradagi  naqd  pullar»  hisobvarag‘iga  kirim  qilinadi  va  Markaziy  bankning 



tegishli  ruxsati  bilan  ishlatiladi.  Markaziy  bank  ushbu  hisobvaraqdagi  kassa 

limitidan ortiqcha mablag‘larni ishlatish bo‘yicha tijorat bankiga: 

 

– tijorat bankiga foydalanishga ruxsat berishi haqida



 

– boshqa tijorat bankiga jo‘natish haqida; 

 

– Markaziy bankning Xisob – kassa markazining zaxira fondiga topshirish 



haqida bo‘lishi mumkin. 

 

Ta’kidlash  lozimki,  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi,  Toshkent  shahri  va 



viloyalarda  tijorat  banklarining  aylanma  kassasidagi  naqd  pullarni  va  kassa 

limitidan  ortiqcha  mablag‘larni  ishlatish  va  nazorat  qilish  ishlari  Markaziy 

bankning Hududiy bosh boshqarmalari orqali amalga oshiriladi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



12 

 


Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling