4 a gap bo'laklari Shahlo
Download 395.92 Kb. Pdf ko'rish
|
gap bolaklarini oqitishda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8-, 9-sinflarda
6-,
7-sinflarda esa
leksikologiya va
morfologiya bo‘limlarini o‘zlashtirishga e`tibor qaratiladi. 7- sinfda sintaksis bo‘limidan faqatgina so‘z birikmalari, otli va fe`lli birikmalarni o‘rganish nazarda tutiladi. Bu bosqichlarda o‘quvchilarga so‘zning leksik va grammatik ma`nosi borasida keng ma`lumotlar beriladi. O‘quvchilar, asosan, 8-, 9-sinflarda sintaksis bo‘limiga tegishli nazariy tushunchalarni mukammal o‘rganishga yo`naltirilgan. Chunki bu bo‘lim tilshunoslikning eng yirik va o‘z navbatida, anchayin murakkab bo‘limi hisoblanadi. Ona tili dasturining 8-sinflar uchun mo‘ljallangan qismida “Sodda gap sintaksisi” (20 soat) bo‘limida gapning bosh bo‘laklarini o‘rganish rejalashtirilgan bo‘lsa, gapning ikkinchi darajali bo‘laklarini alohida, 34 soat davomida batafsil o‘zlashtirish nazarda tutilgan. Umumiy ta’limda ona tili sintaksisni o‘qitish DTS va o‘quv dasturlarida anchayin keng, har bir sinf o‘quvchilari o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan nazariy bilim, ko‘nikma va malakalar mufassal bayon qilingan, aniq yo‘nalishlar belgilab berilgan. O‘quvchilar umumiy o‘rta ta`limda ona tili fanidan o‘zlashtirgan bilimlarini, ko‘nikma va malakalarini o‘rta maxsus ta`lim – akademik litseyda, kasb-hunar kollejlarida davom ettirish, yanada boyitish imkoniga egadirlar. Shunga ko‘ra, bu bosqichdagi ona tili ta`limining mazmuni, maqsad va vazifasi umumiy o‘rta ta`limga uyg‘un holda takomillashtirilgan bo‘lib, bu fan akademik litseylarda Hozirgi o‘zbek adabiy tili nomi bilan yuritiladi. Davr talabi bilan bugungi kunda uzluksiz ta`lim tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalari dadil kirib kelmoqda. Maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining dars va darsdan tashqari ishlar jarayonida o‘zbek tilini kengroq o‘rganish imkonini beradigan axborot texnologiyalaridan, shu jumladan, elektron darsliklardan foydalanish yo‘lga qo‘yilmoqda. Bugina emas, elektron variantdagi
23 badiiy asarlar ham kitobxonlarga havola qilinmoqda. Bularning barchasi bugungi yoshlarimizning fan asoslarini chuqur egallashlariga, og‘zaki va yozma nutq madaniyatlarini takomillashtirishga, ma`naviy olamini yuksaltirishga xizmat qiladi.
Download 395.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling