4-ma’ruza ochik kon qazish-yuklash mashinalari. Ekskavatorlar sinflari. Reja


Bir cho‘michli ekskavatorlarning turlari va ishlatilish ko‘lami


Download 255.96 Kb.
bet2/5
Sana08.10.2023
Hajmi255.96 Kb.
#1695408
1   2   3   4   5
Bog'liq
4-Ma\'ruza

Bir cho‘michli ekskavatorlarning turlari va ishlatilish ko‘lami
Bir cho‘michli ekskavatorning ish jarayoni - ishssikli va xarakatlanishidan iboratdir. Ekskavator ishssikli ketma-ket bajariladigan quyidagi jarayonlardan tashkil topgandir:
kon jinsini qazish va cho‘michni to‘ldirish (qamrash);
cho‘michni zaboydan ko‘tarish;
cho‘michni yuk to‘kish joyiga burish;
cho‘michdagi yukni transport vositasiga yoki ag‘darmaga bo‘shatish;
zaboyga burilish;
navbatdagi qazish jarayonini boshlash uchun cho‘michni joyiga tushirish.

Bir cho‘michli ekskavatorlar ishga belgilanishi bo‘yicha quyidagi guruhlarga bo‘linadi: qurilishga mo‘ljallangan universal, kar’er ishlariga mo‘ljallangan, ochish ishlariga mo‘ljallangan, draglayn (qadamlovchi) lar.


Qurilishga mo‘ljallangan universal ekskavatorlar qurilishda er ishlarini va yuklash ishlarini bajarishga mo‘ljallangandir.
Kar’er ekskavatorlariruda va ko‘mir qazib olish ka’erlarida ishlash uchun mo‘ljallangan. Bu ekskavatorlar turli qattiqlikdagi kon jinslarida ishlashi uchun almashtiriladigan cho‘michlar bilan ta’minlanadi.
Ochish ishlariga mo‘ljallangan ekskavatorlar foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib olishda ochish ishlarini transportsiz tizimda bajarishga xizmat qiladi.
Qadamlovchi (draglayn) ekskvatorlar o‘zi turgan tekislikdan pastdagi va tepadagi zaboyni ishlashga va ag‘darmaga eltishga, hamda kon jinslarini ag‘darmaga qayta ekskavatsiya qilishga mo‘ljallangan.
Bir cho‘michli ekskavatorlarning quyidagi tiplari mavjud:
EO – gusenitsali va pnevmog‘ildirakli qurilishga mo‘ljallangan teskari cho‘michli ekskavatorlar. Bu ekskavatorlarning cho‘michlari sig‘imi 0,16-2,5 m3 ni tashkil qiladi.
EKGS – kar’er va qurilish ishlariga mo‘ljallangan gusenitsali ekskavator. Bu ekskavatorlarning cho‘michlari sig‘imi 1,25 - 8 m3 ni tashkil qiladi.
EKG - kar’er ishlariga mo‘ljallangan gusenitsali ekskavator. Bu ekskavatorlarning cho‘michlari sig‘imi 2 - 20 m3 ni tashkil qiladi.
EVG -ochish ishlariga mo‘ljallangan gusenitsali ekskavator. Bu ekskavatorlarning cho‘michlari sig‘imi 15 - 100 m3 ni tashkil qiladi.
ESH – qadamlovchi draglaynlar. Ularning cho‘michlari sig‘imi 4-125 m3 ni tashkil qiladi.
Bir cho‘michli ekskavatorlarni shunday belgilashlar asosida ularning asosiy ko‘rsatgichlari – cho‘mich sig‘imi (kar’er ekskavatorlarida), strelasi uzunligi (draglaylarda), qamrash radiusi (ochish ekskavatorlarida) ni aniqlovchi guruhlari shakllantirilgan. Masalan, EKG-5A quyidagicha izohlanadi: E – ekskavator, K – kar’er ishlariga mo‘ljallangan, G – gusenitsali, 5 – cho‘michi sig‘imi (m3 da), A – modernizatsiya indeksi. EVG-35/65 quyidagicha izohlanadi: E – ekskavator, V – ochish ishlariga mo‘ljallangan, G – gusenitsali, 35 – cho‘michi sig‘imi (m3 da), 65 – qamrash radiusi (metrda). ESH – 100/100 quyidagicha izohlanadi: E – ekskavator, SH – qadamlovchi, 100 (suratdagi) - – cho‘michi sig‘imi (m3 da), 100 (maxrajdagi) – strelasi uzunligi (metrda).
Vatanimiz konchilik korxonalari kar’erlarida cho‘mich sig‘imi 5(4,6); 8; 10; 12,5; 15; 20 m3li ekskavatorlar ishlatilmoqda. Bu ekskavatorlar A.A.Jdanov nomidagi Ijorskiy va S.Ordjonikidze nomidagi Uralь og‘ir mashinasozlik zavodlarida ishlab chiqariladi (Rossiya).
Bir cho‘michli ekskavatorlar AQSH (“Marion”, “Byusayrus-Iri”, “Xarnishfeger”), YAponiya, Fransiya, Angliya, Xitoy kabi xorijiy mamalakatlarda ham ishlab chiqariladi.



Download 255.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling