“tiqxmmi’’ mustaqil ish


Download 0.98 Mb.
bet1/3
Sana10.03.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1257962
  1   2   3
Bog'liq
bir cho\'michli ekskvatorlar

“TIQXMMI’’

MUSTAQIL ISH

FAN: Melioratsiya va qurilish mashinalari

Mavzu: Bir cho’michli ekskvatorlar.

Tayyorladi: Hojiyev Ahmad

Reja: 1. Bir cho‘michli ekskavatorlar. 2. Bir cho’michli ekskavatorning ish unumdorligini analitik hisoblash usuli 3.Draglaynli bir cho’michli ekskvatorlar 4. Bir cho’michli ekskavatоrlar nazariy, texnik, ishlab chiqarish va me’yoriy ish unumdоrliklari.

Bir cho‘michli ekskavator deb, siklik (davriy) islilaydigan, tuproq qazuvchi o‘ziyurar mashinaga aytiladi. Uning ish jarayoni quyidagidan iborat: muayyan konstruksiyali va sig'imli yakka cho'michi bilan tuproq-gruntni massivdan ajratib olib, bo'shatish joyiga keltiradi va maxsus joyga yoki transport vositasiga bo‘shatadi. Tuproq qazish ishlarining yarmidan ko‘pi bir cho‘michli ekskavatorlar bilan bajariladi. Bir cho'michli ekskavatoming ish sikli quyidagi operatsiyalardan iborat: cho‘michni zaboyga tushirish; ma’lum qalinlikdagi grunt qatlamini kesib olib cho‘michni to‘ldirish; ekskavator platformasini burib, cho‘michni grunt bo‘shatiladigan joyda to‘xtatish; cho‘michni bo‘shatish va platformani burib, bo‘shagan cho‘michni zaboyda to‘xtatish. Odatda har qaysi sikl ekskavatoming o‘zini yurgizmasdan bajariladi. Zaboyning mazkur qismi qazib bo‘lingandan keyingina, ya’ni cho‘mich bilan gruntni olish mumkin bo‘lmay qolganda ekskavator boshqa joyga quriladi. Ekskavator gruntni kovlaydigan va uni tashiydigan ish organidan, yurish qismidan, barcha mexanizmlami harakatga keltiruvchi kuch ustanovkasidan, mashinaning ish organlari va mexanizmlariga harakat uzatuvchi transmissiyadan, ish jihozlari o‘matiladigan, mahkamlanadigan hamda buriladigan tayanch-buriMsh qurilmasidan va ekskavatomi boshqarish tizimidan tuzilgan. Bir cho‘michli ekskavatorlar vazifasiga, ish jihozlarining turiga, cho'michining sig'imiga, kuch ustanovkasining tipiga, platformasining burilish burchagiga, boshqarilish turiga va yurish qurilmasining tipiga qarab xillarga ajratiladi.

a—umumiy ko'rinishi; b—to‘g‘ri kurak chizmasi; 1—buldozer ag‘dargichi; 2—buldozer ag'dargichining gidrosilindri; 3-buldozer ramasi: 4-yomlg‘i baki; 5-traktor; 6-gidrotizim baki; 7-nasoslar guruhsi; 8—kabina; 9~rama; 10-mashmist o‘rindig‘i; 11—taqsimlagich; 12—burish mexanizmi; 13-dasta silindri; 14—dasta; 15—cho'mich gidrosilindri; 16- cho'mich; 17—strela gidrosilindri; 18-strela; 19—biriktiruvchi truboprovod; 2 0—burilma kolonka; 2 1 -gidrosilindr; 2 2 -chiqarma tayanch.


Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling