4-ma’ruza: sanoat robotlarining sinflanishi sanoat robotlari


Quymakorlik ishlab chiqarish jarayonlariga xizmat ko‘rsatish uchun (quyuvchi); Shtampovka


Download 35.3 Kb.
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi35.3 Kb.
#1556110
1   2   3
Bog'liq
4,ИМТ

Quymakorlik ishlab chiqarish jarayonlariga xizmat ko‘rsatish uchun (quyuvchi);

  • Shtampovka ishlab chiqarishni avtomatlashtirish uchun (presslovchi);

  • Mexanik ishlov jarayonlariga xizmat ko‘rsatish uchun;

  • Payvandlash roboti jarayoniga xizmat ko‘rsatish uchun (payvandlovchi);

  • Yig‘uv ishlab chiqarish jarayoniga xizmat ko‘rsatish uchun (yig‘uvchi).


    Ixtisoslashuv darajasi bo‘yicha barcha sanoat robotlari ularni vazifasidan qat’iy nazar 3 tipga bo‘linadi: universal, maxsuslashtirilgan va maxsus.

    • Universal (ko‘p maqsadli) robotlar turli xil operatsiyalarni va shu bilan birga texnologik jihozlardagi turli ko‘rinishdagi ishlarni bajarish uchun qo‘llaniladi.

    • Maxsuslashtirilgan (maqsadli) robotlar ancha tor vazifaga ega va bitta aniqlangan operatsiyani amalga oshiradi (masalan, payvandlash, bo‘yash, belgilangan ko‘rinishdagi jihozlarga xizmat ko‘rsatish).

    • Maxsus robotlar faqat bitta aniq operatsiyani bajaradi (masalan, texnologik jihozning konkret modeliga xizmat ko‘rsatish).


    Bajariladigan operatsiyalar xarakteri bo‘yicha barcha sanoat robotlari 3 ta guruhga sinflanadi:

    • Ishlab chiqarish (texnologik), asosiy texnologik ishlab chiqarish operatsiyalarini bajaradi va unda ishlab chiqaruvchi yoki qayta ishlovchi mashina sifatida ishtirok etadi (payvandlash, yig‘ish va boshq.).

    • Ko‘tarish-tashish (yordamchi), asosiy texnologik jihozlarga xizmat ko‘rsatish uchun yordamchi operatsiyalarni bajarishda qo‘llaniladi, hamda ombor-transport operatsiyalarini ham;

    • Universal – xilma-xil asosiy va yordamchi texnologik operatsiyalarni bajaradi.

    Yuritma tipi bo‘yicha. Robotlarda foydalaniladigan yuritmalari bo‘yicha quyidagilarga bo‘linadi:

    • Elektrik;

    • Gidravlik;

    • Pnevmatik;

    • Pnevmo-gidravlik.

    Ular ko‘pincha kombinatsiyada qo‘llaniladi, masalan, katta yuk ko‘taruvchi manipulyator zvenolarida gidravlik, uning ushlovchi qurilmasida – ancha oddiy va kam quvvatli pnevmatik yuritma ishlatiladi.

    Download 35.3 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling