4-mavzu: Avstriya (Gabusburglar) XVII asrning ikkinchi yarmi-xx asr boshida Reja


Download 22.92 Kb.
bet3/5
Sana30.04.2023
Hajmi22.92 Kb.
#1411603
1   2   3   4   5
Bog'liq
Avstra

1701-1711 YILLARDAGI OZODLIK URUSHI.
XVIII asr boshida Gabsburglar bilan Burbonlar o’rtasidagi raqobat yana keskinlashdi. Ispaniya taxtidagi Gabsburglarning so’nggi vakili bo’lgan farzandsiz Karl II Ispanskiyning o’limi Yevropada katta urushning boshlanishi uchun bahona bo’ldi. 1701 yilda Ispan merosi uchun urush boshlandi va unga deyarli barcha Yevropa davlatlari tortildi. Bir yildan keyin Avstriyaga ikki frontda – Fransiyaga qarshi va uning ittifoqchisi bo’lgan Vengriyaga qarshi urush olib borishga to’g’ri keldi. Gabsburglarga qarshi qaratilgan Yangi harakatga turklarga va Avstriyaga qarshi ko’p sonli urushlarda ishtirok etib o’zini ko’rsatgan Transilvaniya knyazlarining vorisi 25 yoshli Ferents Rakotsi (1676-1735) rahbarlik qildi. Rakotsi ismining o’zi mustaqillik uchun kurashning ramziga aylangan bo’lib, Rakotsining o’gay otasi Imre Tyokyoli va onasi Ilona Zrina ham avstriyaliklarga qarshi qurolli kurash olib borgan edilar.
Rakotsi 1703 yilda kurash olib borib, mamlakatning katta qismini avstriyaliklardan ozod qildi. Uning armiyasi 1704 yilda Avstriya chegarasiga etib kelib, Venaga xavf sola boshladi.
1705 yilda Rakotsi Davlat kengashini chaqirib, Gabsburglarni Vengriya konstitutsiyasini buzishda aybladi, Avstriya taxtiga Leopold I o’rniga kelgan imperator Iosif I ni qirol sifatida tan olishdan bosh tortdi. Rakotsi Vengriyaning hukmron knyazi deb e’lon qilindi. Fransiya Vengriyaga iqtisodiy tomondan faqat ramziy ma’noda yordam ko’rsatdi, ya’ni Rakotsining 70 ming kishilik armiyasidan faqat 5 ming askarga maosh to’lab turdi. Avstriya va uning ittifoqchilari bo’lgan Angliya va Gollandiya qo’shinlari fransuz-bavariya qo’shinlarini mag’lubiyatga uchratib, chekinishga majbur qildilar.
Rakotsi vengr milliy davlatini qurishga kirishdi. Muhim davlat ishlarini hal qilish uchun senat va iqtisodiy kengash joriy qilindi, milliy pul – mis tangalar zarb qilina boshlandi. Vengriya tarixida lotin tilida birinchi gazeta “Merkurius Veridikus” chiqa boshladi, Yangi maktablar ochildi, fan va san’at rivojlana boshladi. Lekin mamlakat va urush taqdirini hal qilishdagi asosiy narsaga – jamiyatning bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan ikki sinfini murosaga keltirib bo’lmadi. Rakotsi qaram dehqonlarning taqdirini yaxshilashga harakat qildi. 1708 yilda urush oxirigacha armiyada xizmat qilgan qaram dehqonlarni ozod qilish to’g’risida farmon chiqardi. Vengriya tarixida dvoryanlar birinchi marta soliqqa tortildilar.
Rakotsi mamlakat ichidagi siyosiy vaziyat yomonlashgan bir davrda kuchli ittifoqchi yordamiga muhtoj edi. Bunday sharoitda Rossiya ana Shunday ittifoqchi bo’la olardi. 1707 yilda knyaz Pyotr I ittifoq tuzdi, elchilar almashildi, knyaz rus-fransuz muzokaralarida vositachi bo’ldi. Lekin Rossiya bu vaqtda Shvetsiya bilan Shimoliy urushni olib borayotgan va turklarga qarshi kurashayotgani uchun o’z ittifoqchisiga amalda yordam bera olmadi. 1708 yilda boshlab Rakotsidan harbiy yutuqlar ham yuz o’gira boshladi. Yangi harbiy qismlar bilan o’z qo’shinini kuchaytirib olgan Avstriya Vengriyada birin-ketin g’alabaga erisha boshladi. Dvoryanlar ichida Avstriya bilan murosaga kelish kayfiyati kuchaydi. Rim papasi vengr dvoryanlaridan “qonuniy qirol” Iosif I ga bo’ysunishni talab qilib chiqdi. Rakotsi Pyotr I bilan uchrashish uchun Varshavaga jo’nab ketdi, armiyaga qo’mondonlik qilishni va vaqtni cho’zish uchun avstriyaliklar bilan muzokaralar olib borishni Shandor Karoyiga topshirdi. U esa Avstriya bilan Satmar sulhini tuzdi (1711 y) va vengrlarga qurollarni topshirishga buyruq berdi. Sulh shartlari bo’yicha Avstriya imperatori Vengriya konstitutsiyasini hurmat qilishga va din erkinligi joriy qilishga va’da berdi. Urush ishtirokchilari avf etildi.
Rakotsiga ham avf taklif etildi, lekin knyaz sharmandali avfdan ko’ra abadiy quvg’inlikni afzal ko’rdi. U Varshavadan Versalga jo’nadi, lekin fransuz qirolidan yordam ololmagach Turkiyaga jo’nab, umrining oxirigacha Shu erda yashadi. Vengriya o’z mustaqilligini qo’lga kirita olmadi, lekin Satmar sulhi Avstriyaga o’z mustabid hokimyatini Vengriyaga ham yoyishga to’sqinlik qildi. 1713-1714 yillardagi Utrext va Rashtat sulhlari bilan o’z yakuniga etgan Ispan urushi Avstriyaning Ispaniyani va ispan Amerikasini qo’lga kiritish umidini batamom yo’qqa chiqardi. Lekin, Gabsburglar Italiyada Sardiniya, Milan, Mantuya, Mirandolani, Ispan Niderlandiyasini (hozirgi Belgiya), Reynda bir qator hududlarni qo’lga kiritdi. Avstriya 1716-1718 yillarda Usmoniylar imperiyasidan Vengriya hududining so’nggi qismi bo’lgan Banatni, Shuningdek Serbiyaning Belgrad bilan birgalikdagi bir qismini, Bosniya va Valaxiyaning bir qismini tortib oldi. Bu bilan Avstriya Gabsburglari imperiyasi XVIII asr boshida o’zining butun tarixidagi eng katta hududlarga ega bo’ldi.
Lekin qirg’oqlarini Adriatika, O’rtaer va Shimoliy dengizlar yuvib turuvchi bu ulkan davlat ilgarigidek mo’rt birlashma bo’lib, uning birligini, mustahkamligini ta’minlaydigan umumiy boshqaruv tizimi ham, umumiy qonunchilik ham yo’q edi. Imperiyaning barcha qismlari o’z tabaqaviy tashkilotlari, o’z ana’nalari, qonunlari, urf-odatlari yordamida boshqarilardi. Ularni ba’zi vaqtlarda o’z boshqaruv apparatiga ega bo’lmagan Avstriyadan yuborilgan hokimlar boshqarardi.
Avstriyada ham Vengriyadagi kabi krepostnoylik munosabatlari – qishloqlarda krepostnoylik huquqi, shaharlarda tttsexlar hukmronlik qilardi. Avstriya-chexiya viloyatlari imperiyaning o’zagini tashkil qilib, bu yerlarda absolyutizmning markazlashish darajasi ancha yuqori edi. Bu yerlarda savdo va manufakturalar ancha rivojlangan bo’lib, davlat Chetga tovar chiqarishni rag’batlantirar edi.

Download 22.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling