4-mavzu: tog‘ jinslari va minerallar. Reja


Kristall moddalar haqida qisqacha ma’lumotlar


Download 487 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/17
Sana13.12.2022
Hajmi487 Kb.
#999074
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
4-Mavzu. Tog` jinslari va minеrallar

Kristall moddalar haqida qisqacha ma’lumotlar 
Barcha kristall moddalar, amorf moddalardan farqli o‘laroq, kristall 
panjaralar - material nuqtalar (atomlar, molekulalar, ionlar va ularning guruhlari) 
fazoda aniq geometrik qonuniy o‘rinni egallagan bir jinsli cheksiz vektorial 
qurilmalari bilan ifodalangan qonuniy ichki tuzilishga ega. Material nuqtalarning 
joylashish o‘rni kristall panjara tugunlari deyiladi. Bir to‘g‘ri chiziqda yotuvchi va 
davriy ravishda teng oraliqlarda takrorlanuvchi tugunlar majmuasi qatorlarni 
tashkil etadi, bir tekislikda yotuvchi qatorlar majmuasi esa kristall panjaraning 
yassi to‘rini hosil qiladi. 
Kristall panjaralar o‘zining strukturasi bo‘yicha juda xilma-xil bo‘lib, bu 
ularning tarkibidagi material zarralar, ularning o‘lchamlari, bir-biri bilan aloqasi, 
yaqin atrofi (koordinatsiya) bilan bog‘liq.
Barcha kristall moddalar qonuniy ichki tuzilishi natijasi hisoblanuvchi bir 
qator xossalarga ega. Ulardan biri - anizotroplik yoki turli yo‘nalishlarda bir xil 
bo‘lmaslikdir (odatda har doim izotrop bo‘lgan amorf jismlardan farqli o‘laroq). 
Ikkinchisi - birjinsliligi - bir xil kristall moddalarning har qanday mayda zarralari 
bir xil xossalarga (parallel yo‘nalishlar bo‘yicha) egaligi bilan ifodalanadi. Ammo 
kristall moddalarning eng xarakterli xossasi bo‘lib ularning o‘z-o‘zidan tomonlar 
hosil qilish xususiyati, ya’ni erkin o‘sish sharoitlarida to‘g‘ri ko‘ptomonli 
shakllarni - kristallarni (yunoncha «kristallos» - muz) vujudga keltirishi 
hisoblanadi. 
Kristallar bilan batafsil kristallografiya fani shug‘ullanadi. Kristallarning 
sirti tekisliklar - tomonlar bilan chegaralangan bo‘lib, ular to‘g‘ri chiziqlar - 
qirralar bilan kesiladi. Qirralar kesishgan nuqtalar uchlarini tashkil etadi. 


Kristallarning tashqi shaklida kristall panjaralar tuzilishining qonuniyatlari aks 
etgan bo‘ladi, shuning uchun ham har bir kristall modda, shu jumladan har bir 
mineral ham o‘zi uchungina xarakterli bo‘lgan shaklga ega bo‘ladi. 
Kristallarning ichki tuzilish va tashqi shakli orasidagi bog‘liqlik 
kristallografiyaning asosiy qonunlaridan biri - burchaklar doimiyligi qonuni bilan 
ifodalangan bo‘lib, unga muvofiq bir xil moddaning barcha kristallarida tomonlari 
(va qirralari) orasidagi burchak doimiydir. 
Kristallarning eng xarakterli xususiyati bo‘lib ularning simmetriyasi 
sanaladi. Simmetriya (yunoncha - «mos o‘lchamlilik») tabiatda juda ham keng 
tarqalgan, ammo u faqat kristallar dunyosidagina yaqqol ifodalangan bo‘ladi. 
Kristallardagi simmetriya - bu figuralarning muayyan tomonlari, qirralari va 
burchaklarining qonuniy takrorlanishi, ya’ni ma’lum burchakka buralganda oldingi 
holatini egallashidir. Simmetriyani ta’riflash uchun simmetriya elementlari deb 
ataluvchi hayoliy obrazlardan - nuqtalar, to‘g‘ri chiziqlar, tekisliklardan 
foydalaniladi. 
Simmetriya markazi (S) - kristall ichidagi nuqta bo‘lib, u jism yuzasidagi 
barcha qarama-qarshi nuqtalarni tutashtiruvchi chiziqlarni teng ikkiga bo‘ladi. 
Kristallarda faqat bitta simmetriya markazi bo‘lishi mumkin, nosimmetrik 
shakllarda esa umuman bo‘lmaydi. 
Simmetriya o‘qi (L) - to‘g‘ri chiziq bo‘lib, uning atrofida kristall shakl 
aylantirilganda teng qismlari takrorlanadi, ya’ni u o‘z-o‘zining o‘rnini egallaydi. 
Shakl 360° ga burilganda o‘z-o‘zining o‘rnini olish soni simmetriya o‘qining 
tartibini belgilaydi. Kristallografiyada 2, 3, 4 va 6 tartibli simmetriya o‘qlari 
mavjud. 
Simmetriya tekisligi (R) - bu shaklni bir-biriga nisbatan kuzgudagi aksidek 
simmetrik teng ikki qismga bo‘luvchi hayoliy tekislikdir. 
Kristallarda simmetriya elementlari yakka yoki bir-biri bilan muayyan 
kombinatsiyada kuzatilishi mumkin. Bunda simmetriya elementlarining barcha 
xohlagan elementlarining to‘plami mavjud bo‘lmaydi. Simmetriya elementlarining 


ehtimoliy to‘plamini metematik tomondan keltirib chiqaruvchi bir qancha 
nazariyalar mavjud. 
Simmetriyaning yettita kristallografik tizimga yoki singoniyaga (yunoncha 
«o‘xshash burchakli»), singoniyalar esa o‘z navbatida toifalarga umumlashtiriladi.
Kristall moddalarning eng muhim xususiyati ularda polimorfizm va 
izomorfizm hodisasining rivojlanishida o‘z ifodasini topadi. 
Polimorfiz (yunoncha «poli» - ko‘p, «morfe» - shakl) deb tashqi sharoitlarga 
bog‘liq holda birikmalar va oddiy moddalarning turli strukturaviy shakllarda 
kristallanish xossasiga aytiladi. Mazkur kristall moddalarning muayyan bir tabiiy-
kimyoviy sharoitlarda barqaror bo‘gan xillari uning polimorf modifikatsiyasi 
deyiladi. 
Tabiiy mineral hosil bo‘lish sharoitlari juda xilma-xil bo‘lganligi sababli 
minerallar orasida polimorfizm ancha keng tarqalgan. Bunga yorqin misol bo‘lib 
uglerodning polimorf modifikatsiyalari - olmos va grafit sanaladi. Olmos odatda 
yuqori bosim sharoitlarida vujudga keladi va mustahkam kubik panjaraga ega 
bo‘ladi; past haroratlarda esa uglerod qatlamli geksagonal panjaraga ega grafit 
holida kristallanadi. Shu tufayli bir tarkibga ega bo‘lgan bu ikki mineral mutlaqo 
boshqa xossalarga ega. 
Bunga boshqa misol qilib FeS
2
ning - pirit (kubik) va markazit (rombik); 
SaSO
3
- kalsit (trigonal) va aragonit (rombik) va b. polimorf modifikatsiyalarini 
ko‘rsatish mumkin. Minerallarning kristallarini hosil qiluvchi strukturaviy birliklar 
muayyan sharoitlarda kristallokimyoviy xossalari bo‘yicha (o‘lchamlari, 
zaryadlari, kimyoviy bog‘lanish holati, koordinatsiyasi) ularga yaqin bo‘lgan 
boshqalari bilan o‘rin almashishi mumkin. Bu hodisa izomorfizm (yunoncha 
«izos» - teng, «morfe» - shakl) deb ataladi. 
Izomorfizm deganda minerallarning kristall panjaralarida atomlar, ionlar 
yoki ularning boshqa gruhlari tuzilishi o‘zgarmasdan turib o‘zaro o‘rin olish 
hodisasi tushuniladi. Bunda hosil bo‘luvchi moddalar o‘zgaruvchi tarkibga ega 
bo‘ladi va izomorf aralashma yoki qattiq eritma deyiladi. 


Qattiq minerallar yaqqol kristall holatdan tashqari faqat rentgenstrukturaviy 
tadqiqotlarda ko‘rish mumkin bo‘lgan yashirin kristalli tuzilishga ega bo‘lishi 
mumkin. Bunday minerallar odatda tabiiy kolloidlarning degidratatsiyasi va qayta 
kristallanishi tufayli vujudga keladi. Ularga limonit, xalsedon, opal, kaolinit misol 
bo‘laoladi. Amorf minerallar, ya’ni tartibli ichki tuzilishga ega bo‘lmaganlari 
ancha siyrak uchraydi va ularga ba’zi kvars shishalari kiradi. 

Download 487 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling