403-guruh talabasi Maxammadiyeva Sitora Savollar


Leksik va grammatik aktuallashtiruvchi vositalar


Download 52.21 Kb.
bet16/16
Sana22.11.2021
Hajmi52.21 Kb.
#176573
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Sintaksis. Sitora Maxammadiyeva

Leksik va grammatik aktuallashtiruvchi vositalar. Ma‘lum so’zshaklning aktuallashishida o’zbek tilidagi turli lug’aviy va grammatik shakllar ham ishtirok etadi. Bu vositalar mantiqiy urguli so’zshakl bilan kelib, mantiqiy yordamchi aktuallashtiruvchi vosita hisoblanadi. Bularga faqat, yolg’iz, hatto, o’zi so’zlari va -gina, -oq , -yoq qo’shimchalari kiradi.

Hatto Javohir o’qidi.

Sarvar ham keldi.

Asliddin ham o’qidi, ham yozdi.

Men o’zim aytaman.

SHerzodning o’zigina tushunadi.



Bu lug’aviy-grammatik vosita bilan kelgan bo’lak mantiqiy urg’u olib aktuallashadi - remaga aylanadi.

Kommunikativ bo’linmas gaplar. Har qanday gap ham tema - rematik bo’linishga ega bo’lavermaydi. Shunday ko’rinishdagi gaplar ham borki, ularni kommunikativ bo’linmas gaplar deyish mumkin. Bunday gaplarda tema (ma‘lum axborot) bo’lmaydi. Gap butunicha remadangina iborat bo’ladi. Bunday gaplarning axborot vasifasi biror voqea-hodisaning mavjudligi yoki vujudga kelganligini ifodalashdan iborat bo’ladi. 1. Bugun stadionga boriladi. 2.Bahor. 3. Issiq boshlandi. 4. Tez tong otdi. 5. Rahmat. Kommunikativ yaxlitlik gaplarning ko’proq bir tarkibliligi bilan aloqador bo’ladi. Ikki tarkibli fe‘l kesimli gaplarda bu gap semantikasi bilan bog’langan bo’ladi. 1.Tong otdi. 2.SHom tushdi. Bunday gaplarning semantik strukturasi deyarli bir tarkibli gaplarga yaqinlashib qoladi.
Download 52.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling