5- mavzu: moliyaviy natijalar to’G’risidagi hisobot


Download 157.32 Kb.
bet2/5
Sana06.02.2023
Hajmi157.32 Kb.
#1171082
1   2   3   4   5
Bog'liq
4 мавзу масалалар

Daromadlar tarkibi

Xarajatlar tarkibi




  1. Mahsulot (tovar, ish va xizmat) larni sotishdan tushum.



Bevosita asosiy ishlab chiqarishdan olingan daromadlar
D-t 4010 “Olinadigan schyotlar”
K-t 9010 “Tayyor mahsulot sotishdan daromadlar”

9000 T




  1. Ishlab chiqarish xarajatlari

  1. Material xarajatlar

D-t 2010 “Asosiy ishlab chiqarish”
K-t 1010 “Materiallar”

  1. Mehnat xarajatlari

D-t 2010 “Asosiy ishlab chiqarish”
K-t 6710 “Mehnatga haq to’lash bo’yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar”

  1. Maqsadli davlat jamg’armalariga to’lovlar

D-t 2010 “Asosiy ishlab chiqarish”
K-t 6520 “Maqsadli davlat jamg’armalariga to’lovlar”

  1. Boshqa ishlab chiqarish xarajatlari D-t 2010 “Asosiy ishlab chiqarish"

K-t 1010,6710, 6520,6990 va hokazo.


Mahsulot ishlab chiqarilganda:
D-t 2810 “Tayyor mahsulot”
K-t 2010 “Asosiy ishlab chiqarish”


Mahsulot sotilganda:
D-t 9110 “Sotilgan tayyor mahsulot tannarxi”
K-t 2810 “Tayyor mahsulot”

2010 A
9100 T




  1. Asosiy faoliyatning boshqa daromadlari

D-t 5110 “Pul mablag’lari” K-t 9380 “Tekin qaytarilmaydigan moliyaviy yordam”
D-t 4820 “Operativ ijaradan olinadigan schyotlar” K-t 9350 “Operativ ijaradan daromadlar”

9300 T



2. Davr xarajatlari

  1. Sotish xarajatlari

  2. Ma’muriy xarajatlar

  3. Boshqa operatsion xarajatlar

D-t 9410, 9420, 9430
K-t 1010, 6710, 6520,6990, 0200, 0500 va hokazo.

9400 T




  1. Moliyaviy faoliyat daromadlari

D-t 4830, 4840, 4850, 4890
K-t 9500 “Moliyaviy faoliyat daromadlari”

9500 T



3. Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar
D-t 9600 “Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar”
K-t 6920, 6930, 6940

9600 T




  1. Favqulotda foydalar

D-t 1010 “Materiallar”
D-t 0100 “Asosiy vositalar”
K-t 9710 "Favqulotda foydalar”

9710 T



4. Favqulotdagi zararlar
D-t 9720 “Favqulotdagi zararlar”
K-t 2810 “Tayyor mahsulot”
K-t 2910 “Ombordagi tovarlar” va hokazo.

9720 T









5. Soliqlar bo’yicha xarajatlar
D-t 9800 “Foyda solig’i bo’yicha xarajatlar”
K-t 6410 “Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz”

9800 T



Yopuvchi o’tkazmalar
Shunday qilib ishlab chiqarish xarajatlaridan tashqari daromad va xarajatlarga ta’aluqli barcha schyotlar tranzit schyotlarda yig’iladi. Ishlab chiqarishga oid xarajatlar 2010-“Asosiy ishlab chiqarish” schyotida yig’ilib mahsulot tayyor bo’lib omborga topshirilganda 2810- “Tayyor mahsulot ” schyotiga o’tkaziladi, sotilgandan keyin esa 9110- “Sotilgan tayyor mahsulotning tannarxi” tranzit schyotiga o’tkaziladi.

Har bir hisobot davrning, odatda har oyning oxirida, tranzit schyotlar yopiladi va ularning qoldiqlari balansga o’tkaziladi. Bu ish schyotlarining qoldiqlarini davriy ko’chirish (tozalash) yo’li bilan yopuvchi o’tkazmalar orqali amalga oshiriladi.
Yopuvchi o’tkazmalar ikki maqsadni ko’zlaydi:

  • Sof foyda yoki zararni aniqlash va uni “Taqsimlanmagan foyda”ga o’tkazish;

  • Keyingi hisobot davrini boshlash uchun, har bir vaqtinchalik schyot bo’yicha nolga teng qoldiqni qoldirish.

Buxgalteriya balansi (aktivlar, majburiyatlar va xususiy kapital) schyotlari davriy ravishda yopilmaydi, shuning uchun ular doimiy schyotlar deb ataladi. Doimiy schyotlar bo’yicha davr oxiridagi qoldiq keyingi davrning boshlang’ich qoldig’i sifatida o’tadi.


Schyotni yopish - bu ushbu schyot bo’yicha qoldiqni o’tkazma orqali boshqa schyotga o’tkazish demakdir. Masalan, kredit qoldig’iga ega bo’lgan schyotning (daromad schyoti singari) yopilishi mazkur schyotni debetlab tegishli schyotni kreditlash orqali amalga oshiriladi. Yopilish jarayonida kreditli qoldiq doimo boshqa schyotni kreditiga, debetli qoldiq esa boshqa schyotning debetiga o’tkaziladi. Yopiluvchi o’tkazmalar hisobot davrning oxirgi sanasida yoziladi va “Bosh kitob”ga kiritiladi.
Barcha tranzit schyotlar 9910 - “Yakuniy moliyaviy natija” schyotiga yopiladi. Ushbu schyotning debeti va kredita bo’yicha summalar bir biri bilan taqqoslanadi va farq “Taqsimlanmagan foyda” schyoti bilan yopiladi.
Dt 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyoti Kt



Xarajatlarga oid schyotlar

Daromadga oid schyotlar

D-t 9910

K-t 9100

D-t 9000

K-t 9910

D-t 9910

K-t 9400

D-t 9300

K-t 9910

D-t 9910

K-t 9600

D-t 9500

K-t 9910

D-t 9910

K-t 9720

D-t 9710

K-t 9910

D-t 9910

K-t 9800







Olingan sof foyda

Ko’rilgan zarar natijasi

D-t 9910

K-t 8710

D-t 8710

K-t 9910

Yopilish jarayoni yakunlangandan keyin barcha tranzit schyotlar qoldiqlari nolga tenglashtiriladi. Bundan keyin bu schyotlar yangi hisobot davrning daromad va xarajatlarini aks ettirish uchun tayyor bo’ladi. Balansda aks ettiriladigan schyotlar bo’yicha yakuniy qoldiq keyingi davr boshlang’ich qoldig’iga o’tkaziladi.



Download 157.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling