6- mavzu. Kichik biznes va tadbirkorlik subyektlariga xizmat ko'rsatuvchi bozor infratuzilmalari


O'zbekistonda soliq tizimi. Umumdavlat va mahalliy soliqlar


Download 27.22 Kb.
bet5/6
Sana02.04.2023
Hajmi27.22 Kb.
#1321913
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ahmadjon Hojibayev

4 O'zbekistonda soliq tizimi. Umumdavlat va mahalliy soliqlar.
Soliq yukini kamaytirishga qaratilgan soliq siyosati. Soliq siyosati - bu davlatning iqtisodiyotda mo'tadillik.va rivojlanishga erishishga qaratilgan soliqlar va soliqqa tortish sohasidagi chora tadbirlarni yig'indisidir. O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishib o'zining mustaqil soliq siyosatiga ega bo'lish imkoniyatiga ega bo'ldi.
Soliq siyosatini amalga oshirishda quyidagilarga ahamiyat berish lozim:
- soliq to'lovchilarning mulkiy ahvoli va oladigan daromadlarini hisobga oluvchi soliqqa tortishning umumbelgilangan va soddalashtirilgan tizimlaridan aniq sharoit talablaridan kelib chiqib samarali foydalanishga;
- soliqqa tortish amaliyotini takomillashtirishda barcha soliq to'lovchilarga bir xil talablar qo'yishni ta'minlash maqsadida soliqni universallashtirish lozimligini hisobga olishga;
- faqat bir marta soliqqa tortish talablaridan kelib chiqib mulkchilik shaklidan qat'iy nazar xo'jalik yuritishning tashkiliy- huquqiy me'yorlarini hisobga olishga;
- soliq stavkalarini belgilash va ularni daromad olish darajasiga qarab diversifikatsiyalashda, soliq imtiyozlarini mo'tadillashtirish tizimlarini ishlab chiqishga ilmiy yondashishga.
O'zbekiston Respublikasida soliq siyosati Soliq kodeksidan va soliqlar sohasida munosabatlarni boshqaruvchi boshqa qonunlar va qonunchilik hujjatlaridan kelib chiqib amalga oshiriladi.
O'zbekiston Respublikasi hududida quyidagi soliq yig'imlar amal qiladi:
- umumdavlat soliqlari
- mahalliy soliq va yig'imlar
Umumdavlat soliqlariga quyidagilar kiradi:
- yuridik shaxslardan olinadigan daromad foyda solig'i;
- jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i
- qo'shilgan qiymat solig'i
- aksiz solig'i
- yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq
- suv resusrlaridan foydalaganlik uchun soliq.
Mahalliy soliq va yig'imlarga quyidagilar kiradi:
- mol- mulk solig'i
- yer solig'i
- avtotransport vositalarini olib sotganlik uchun soliq
- savdo- sotiq qilish huquqi uchun yig'im shu jumladan, ayrim turdagi tovarlarni sotish huquqini beruvchi lisenziya yig'imlari
- yuridik shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanuvchi jismoniy shaxslarni ro'yxatga olganlik uchun yig'im
- avtotransport to'xtash joyidan foydalanganlik uchun yig'im
- obodonchilik ishlari uchun yig'im
- ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish uchun yig'im
- boshqa mahalliy ahamiyatga ega bo'lgan yig'imlar
Mahalliy soliq va yig'imlar mahalliy byudjetga o'tkaziladi.

Download 27.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling