6. Иқтисодиётда қўлланиладиган амалий дастурий маҳсулотлар. Iikt texnik ta’minoti nimalarni o’z ichiga oladi?


Download 30.37 Kb.
bet3/7
Sana03.02.2023
Hajmi30.37 Kb.
#1155405
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
baxo

Kompyuter qo’shimcha qurilmalari.

  • Printer - Printerlar kompyuterda olingan natijalarni va ma’lumotlarni bosmaga chiqarish uchun ishlatiladi. Printer yordamida matnlarni, grafiklarni, rasmlarni rangli va rangsiz ko’rinishda bosmaga chiqarish mumkin. Printerlar asosan uch xil bo’ladi: matritsali, purkovchi va lazerli.

  • Skaner - matn, grafika, tasvirlarni kompyuterga kiritishni avtomatlashtirish uchun xizmat qiluvchi qurilma.

  • Sichqoncha–kompyuterga axborotni kiritishning koordinatali qurilmasi hisoblanadi. Sichqoncha yordamida ma’lumotni kompyuterga kiritish tezlashtiriladi va kompyuter bilan foydalanuvchi muloqoti engillashtiriladi.

  • Modem (faks-modem)- Modem modulyatsiya, demodulyatsiya so’zlaridan olingan bolib, uzluksiz signallarni raqamli (modulyatsiya) va raqamli ma’lumotlarni uzluksiz (demodulyatsiya) signalga almashtirib beradigan qurilmadir. Uning asosiy vazifasi kompyuterlararo aloqani o’rnatishdir. U o’zining kommunikatsion programmalariga ega bo’lib, bu programmalar yordamida uzoq masofalarga ma’lumotlarni uzatishi va qabul qilishi mumkin. Modem ichki va tashqi bo’ladi.

  • 7. Apple” kompaniyasi qanday yangi planshet modelini yaratdi?

  • Apple” kompaniyasi qanday yangi planshet modelini yaratdiiPad (1-avlod) (/ˈaɪpædEYE-pad) — bu iPad planshetlar qatoridagi birinchi qurilma sifatida Apple Inc. tomonidan ishlab chiqilgan va sotilgan planshet kompyuter. Qurilmada Apple A4 SoC, 9,7 dyuymli sensorli displey[6] va ayrim variantlarda uyali tarmoqlarga ulanish imkoniyati mavjud. IOS operatsion tizimidan foydalangan holda iPad musiqa tinglashi, elektron pochta xabarlarini yuborilishi va qabul qilishi hamda internetga ulanishi mumkin. Oʻyin oʻynash va maʼlumotnomalarga kirish, GPS navigatsiya dasturi va ijtimoiy tarmoq xizmatlarini oʻz ichiga olgan boshqa funksiyalar ilovalarni yuklab olish orqali yoqilishi mumkin.

  • Qurilma 2010-yil 27-yanvarda Stiv Jobs tomonidan Apple matbuot anjumanida eʻlon qilingan va taqdim etilgan. 2010-yil 3-aprelda qurilmaning Wi-Fi varianti AQShda sotuvga chiqarildi, keyin esa 30-aprelda „Wi-Fi + 3G“ varianti chiqdi. 2010-yil 28-mayda u Avstraliya, Kanada, Fransiya, Yaponiya, Italiya, Germaniya, Ispaniya, Shveytsariya va Buyuk Britaniyada sotuvga chiqarildi.

  • Qurilma turli texnologik bloglar va nashrlardan ijobiy sharhlar oldi. Sharhlovchilar qurilmani keng koʻlamli imkoniyatlari uchun yuqori baholadilar va uni noutbuklar va netbuklar uchun raqobatchi sifatida belgiladilar. Baʻzi jihatlar, jumladan, operatsion tizimning yopiqligi va Adobe Flash multimedia formatini qoʻllab-quvvatlamasligi tanqid qilindi. Dastlabki 80 kun ichida 3 million iPad sotilgan. IPadning ishga tushirilishi bilan, Apple 15 milliondan ortiq iPad sotgan edi.

  • 2011-yil 2-martda birinchi avlod iPad Apple kompaniyasining iPad haqida eʼlon qilishidan soʻng ishlab chiqarish toʻxtatildi. Birinchi iPad-ning qolgan zaxiralari vaqtinchalik Appleʼdan arzonlashtirilgan narxda sotuvga chiqarildi[7][8].

  • 8. Qanday zamonaviv smartfonlar va planshetlarni bilasiz?

  • Vaha kazo

  • 9.Mamlakatimizda zamonaviy texnik vositalarning rivojlanishi to‘g‘risida qanday qarorlar qabul qilindan?

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 26-martdagi PF-6196-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, ichki ishlar organlarining faoliyatiga raqamli va axborot texnologiyalarini faol joriy etish, aholiga elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifatini oshirish, byurokratik to‘siq va g‘ovlarga yo‘l qo‘ymaslik hamda idoralararo elektron hamkorlikni kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

  • 1. 2022-yil 1-martdan boshlab shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra:

  • a) quyidagi xizmatlar O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron shaklda ko‘rsatiladi:

  • O‘zbekiston Respublikasiga chet davlat fuqarosini taklif qilish;

  • chet davlat hududida O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini tasdiqlash bo‘yicha tegishli hujjatlar va ma’lumotnomalar olish;

  • sudlanganlik (sudlanmaganlik) haqidagi ma’lumotlar olish;

  • avtotransport vositalarida taqiq mavjudligini tekshirish;

  • jazoni ijro etish muassasalari va manzil koloniyalarda saqlanayotganlarni ularning yaqin qarindoshlari bilan uchrashuv vaqtini belgilash.

  • b) haydovchining yo‘l-patrul xizmati inspektoriga taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlari yonida bo‘lmagan taqdirda mazkur hujjatlar maxsus planshet qurilmasi yordamida identifikatsiya ID-kartasi orqali tekshiriladi.

  • Bunda, identifikatsiya ID-kartaga ega fuqarolarga tegishli transport vositasi haydovchisidan yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi, transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazganlik to‘g‘risidagi, transport vositasiga egalik qilish, egasi yo‘qligida undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisini talab qilish amaliyoti bekor qilinadi.

  • 2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Sug‘urta to‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi 2022-yil 1-fevralga qadar:

  • sug‘urta tashkilotlari tomonidan sug‘urta shartnomalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning yagona axborot tizimiga to‘liq kiritilishini ta’minlasin;

  • yangi sug‘urta polisini yagona axborot tizimiga ma’lumotlarni to‘liq kiritmasdan turib shakllantirish imkoniyatini cheklasin.

  • 3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tizimiga axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi (keyingi o‘rinlarda — chora-tadbirlar dasturi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

  • ichki ishlar organlari faoliyatiga zamonaviy raqamli va axborot texnologiyalarini joriy etishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;

  • ichki ishlar organlaridagi raqamli infratuzilmasini rivojlantirish, mavjud tizimlarni modernizatsiya qilish, idoraviy axborot tizimlari va ma’lumot bazalarini o‘zaro integratsiya qilish;

  • axborot va kiberxavfsizlikni ta’minlash, ma’lumotlarni xavfsiz uzatish uchun korporativ tarmoqni yaratish hamda ma’lumotlarni qayta ishlash va saqlash markazini rivojlantirish;

  • ichki ishlar organlari tomonidan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarini elektron shaklga o‘tkazish, mobil texnologiyalarni qo‘llagan holda aholi bilan elektron hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;

  • ichki ishlar organlarida qog‘oz ko‘rinishidagi ish yurituvidan bosqichma-bosqich to‘liq voz kechish hamda himoyalangan elektron hujjat aylanishi tizimini joriy etish.

  • Belgilansinki, chora-tadbirlar dasturidagi loyihalar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga ajratiladigan Davlat budjeti mablag‘lari, vazirlikning budjetdan tashqari mablag‘lari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.

  • 4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining ichki ishlar organlari xodimlari uchun zamonaviy raqamli va axborot texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha shartnoma asosida malaka oshirish o‘quv kurslarini tashkil etuvchi oliy ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlarni 2-ilovaga muvofiq ro‘yxat asosida biriktirish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.

  • Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq ichki ishlar organlari xodimlarini zamonaviy raqamli va axborot texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha o‘qitish dasturlari va o‘quv grafiklari har yili 1-avgustga qadar ichki ishlar boshqarmalari kesimida tasdiqlanadi.

  • 5. Ichki ishlar organlarida raqamli va axborot texnologiyalarini keng joriy etish uchun mas’ul etib Ichki ishlar vazirligi huzuridagi “Innovatsiya loyihalari va aholiga servis xizmatlari ko‘rsatish markazi” davlat unitar korxonasi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) belgilansin.

  • Markazga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatilsin:

  • ichki ishlar organlari faoliyatiga raqamli axborot texnologiyalarini joriy etishda yagona texnologik yondashuvni ta’minlash;

  • ichki ishlar organlarining raqamli infratuzilmani ishlab chiqish, joriy etish va qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarining o‘zaro integratsiyasini ta’minlash;

  • ichki ishlar organlari tomonidan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarini bosqichma-bosqich to‘liq elektron shaklga o‘tkazish;

  • ichki ishlar organlarining telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va texnik qo‘llab-quvvatlash;

  • ichki ishlar organlarining biznes jarayon va IT-reinjiniringini rivojlantirish va ushbu yo‘nalishda xalqaro tajribani tatbiq etish.

  • 6. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bir oy muddatda Markazga yuklatilayotgan qo‘shimcha vazifalarni hisobga olib, uning yangilangan ustavi, tuzilmasi va shtat jadvali tasdiqlanishi hamda axborot texnologiyalari yo‘nalishidagi malakali kadrlar bilan to‘ldirilishini ta’minlasin.

  • 7. Davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan elektron hamkorlik orqali axborot almashinuvini samarali tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi axborot tizimlarini vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning axborot tizimlari hamda ma’lumotlar bazalari bilan integratsiya qilish bo‘yicha reja-jadval 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

  • 8. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari N.S. Turaxodjayev ichki ishlar organlarida raqamli texnologiyalarni joriy etish hamda ushbu qarorda nazarda tutilgan loyiha va tadbirlar sifatli va to‘liq bajarilishini ta’minlash uchun shaxsan mas’ul etib belgilansin.

  • 9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i O.M. Umarov va ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.


  • Download 30.37 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling