6-laboratoriya ishi Elektr va pnevmo manba tizimlarini loyihalash (2-soat). Ishning maqsadi
Pnevmatik manba tizimini loyixalash
Download 0.6 Mb.
|
btl 6 lab
Pnevmatik manba tizimini loyixalash
Pnevmamanba tizimiga pnevmatik manba beruvchi qurilma, xavo yig‘uvchi idishlar, taqsimlash kollektorlari, kollektorlar va pnevmo qabul qiluvchilarni ulovchi xavo yuruvchi trubkalar, bosim reduktorlari, filtrlar manometrlar, berkituvchi va ochib yozuvchi armaturalar kiradi. Pnevmatik manbani ishonchli va aniq ishlashi xavo sifatiga bog‘liq. Shuning uchun u oldindan xavoni quritish va tozalash qurilmasida tozalanib, quritiladi. Pnevmatik manba tizimini loyixalash uchun pnevmo qabul qiluvchilar manbasi uchun kerak bo‘lgan xavo sarfini hisoblash kerak bo‘ladi. Xar xil pnevmatik o‘lchov asboblari uchun kerakli bo‘lgan xavoning naminal sarfi bo‘yicha ma’lumotlar spravochniklarda, hamda o‘lchov asboblarini ishlab chiquvchi zavodlar tayyorlagan instruksiyalarda keltiriladi. Pnevmatik xavo manba sifatida xar xil konstruksiyali kompressorlar ishlatiladi. Kontrol o‘lchov asboblari (KIP) ishlatadigan xavoga qator talablar qo‘yiladi: -xavo quruq bo‘lishi kerak; -xavo xar xil mexanik zarrachalardan tozalangan bo‘lishi kerak; -xavo yog‘ tomchilaridan (zarrachalaridan) tozalangan bo‘lishi kerak. O‘lchov asboblarini qanday temperaturada ishlatilayotganligiga qarab, shudring tushish temperaturasini hisobga olib, pnevmomanba tizimidagi bosim aniqlanadi. +500Sdan 50S gacha temperaturada bosim 0,25MPa; +500Sdan 300Sgacha temperaturada bosim 0,4MPa; +500Sdan -500S gacha temperaturada bosim 0,6MPa bo‘lishi kerak. Odatda, pnevmatika kollektorlaridagi bosim bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi bosim rostlagichlari yordamida rostlanadi. Xavo tizimida bosimni ushlab turish uchun va tizimda ma’lum miqdorda siqilgan xavo zaxirasi bo‘lishi uchun resiverlar ishlatiladi. Pnevmomanba tarmog‘i kofigurasiyasi xavo yuradigan trubkalar uzunligini eng kichik qiymatini ta’minlashi kerak. Xavo yuradigan trubkalar konfigurasiyasi rodial va magistral-aylanma bo‘lishi mumkin va u pnevmo qabul qiluvchilar joylashishiga bog‘liq. Pnevmo qabul qiluvchilarni taqsimlash-kollektorlariga ulanishning individual, gruppali va markazlashgan usullari mavjud. Individual usulda xar bir kollektordan chiqayotgan tarmoqga berkituvchi organ, xavo filtri, reduktor va nazorat manometri o‘rnatiladi. Gruppali usulda kollektordan chiqayotgan tarmoqga bir nechta pnevma qabul qiluvchilar ulanishi mumkin, agar ularga ishlatiladigan xavo xajmi pnevmoqabul qiluvchilarning hammasi uchun yetarli bo‘lsa. Agar yaqin joylashgan pnevma qabul qiluvchilar 30 va undan ko‘p bo‘lsa, unda markazlashgan manbadan foydalanish mumkin. Bunda ikkita xavo reduktorga va filtrlari yordamida manba taqsimlash kollektoriga olib kelinadi. Xavo yuruvchi trubalar diametri 20mm dan kam bo‘lmasligi kerak. Kollektordan tarmoqlanayotgan trubkalar diametri 10mm dan kam bo‘lmasligi kerak. Pnevmomanba chizmasida shartli bosim va diametri ko‘rsatilgan xolda bosh sexning va gruppalarning taqsimlash kollektorlari, bosh kollektordan pnevmoqabul qiluvchilargacha xavo yo‘llari tarmog‘i (shartli diametrlari ko‘rsatilgan xolda), berkituvchi va ochib-yopuvchi apparatlar, reduktor filtr, xavo purkovchi shtuserlar va manometrlar ko‘rsatiladi. Pnevmo qabul qiluvchilar chizmada shartli ravishda jadval ko‘rinishida ko‘rsatilib, unda asboblarning spesifikasiya bo‘yicha pozisiyalari, turi, xavoning nominal sarfi va o‘rnatilish joyi ko‘rsatiladi. Avtomatlashtirish vositalarining pnevmomanba tizimini loyihalashni bajarishga misol: Rasm 3.4. Pnevmatik manba tizimini loyixalash uchun pnevmo qabul qiluvchilar manbasi uchun kerak bo‘lgan xavo sarfini hisoblab chiqiladi. Quritish va tozalash qurilmasida tozalanib, quritilgan xavo korxonaning bosh kollektoriga beriladi. Korxonaning bosh kollektori diametri 50 mm, undagi xavo bosimi 0,7 MPa. Undan KIP xavosi ignasimon ventillar orqali sex kollektorlariga taqsimlanadi. Sex kollektorlari diametri 40 mm. Sex kollektorlaridan KIP xavosi istimolchi avtomatlashtirish vositalariga reduktor, filtr va manometr orqali 0,14 MPa bosimda tarqatiladi. Chizmaning pastki qismidagi turtburchaklarning tepa, birinchi qatoridagi kataklarda istimolchilarning avtomatlashtirishning funksional chizmasidagi pozisiya raqamlari ko‘rsatiladi, ikkinchi qatorda avtomatlashtirish vositalarining tiplari keltiriladi, uchinchi qatorda ularga beriladigan xavoning nominal sarfi, va to‘rtinchi qatorda istimolchilarning qayerda joylashgani ko‘rsatiladi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling