6-variant Yuridik va jismoniy shaxslar pul mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha passiv operatsiyalar
Valyuta tizimi va uning rivojlanish bosqichlari
Download 35.75 Kb.
|
6-v
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi jahon urushi va undan keyingi davr (1914 -1926 y .)
Valyuta tizimi va uning rivojlanish bosqichlari.
Klassik oltin standarti (1815 -1914 y.) Jahon sivilizatsiyasining asrlar davomida rivojlanishi, dunyodagi turli mamlakatlar ijtimoiy-iqtisodiy hayot tarziga turlicha ta’sir ko'rsatdi. Shu nuqtai nazardan XIX asrni tom ma’noda g'arb sivilizatsiyasining oltin asri yoki klassik oltin standarti hukmronligi asri deyishimiz mumkin. Bu davrda muomalada oltin bilan birga kumush ham tolov vositasini bajargan, lekin mamlakatlar o'rtasidagi hisob- kitoblar oltinda amalga oshirilar va jahon mamlakatlari iqtisodiyoti oltin standarti ostida birlashgan edi. Mamlakatda amal qilgan milliy valyutalar (dollar, funt, frank va h.k.) esa, faqatgina belgilangan oltin qiymatini olchov birligi bolib xizmat qilgan. Masalan, dollaming nomlanishi - 1/20 unsiya og'irlikka teng bolgan oltinni anglatgan, funt sterling nomi esa - oltinning j unsiya oglrligini anglatgan. Shundan kelib chiqib, ayirboshlash kurslari davlat ishtirokisiz qat’iy belgilangan baholarda amalga oshirilgan. Mamlakat milliy valyutalari olchov birligiga bogliq ravishda bir-biriga doimo mos kelgan. Ya’ni, 1 funt (olchov birligi) doimo 16 unsiyaga, xuddi shunday 1 funt sterling (oltin olchov birligi) 4,86 dollarga teng bo’lgan. O'z davrida davlatning oltin standarti pul tizimini mustaqil amal qilishiga aralashuvi, uning samaradorligiga salbiy ta’sir qilgan va ushbu pul tizimining mukammalligidan qat’iy nazar inflyatsiya, retsessiya natijasida iqtisodiy siklning izidan chiqish holatlari yuz bergan. Oltin tangalami zarb etish ustidan davlat nazoratini o'matilishi, qonuniy tolov vositalarining davlat tomonidan belgilab qo’yilganligi, qog'oz pullami joriy etilishi va inflyatsiyani ragljatlantirilishi kabi yo'nalishlar orqali davlat erkin pul bozorini boshqarishga harakat qilgan. Davlatning pul muomalasiga ta’sir etish choralarini joriy etilishiga qaramay, ushbu sohadagi o'zgarishlar asosan bozor talabidan kelib chiqib amalga oshirilgan. Birinchi jahon urushi va undan keyingi davr (1914 -1926 y .) Klassik oltin standarti pul tizimi mukammal bolib, hozirgi kungacha insonlar undan samaraliroq va qulayroq pul tizimini o“ylab topa olishmagan. O'z navbatida “Agar oltin standarti mukammal amal qilgan bolsa, nima uchun muomaladan yo'qoldi degan savol tug'iladi.” Buning asosiy sababi, davlatning pul tizimiga aralashuvining ortishi va banklaming o'z majburiyatlarini toliq bajarmasligi oqibatida pul tizimining izdan chiqishidir. Birinchi jahon urushi natijasida urushda ishtirok etgan barcha davlatlarda xarajatlaming oshishi natijasida pul taklifini haddan ziyod ko'paytirishga majbur boldilar. O'zaro urushda ishtirok etayotgan mamlakatlarda inflyatsiya darajasi shu darajada yuqori ediki, ular xarajatlami qoplash maqsadida emissiya qilingan qog'oz pullar oltin va boshqa qimmatbaho metallar bilan ta’minlanmagan edi. Shu tariqa ushbu davlatlar oltin standartidan voz kechdilar va o'zlarini bankrot deb elon qildilar. Urushda ishtirok etgan davlatlar ichidan faqatgina AQShda dollaming taklifi belgilangan me’yoridan orttirilmadi. O'z vaqtida boshqa davlatlarda devalvatsiyaning ortishi, o'zaro turli valyutaviy to'siqlaming yuzaga kelishi, bojxona tariflari va kvotalarining joriy qilinishi natijasida xalqaro savdo va investitsiya faoliyati izdan chiqdi, bu esa mamlakat pul tizimiga jiddiy salbiy ta’sir ko'rsatdi. Inflyatsiya oqibatida Angliya funti, Fransiya franki, Germaniya markasi oltinga nisbatan qadrsizlandi. Bu hoi keyinchalik dollaming ham oltinga nisbatan kursini tushishiga olib keldi. Ushbu vaziyatda dunyo pul tizimi inqirozga uchragan va dunyoning yetakchi ekspertlari va siyosatchilari iqtisodiy barqarorlikni ta’minlovchi oltin standartiga qaytish ustida bosh qotirayotgan edi. Download 35.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling