6-variant Yuridik va jismoniy shaxslar pul mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha passiv operatsiyalar


Download 35.75 Kb.
bet1/5
Sana03.01.2023
Hajmi35.75 Kb.
#1076089
  1   2   3   4   5
Bog'liq
6-v


6-variant

  1. Yuridik va jismoniy shaxslar pul mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha passiv operatsiyalar.

Tijorat banklari asosan jamiyatdagi vaqtinchalik bo'sh pul mablaglami jalb qilish va ushbu mablaglami tegishli maqsadlarga joylashtirish orqali tegishli foydani shakllantiradi. Banklaming vaqtinchalik bo'sh pul mablaglarini jalb qilish bilan bogliq operatsiyalari passiv operatsiyalar hisoblanadi. Banklaming passiv operatsiyalari tegishli xarajatlar evaziga amalga oshirladi.
Demak, tijorat banklari passiv operatsiyalari natijasida moliyaviy resurslami shakllantiradi. Resurslar ikkita yirik manba: jalb qilingan mablaglar va o‘z mablaglaridan iborat. Resurslar bank balansining passivida hisobga olib boriladi. Tijorat banklari balansi passivining asosiy ulushini majburiyatlar (jalb qilingan mablaglar) tashkil etib, ular jami bank resurslari tarkibida 85-90 foizdan iborat boladi.
Majburiyatlarni muddati va vujudga kelish manbasiga qarab: barqaror va beqaror mablaglarga, ular uchun tolanadigan xarajatlar miqdoridan kelib chiqib: arzon va qimmat mablaglarga ajratish mumkin.
Jalb qilingan mablaglaming manbasi: Depozitlar:- chaqirib olinguncha saqlanadigan depozitlar;- muddatli depozitlar;- jamg'arma depozitlar.
Xalqaro bank amaliyotida bank resurslari tarkibida depozit mablaglar, ayniqsa muddatli depozitlar asosiy ulushni tashkil etadi. Bank resurslari tarkibida muddatli depozitlar ulushining yuqoriligi banklaming moliyaviy barqarorligini mustahkamlashga va tolovga layoqatliligini ta’minlashga bevosita ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.Ta’kidlash lozimki, respublikamiz tijorat banklari resurslari tarkibida muddatli mablaglaming ulushi o‘sib borish tendentsiyasiga ega bolib, ushbu koYsatkich 2001 yil 1 yanvar holatiga taxminan 7 - 8 foizni tashkil etgani holda, 2008 yil 1 yanvar holatiga 17 foizga, 2018 yil 1 yanvar holatiga 30 - 35 foizni tashkil etgan.
Depozitsiz mablaglar:- banklararo kredit resurslari;- hukumat hisobvaraqlaridagi vaqtincha bo'sh mablaglar;- tijorat banklaridan olingan resurslar;- boshqa mablaglar.
Banklaming depozit bolmagan mablaglari tarkibida moliya bozoridan jalb qilingan banklararo kredit resurslari asosiy salmoqni egallaydi. Banklararo kreditlar asosan qisqa muddatli xarakterga ega bolib, odatda ushbu kreditlami berish va olish jarayoni o'zining tezkorligi bilan muhim ahamiyatga ega. Ushbu jarayon bo'yicha asosiy operatsiyalar banklaming vakillik hisobvaraqlari doirasida amalga oshiriladi. Ya’ni, tijorat banklari o'zaro kelishuvga erishganda mablaglar vakillik hisobvaraqlari orqali o'tkazib beriladi. Shu bilan birga, ushbu kreditlar tijorat banklari uchun nisbatan arzon va muddati jihatidan «uzun» mablaglar hisoblanadi. Xalqaro bank amaliyotida banklaming depozit bolmagan resurslari tarkibida asosiy yirik manbalardan biri qimmatli qog'ozlar hisoblanadi. Banklar moliyaviy resurslami shakllantirish maqsadida aksiya, obligatsiya, depozit va jamg'arma sertifikatlami muomalaga chiqaradi. Shuningdek, tijorat banklari uzoq muddatli resurslarini shakllantirishda ipoteka va subordinar qimmatli qog'ozlari muhim o'rin tutadi. Banklaming qimmatli qog'ozlami muomalaga chiqarish orqali resurslami shakllantirish bilan bogliq operatsiyalarini ikkita guruhga ajratish maqsadga muvofiq.
Birinchi guruhga, tijorat banklari ustav va qo'shimcha kapitalini shakllantirish maqsadida aksiya va subordinar qimmatli qog'ozlami muomalaga chiqarish bo'yicha operatsiyalari, ikkinchi guruhga esa qisqa va uzoq muddatli resurslarga bolgan ehtiyojini qoplash uchun obligatsiya va ipoteka qimmatli qog'ozlari, depozit vajamg'arma sertifikatlari bilan bogliq operatsiyalari kiradi.
Tijorat banklari aksiyalari va sertifikatlaming bozor bahosi moliya bozoridagi mavjud talab va taklif asosida o'matiladi. Aksiya va sertifikatlaming nominal va bozor bahosi o'rtasidagi farq ijobiy yoki salbiy bolishi mumkin. Agar ushbu farq ijobiy bolsa, tijorat banklari moliyaviy jihatdan barqaror va raqobatbardosh ekanligidan dalolat beradi. Mazkur holat banklarning qimmatli qog'ozlar orqali resurslarini oshirishga ijobiy ta’sir ko'rsatadi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, tijorat banklariqimmatli qog'ozlar bozoridagi emitent, investor yoki vositachi sifatidagi ishtirokiga iqtisodiyotdagi inflyatsiyadarajasi bevosita ta’sir qiladi. Shu bois, banklar qimmatli qog'ozlar bozorida, ayniqsa emitent sifatida qatnashganida inflyatsiya darajasini inobatga olishi lozim.
Tijorat banklari mablaglari ikkinchi yirik manbasini ulaming kapitali tashkil etadi. Bank kapitali tarkibida ustav kapitalining tashkil topishi va barqarorligi jihatidan muhim moliyaviy manba bolib hisoblanadi.
O‘z mablag‘lari manbasi:- umumiy kapital
Asosiy (birinchi darajali) kapital:- ustav kapitali;- emission daromad;- maxsus zaxiralar;- taqsimlanmagan foyda.
Qo'shimcha (ikkinchi darajali) kapital:- joriy yilning sof foydasi;- qayta baholash zaxirasi;- subordinatsiyalashgan qarz majburiyatlari;- sho’ba korxonalarga qilingan quyilmalar.
Yuqoridan ko‘rinib turibdiki, tijorat banklari regulyativkapitali birinchi va ikkinchi darajali kapitaldan tashkil topadi. Iqtisodiy adabiyotlar, me’yoriy hujjatlar va Bazel andozalariga ko'ra birinchi darajali kapital asosiy kapital sifatida ham e’tirof etiladi. Tijorat banklari asosiy (birinchi darajali) kapitali xalqaro Bazel andozalariga asosan ustav kapitalining tolangan qismi, muddatsiz nekumulyativ imtiyozli aksiya- lar, emission daromad, sof foyda hisobidan shakllantirilgan zaxira summalari va otgan yillaming taqsimlanmagan foydasidan tashkil topadi.
Tijorat banklari ikkinchi darajali (qo'shimcha) kapitali kreditlardan ko'riladigan zararlami qoplashga moljallan- gan zaxiraning riskka tortilgan aktivlar miqdori 1,25 foizidan oshib ketmaydigan qismi, qayta baholash zaxirasi, subordinatsiyalashgan qarz majburiyatlari va konsolidatsiyalashgan sho’ba korxonalarini tashkil etish maqsadiga yo'naltirilgan qo'yilmalami o‘z ichiga oladi.
O'zbekiston tijorat banklari kapitalining tarkibi va uning etarliligiga qo’yilgan talablar Markaziy bankning 2015 yil 14 iyuldagi “Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoyiladigan talablar to‘g‘risida”gi Nizomi asosida tartibga solinadi. O'zbekiston tijorat banklari birinchi darajali kapitali tarkibiga xalqaro Bazel andozalaridan farqli olaroq, bankning ustav kapitalidagi valyuta qismiga teng bolgan valyuta aktivlarini qayta baholanish hisobiga tashkil etilgan devalvatsiya zaxirasi alohida manba sifatida e’tirof etiladi. Shuningdek, tijorat banklarining joriy yildagi sof foydasi ikkinchi darajali kapitali tarkibiga kiritilgan.Mazkur paragrafning poyonida talddlash mumkinki, tijorat banklari passiv operatsiyalari natijasida aktiv operatsiyalar uchun zarur bolgan resurslami shakllanti- radi, banklaming passiv operatsiyalari xarajatlami keltirib chiqaradi.




  1. Download 35.75 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling