6-variant Yuridik va jismoniy shaxslar pul mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha passiv operatsiyalar
Oltin quyma va oltin deviz standarti (1926 -1931 y.)
Download 35.75 Kb.
|
6-v
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ta’minlanmagan qog‘oz pullar(1931 -1945 y.)
Oltin quyma va oltin deviz standarti (1926 -1931 y.)
Birinchi jahon urushi natijasida jahon valyuta tizimi inqirozga uchragan edi. Urushdan keyingi davrga kelib, mamlakatlararo valyuta - pul tizimini yolga qo'yish maqsadida oltin standartini joriy qilishning imkoniyatlarini ко‘rib chiqish zaruriyatini yuzaga keltirdi. 0‘sha davrda yuzaga kelgan vaziyat shuni taqozo etar ediki, Yevropa mamlakatlari pullarini oltinga nisbatan qadrsizlanishidan kelib chiqib, valyuta kurslari oVtasidagi nisbatni pul taklifi va narxlar darajasiga bogliq ravishda qaytadan oVnatish kerak edi. Chunki, agar urushdan oldingi davrda funt sterling 4,86 dollarga teng bolgan oltin birligiga ayriboshlangan bolsa, urush so'ngida inflyatsiya oqibatida valyuta bozoridagi funt sterlingning kursi 3,50 dollargacha tushib ketdi. Boshqa davlatlami pullari ham shu tariqa qadrsizlangan edi. Shuning uchun Buyuk Britaniya oltin standartiga qaytadigan bolsa, funtning haqiqiy qiymati 3,50 dollar nisbatida belgilanishini talab etar edi. O'z navbatida oltin standarti amal qilishi uchun barcha davlatlar ushbu holatga rozi bolishi kerak edi. Lekin bu borada mamlakatlaming bir to'xtamga kelishi qiyin boldi. Masalan, Buyuk Britaniyaning kamchiligi shunda ediki, nafaqat oltin standartini qayta tiklash, balki funtning awal amalda bolgan 4,86 dollar darajadagi kursiga qaytarish edi. Yigirmanchi asming 20 yillarga kelib, Buyuk Britaniyada inflyatsiya va ishsizlik darajasi yuqori nuqtaga kelgan, mamlakat eksport hajmi ham tushib ketgan edi. Bu davrda boshqa Yevropa davlatlarida iqtisodiy o'sish kuzatilayotgan edi. Shuning uchun Buyuk Britaniyada qabul qilingan qarorlardan voz kechmagan holda yuzaga kelgan vaziyatdan chiqish muammosi ko‘ndalang turgan edi. Shu maqsadda 1922 yili Genuya shahrida bolib otgan konferensiyada Buyuk Britaniya yangi pul standarti bolgan oltindeviz standartini taklif qildi. Oltindeviz standartining alohida xususiyati shunda ediki, u uzoq muddat amal qilishi mumkin emas edi. Chunki ushbu moliyaviy piramidaning izdan chiqishi qochib bolmas haqiqat bolgan. AQSh, Fransiya va boshqa davlatlar iqtisodiyotida katta hajmda ta’minlanmagan Buyuk Britaniya funt sterlingi yiglldi. 1931 yilda Yevropa mamlakatlarida inflyatsiya darajasi yuqoriligidan Fransiya "qattiq pul" siyosatini olib bordi va Buyuk Britaniyadan iqtisodiyotda yigllgan funt sterling o'miga oltin ayirboshlashni talab qilishi Yevropa banklarini bankrot bolishiga olib keldi. Bu esa Buyuk Britaniyani butunlay oltin standartidan voz kechdi. Buning natijasida barcha Yevropa mamlakatlari o'zini bankrot deb elon qildilar. Ta’minlanmagan qog‘oz pullar(1931 -1945 y.) Birinchi jahon urushidan keyin amaldagi oltin standarti pul tizimi o'zining hususiyatini yo'qotib, davlatlar klassik oltin standartini saqlab qolish maqsadida turli choralami qolladi. Lekin yigirmanchi asrning 30 yillarida dunyo mamlakatlari iqtisodiyotida yuzaga kelgan moliyaviy tartibsizliklar oqibatida muomalada oltin standartini amal qilishini butunlay to'xtadi. Mamlakatlar iqtisodiyotidagi inqiroz tobora chuqurlashib, ishsizlik darajasi ortib bormoqda edi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda davlatlar o'z manfaatlarini himoya qilish maqsadida turli valyuta cheklovlarini o'matish, milliy valyutalami devalvatsiyalash, savdo va valyuta ustidan nazoratni kuchaytirish orqali o'zaro iqtisodiy va moliyaviy urush olib borishdi. Iqtisodiyotda to'g'ri va egri suzib yuruvchi valyuta kurslari yuzaga keldi92. Xalqaro savdo va investitsiyalami to*xtab qolishi natijasida o'zaro savdoni amalga oshirish uchun xukumatlar ishtirokida tuzilgan bitimga ko'ra tovarlar barter qilindi. AQSh davlat kotibi Kordell Xoll ushbu holatga izoh berib, “Ikkinchi jahon urushining asosiy sababi 30 yillarda yuzaga kelgan moliyaviy va iqtisodiy kelishmovchiliklar” - deya takidlagan edi. Download 35.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling