6-variant Yuridik va jismoniy shaxslar pul mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha passiv operatsiyalar


Bretton Vuds va yangi oltin deviz standarti (1945 -1968 y .)


Download 35.75 Kb.
bet4/5
Sana03.01.2023
Hajmi35.75 Kb.
#1076089
1   2   3   4   5
Bog'liq
6-v

Bretton Vuds va yangi oltin deviz standarti (1945 -1968 y .)
Ikkinchi jahon urushi tugagandan keyin AQSh tomonidan yangi pul tizimi taklif etildi. Uning qoidalari1944 yilda Nyu - Xemshir shtatining Bretton-Vuds shahrida bolib o'tgan xalqaro konferensiyada kelishildi va1945 yilning iyul oyida AQSh Kongressi tomonidan ratifikatsiya qilindi. Yangi amaliyotga kiritilgan Bretton - Vuds pul tizimining 1920 yillarda qabul qilingan oltindeviz standartidan farqli jihatlari ko'p emas edi. Shu nuqtai nazardan, ushbu pul tizimi ham kamchiliklardan holi emas va navbatdagi moliyaviy tartibsizliklami kelib chiqishiga tashlangan dastlabki qadam edi.
Bretton - Vuds pul tizimining eski oltindeviz standartidan amaldagi farqi shunda ediki, uning asosini ikki “tayanch valyuta”(funt va dollar) emas, balki yagona dollar tashkil etib, 35 dollar 1 unsiya oltingan tenglashtirilgan edi. Shu bilan birga, amaldagi tizimni 20 yillardagi oltindeviz standartidan farqli jihatlari, amerika fuqarolari dollardagi hisob-kitoblami oltin bilan so'ndirish imkoniyatining yo'qligi va dollardagi hisob-kitob qilish huquqi xorijiy davlatlar va banklarga berilganligini e’tirof etish lozim. Ya’ni, jahon pulini (oltin) dollar bilan so'ndirish vakolati faqat davlat organlariga berildi. Shu jihatdan Bretton - Vuds tizimi ham 1920 yillami oltindeviz standarti kabi moliyaviy piramida asosiga qurildi.
Ta’kidlash joizki, iqtisodiy qonunlami aylanib otish, AQSh inflyatsiyani hisobga olmagani kabi, mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy salbiy oqibatlarga olib keladi. Shu tariqa 1968 yilda Amerika tomonidan taklif etilgan “abadiy va buzilmas” Bretton - Vuds tizimi yemirila boshladi.
Bretton Vuds tizimining barham topishi(1968 -1971 y.)
Yevropada dollar massasining ortib borishi va AQShda oltin zaxiralarini kamayishi, London va Syurixdagi erkin oltin bozorlarida oltinning unsiyasi uchun belgilangan 35 dollar narxni ta’minlab turish AQShga qiyinchiliklar tug'dira boshladi. Mamlakatlar o'rtasida Bretton - Vuds tizimining qoidalari kelishilganda ushbu narx (oltinning bir unsiyasi uchun 35 dollar) butun tizimning asosini tashkil etgan.Amerika fuqarolariga 1934 yilda oltinga egalik qilish ta’qiqlangan bolib, boshqa davlat fuqarolari oltin quyma va oltin tangalarga qonuniy egalik qilishi mumkin bolgan. Ulaming dollami oltin bilan so'ndirish imkoniyati faqat erkin bozorda 35 dollarga sotish orqali amalga oshirilgan.
AQShning taklifiga asosan ikki pog'onali oltin bozorining yaratilishi, Bretton - Vuds tizimining faoliyat yuritish muddatini bir necha yilga cho'zishga xizmat qildi. Chunki, inflyatsiyaning o'sishi oqibatida Amerikaning tolov balansi kamomadi ortib, oltin zaxiralari qisqarib bordi. Yevropa Markaziy banklari hisobvaraqlarida esa, “yevrodollar”lar miqdori ortib bordi. O'z navbatida erkin oltin bozorida dollar massasini ortishi, oltin narxini ortishiga va dollarga bolgan ishonchsizlikni ortishiga olib keldi. Endilikda, oltinga egalik qilgan shaxslar, uni sotishdan voz kechayotgan edi. Bu o'z navbatida awaliga erkin oltin bozori faoliyatini, keyinchalik Bretton - Vuds tizimini batamom to'xtashiga olib keldi.

Download 35.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling