7 – mavzu: Jamiyat va inson falsafasi. Mavzu rejasi


Insonnning bioijtimoiy mohiyati


Download 109.6 Kb.
bet18/25
Sana06.04.2023
Hajmi109.6 Kb.
#1330444
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25
Bog'liq
7 мавзу Жамият ва инсон фалсафаси

Insonnning bioijtimoiy mohiyati. Falsafiy antropologiya yechadigan muhim muammolar orasida inson biologik va ijtimoiy mohiyatining o‘zaro nisbati to‘g‘risidagi masala alohida o‘rin egallaydi. Inson jonli tabiatning bir qismi, shuningdek biologik evolyusiya mahsuli ekanligi hozirgi zamon tabiatshunosligi fanida nafaqat olimlar va mutaxassislar, balki ma’rifatli odamlarning keng doirasi uchun ham aniq-ravshan va deyarli shak-shubhasiz dalilga aylandi. Har bir inson o‘z biologik xususiyatlari: genetik kodi, vazni, bo‘yi, mijozi, terisi va sochining rangi, yashash muddati va shu kabilarga ko‘ra betakrordir. Biroq ayni vaqtda inson ijtimoiy mavjudot ekanligi, uning o‘ziga xosligi va betakrorligi odamzotning ijtimoiy tabiati, u kamol topgan, ta’lim-tarbiya olgan, madaniy va axloqiy qadriyatlar va mo‘ljallarni o‘zlashtirgan ijtimoiy muhit bilan belgilanishi ham shak-shubhasizdir. Ayni shu sababli inson individi nafaqat biologik, balki ijtimoiy mavjudot sifatida ham o‘ziga xos xususiyat kasb etadi. Boshqacha aytganda, insonning kamol topishi jamiyatda va faqat jamiyatda yuz beradi. Hozirgi zamon falsafasi va fani insonni o‘rganishda uning yaxlit ijtimoiy-biologik mavjudot sifatidagi talqinidan kelib chiqadi.
Inson to‘g‘risidagi turli yondashuvlardan kelib chiqib unga quyidagicha ta’rif berish mumkin: Inson – ijtimoiy-tarixiy jarayonning, moddiy va ma’naviy madaniyat taraqqiyotining sub’ekti bo‘lib, hayotning boshqa sohalari bilan genetik bog‘langan, ammo o‘zining mehnat qurollari yaratish va ishlab chiqarish qobiliyati, til va ongga egaligi tufayli ajralib turadigan bioijtimoiy mavjudotdir.
«Shaxs» tushunchasi inson o‘z harakatlari va hissiyotlarining mas’ul sub’ekti sifatida amal qilishi mumkinligini, u o‘zi idrok etayotgan narsalarni anglashi va o‘z tashabbuslarining ahamiyatini tushunishini anglatadi. Hozirgi zamon falsafasining yo‘nalishlaridan biri – personalizm shaxsda kishilik taraqqiyotining eng muhim yutug‘ini va uning asosiy ma’nosini ko‘radi. Shaxs dunyoni o‘zlashtiruvchi o‘ziga xos betakror sub’ektivlikdir. U butun vujudi bilan barkamollikka intiladi va har tomonlama uyg‘un shaxslar jamiyatida yashashga haqlidir.
Falsafiy ma’noda shaxs – deganda o‘zining ijtimoiy shart-sharoitiga bog‘liq bo‘lgan va individual tarzda namoyon bo‘ladigan intellektual, emotsional va irodaviy sifatlariga ega bo‘lgan, o‘z hatti-harakati va faoliyatini anglay va boshqara oladigan konkret inson, alohida ijtimoiy individ tushuniladi. Shaxsni falsafiy tushunish inson mohiyatini ijtimoiy munosabatlar majmui deb ta’riflashga asoslanadi. Bundan, birinchidan, shaxs ijtimoiy munosabatlar tizimidagina shakllanadi, ikkinchidan, shaxsga xos sifatlar jamiyatning tarixan mavjud tuzumi bilan belgilanadi, degan xulosa kelib chiqadi.
Erkinlik va zaruriyat falsafiy kategoriyalar sifatida kishilarning faoliyati bilan tabiat va jamiyatning ob’ektiv qonunlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatni ifodalaydi. Bu kategoriyalarning ilmiy izohi birinchi marta gollandiyalik mutafakkir B.Spinoza tomonidan tahlil qilingan. Spinoza fikricha, erkinlik – anglab olingan zaruriyatdir. Zaruriyat esa tabiat va jamiyatdagi ob’ektiv qonuniyatlardir. Shunga ko‘ra, tarixiy zaruriyat tushunchasi tarixiy jarayonning ichki ob’ektiv qonuniyatini, jamiyatga xos ob’ektiv real tabiiy shart-sharoitlarni, ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlarni, moddiy-texnikaviy vositalarni anglatadi. Erkinlik esa ana shu tarixiy zaruriyatning kishilar, shaxs tomonidan anglab olinishi va o‘z faoliyatlarining maqsad va yo‘nalishini belgilab olish jarayonini anglatadi.

Download 109.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling