7- mavzu: Pol tuzilmalari va ashyolari. Pol konstruksiyalari. Iliqpollar. Pol konstruksiyalari


Download 1.99 Mb.
bet6/8
Sana18.06.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1576807
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
7.Maruza

97-rasm. Uzun igna tukli gilamlar
O‘rtacha tukli (tuk uzunligi 7 dan 12 mm gacha) tugunlari kesilgan gilamlar qurilish bozoriga Frantsiya (“Berri Taft”), Belgiya (“Bealie Viesbeke”, “Domo Tuft”, “Nelka”) va AQSh (“Bialie of Amerika”)dan keladi.
Bozor ma’lumotlariga ko‘ra, eng mashhurlari rang-barang dizayndagi frantsuz va belgiyalik firmalarning «Shervud» va «Komandor» (namat ustida) va «Kanariya» kollektsiyalari (sun’iy kanopda) gilamlari hisoblanadi. Qoplamalar haShamatli mehmonxona va shinam uy yotoqxonalari uchun mo‘ljallangan.
Ustki qatlamining zichligi 420-500 g / sm2 bo‘lgan mayda tukli (7 mm gacha) gilamlar Belgiya firmalari tomonidan taqdim etilmoqda. «Alyaska», «Persi», «Volga» va «Rio» kollektsiyalari to‘plamlari ushbu qoplamalar ichida eng ko‘p sotilayotgan gilamlar turkumiga kiritish mumkin. Ular kam tirbandlikdagi turar joy binolari uchun yaxshi samara beradi..
Xuddi shu Belgiya firmalari ichki bozorga turli balandlikdagi ilmoqli "Scroll" gilam qoplamalar to‘plamini yetkazib berishmoqda. Strukturaviy ta’svir- naqshlar hisobiga ilmoqlar bir-birining berkitmaydi. Skroll gilamlari bo‘yalgan iplardan sidirma rangli yoki bosma naqshli bo‘lishi mumkin. Ushbu kovrolinlar chidamliligi, mayinligi, kirlanishi deyarli bilinmasligi bilan ajralib turadi.. Eng mashhur Scroll to‘plamlari «Attila», «Veymer», «Kingston», «Malaga» va «Sonar» bo‘lib, ularning ustki qatlam zichligi 410 - 500 g / sm2 ga teng. Scrollsdan foydalanish universaldir - ular koridorda ham, yashash va bolalar xonalarida ham to‘shash mumkin.
Tukli qoplamalar singari kesilmagan ilmoqli gilamlari ham uch guruhga bo‘linadi.
Uzunligi teng kesilmagan ilmoqli gilamlarni qurilish bozoriga dunyodagi eng yirik ishlab chiqaruvchi «Berri taft», «Kondor Karpets» va «Bealie of Amerika» kompaniyalari yetkazib bermoqda. Agar tuklar balandligi va zichligi me’yorda bo‘lsa, qoplama mustahkam va jozibador ko‘rinishga ega bo‘ladi. Kalta, zich tuk tufayli ilmoqli gilamlar oson tozalanadi, kir va chang gilam ichkarisiga deyarli singmaydi va tuklari kesilgan gilamga qaraganda ko‘proq hizmat qiladi. Ushbu guruhdagi qoplamalar zamonaviy haShamatli me’monxonalar, qimmat ofislar, yotoq va bolalar xonalarida qo‘llaniladi.






Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling