7 Laboratoriya ishi Yong‘inga qarshi va tiklash poyezdlari va yordamchi lokomotivlar harakati Умумий қоидалар


«Peregonda ajrab qolgan vagonlarning turgan joyi ma’lum emas»


Download 45.78 Kb.
bet6/12
Sana09.06.2023
Hajmi45.78 Kb.
#1468317
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
7-laboratoriya

«Peregonda ajrab qolgan vagonlarning turgan joyi ma’lum emas».


Bunday ogohlantirish olgan yordam ko‘rsatuvchi lokomotiv mashinisti peregonda o‘ta ehtiyotkorlik bilan va to‘siq uchrasa darhol to‘xtashga tayyor holda harakatlanishi kerak.

ПОЕЗДНИ ПЕРЕГОНДАН ЖЎНАТИЛГАН СТАНЦИЯГА ҚАЙТИШИ



14. Peregonda to‘xtab qolgan poyezdning oldinga qarab harakatlanish imkoniyati bo‘lmasa va uni jo‘natilgan stansiyaga qaytishi zarur bo‘lsa, mashinist shaxsan, bosh konduktor yoki lokomotiv brigadasi xodimi orqali bu to‘g‘rida (yozma, telefon yoki radio aloqa orqali) stansiya navbatchisi yoki poyezd dispetcheriga xabar qilishi lozim.
Bunday xabarni olgandan so‘ng poyezd dispetcheri peregonni (peregonning tegishli yo‘lini) yopadi va poyezdni jo‘natilgan stansiyaga qaytish tartibini belgilaydi.


15. Odatda, poyezd peregondan yordamchi lokomotiv bilan qaytishi kerak.
Favqulotda holatlarda to‘xtab qolgan poyezd (yo‘lovchi poyezdidan tashqari) stansiyaning kirish signaligacha yoki "Stansiya chegarasi" signal belgisigacha tisarilishi mumkin. Bunday tisarilish poyezd dispetcherining buyrug‘i bilan peregon (yoki yo‘l) barcha poyezdlar harakati uchun yopilib, to‘xtab qolgan poyezd mashinistiga stansiya navbatchisining quyidagi shakldagi qayd etiluvchi buyrug‘i uzatilgandan so‘ng amalga oshiriladi:


«______ peregon (peregonning yo‘li) barcha poyezdlar harakati uchun yopiq. №_____ poyezdni kirish signaligacha (yoki "Stansiya chegarasi" signal belgisigacha) tisarishga ruxsat etiladi.
DSP _______________ (stansiyaning nomi va imzo)».


Radio aloqa yoki telefon aloqasi bo‘lmagan hollarda poyezd, peregon poyezd dispetcherining buyrug‘iga ko‘ra yopilgandan so‘ng, to‘xtab qolgan poyezd mashinistiga diagonali bo‘ylab qizil polosali oq rangli blankadagi ruxsatnoma (tashuvchi orqali) taqdim etilgandan so‘ng to‘xtatiladi.
Avtoblokirovka bilan jihozlangan peregonlarda poyezdni to‘xtatish mumkinligi xaqidagi buyruq yoki diagonali bo‘ylab qizil polosali ok blankadagi ruxsatnoma to‘xtab qolgan poyezdning mashinistiga, yo‘lning to‘xtab qolgan poyezd bilan kirish signaligacha (yoki "Stansiya chegarasi" signal belgisigacha) bo‘lgan uchastkasi boshqa poyezdlardan bo‘sh bo‘lsagina uzatilishi mumkin.
Avtoblokirovka bilan jihozlangan peregonda jo‘nab ketgan poyezd birinchi blok-uchastkani bo‘shatmasdan to‘xtab qolgan bo‘lsa, poyezd stansiya navbatchisining quyidagi ruxsatnomasiga binoan kirish signaligacha yoki "Stansiya chegarasi" signal belgisigacha peregonni yopmasdan tisarilishi mumkin:



Download 45.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling