7-mavzu. Alohida tartibda ish yuritish Alohida toifadagi ishlar tushunchasi va mohiyati


Bankrotlik to‘g‘risidagi ishlarning taalluqliligi


Download 30.89 Kb.
bet4/16
Sana18.06.2023
Hajmi30.89 Kb.
#1585346
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
7-мавзу.маъруза

Bankrotlik to‘g‘risidagi ishlarning taalluqliligi
Bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar faqat iqtisodiy sudlar tomonidan ko‘rib chiqiladi. Bu norma IPKning 25-moddasi birinchi qismiga mos keladi, unga ko‘ra bunday ishlarni ko‘rib chiqish iqtisodiy sudlarning vakolatiga tegishli, shunday ekan, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar va hakamlik sudlari qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizalarni o‘z ish yurituviga qabul qila olmaydilar.
Bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar qarzdor joylashgan yerdagi (yashash joyidagi) iqtisodiy sud tomonidan ko‘riladi va IPKning 37 va 38-moddalaridagi alohida va shartnoma bo‘yicha sudlovga tegishlilik to‘g‘risidagi normalari, shuningdek IPKning 29-moddasidagi nizolarni hakamlik sudlariga topshirish haqidagi normalari bankrotlik to‘g‘risidagi ishlarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Bankrotlik to‘g‘risidagi ish yuritishni qo‘zg‘atishning sharti talablar summasi, ya’ni qarzdor yuridik shaxsga nisbatan jami talablar eng kam ish haqi miqdorining kamida besh yuz karrasini, qarzdor – YTT va YTT maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsga nisbatan esa eng kam ish haqi miqdorining kamida o‘ttiz karrasini tashkil etadigan bo‘lsa, shuningdek uni uch oy ichida to‘lashga qobiliyati bo‘lmasa, hisoblanadi.
Qonun bankrotlik to‘g‘risidagi ishni qo‘zg‘atish uchun shartni aniqlashda belgilangan umumiy qoidadan istisno holatlarni nazarda tutadi. Bunday istisno holatlarga quyidagilar kiradi:
ishning qarzdor tashabbusi bilan qo‘zg‘atilishi, bu holda qarzning miqdori ahamiyatga ega emas;
shaharni tashkil etuvchi korxona hamda unga tenglashtirilgan korxona bankrotligi, bu holda qarz miqdori eng kam ish haqining kamida besh ming karrasi miqdorini tashkil etishi, qarzni to‘lay olmaslik muddati esa olti oy bo‘lishi kerak;
tugatilayotgan va hozir bo‘lmagan qarzdorni bankrotligi, bunda tugatish to‘g‘risida qaror chiqarilgan qarzdor yuridik shaxsning mol-mulki qiymati kreditorlarning talablarini qondirishi uchun yetarli bo‘lmasa, talab summasi miqdori va qarzni uzish muddatidan qat’i nazar bankrotlik tartibida tugatiladi.

Download 30.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling