Tadqiqot metodologiyasi


Download 226 Kb.
bet1/2
Sana24.01.2023
Hajmi226 Kb.
#1117493
  1   2
Bog'liq
Toshtemirov Muhammad BT70 Tadqiqot Metodologiya mAQOLA




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT FAKULTITETI
BIZNES TAHLIL TA’LIM YO’NALISHI
TADQIQOT METODOLOGIYASI ” FANIDAN


MAQOLA(BMI)


Qabul qildi: professor Mamatqulov Akram .


Bajardi: 1-kurs BT-70 guruh talabasi Toshtemirov Muhammad.
Toshkent- 2023
Mavzu: Korxona iqtisodiy nochorligini (bankrotligi) baholash va tahlil yo’nalishlari.
KIRISH
Ma’lumki , korxonalar doimo faoliyat yuritar ekan , bazida foyda bazida esa ziyon koradi.Bu jarayonda korxonalarning ziyon ko’rib to’lov qobilyatini amalga oshira olmasligi , bankrotlik deb ataladi. Biz bugungi maqolada koxona iqtisodiy nochorligini baholash va uning yo’nalishlarini ko’rib chiqamiz.
Kalit so’zlar . Bankrotlik, iqtisodiy nochorlik,NEP, moliyaviy va iqtisodiy omillar, bankrot deb baholanish, ichki va tashqi omillar, moliyaviy tiklanish.
1.Bankrotlik nima ? Bankrotlik, (italyancha — singan kursi),sinish — fuqaro, korxona, firma yoki bankning mablagʻi yetishmasligidan oʻz majburiyatlari boʻyicha qarzlarni toʻlashga qurbi yetmasligi; qarzdorning majburiyatlari mol-mulkidan oshib ketganligi sababli tovar (ishlar, xizmatlar)ga haq toʻlash yuzasidan kreditorlarning talablarini qondirishga qodir emasligi, shuningdek byudjetga va boshqa fondlarga majburiy toʻlovlarni taʼminlashga qodir emasligi tushuniladi. Bankrotlik, odatda, korxonaning yopilishiga olib keladi. Chunki qarz (kredit) beruvchining talabini qondirish uchun mol-mulkini sotishdan oʻzga chorasi qolmaydi. Bankrotga uchrashning sabablari tovar ishlab chiqarishda qiymati qonunning amal qilishi, raqobat va inflyatsiya bilan belgilanadi. Iqtisodiy inqirozlar davrida kasodga uchragan korxonalarning soni keskin oshib ketadi, uning oqibatida ishsizlik kuchayadi. Sobiq Ittifoq xalq xoʻjaligida Bankrotlik tushunchasi NEP(NEPning asosiy mazmuni qishloqda ortiqcha o'zlashtiruvlarni natura ko'rinishidagi soliq bilan almashtirish (ortiqcha o'zlashtirish paytida donning 70% gacha, 30% ga yaqini natura soliqlari bilan), bozordan foydalanish va turli xil soliqlardan iborat. mulkchilik shakllari, chet el kapitalini imtiyozlar shaklida jalb qilish, pul islohotini amalga oshirish (1922-1924), buning natijasida rubl konvertatsiya qilinadigan valyutaga aylandi).dan keyin isteʼmoldan chiqib ketgan edi, 1987yildan eʼtiboran korxonaning toʻlov qobiliyati yoʻqligi tushunchasi amaliyotga kiritildi. Bankrotlik amalda korxonaning byudjet, bank va mol yetkazib beruvchilar oldida oʻz majburiyatlarini bajarishga ojizligini bildiradi. Bankrot deb eʼlon qilingan korxonalarga nisbatan qator sanatsiya tadbirlari oʻtkaziladi, unga har tomonlama yordam koʻrsatiladi (soliqlardan ozod etiladi, qarzlarni toʻlash kechiktiriladi). Bozor iqtisodiyoti sharoitida bankrotga uchragan korxonalar boshqa korxonalarga sotiladi yoki qoʻshib yuboriladi, korxona jamoa aʼzolariga ijaraga beriladi va boshqa Korxonalar sudlar, xoʻjalik sudlari qarori bilan bankrot deb eʼlon qilinadi. Oʻzbekiston Respublikasida kreditorlarning daʼvolarini qondirish maqsadida xoʻjalik yuritish subʼyektlari boʻlmish yuridik va jismoniy shaxslarni bankrot boʻlgan deb eʼtirof etish shartlari va tartibi Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 5-mayda qabul qilingan "Bankrotlik toʻgʻrisida" Qonunida belgilab berilgan (bu qonun oʻz faoliyatini davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiradigan korxona, tashkilotlarga nisbatan tadbiq etilmaydi). Korxona iqtisodiy nochorligini baholash bosqchiga o’tishdan oldin bankrotlik siklini ko’rib o’tsak. Bankrotlik hayot sikli quyidagi bosqichlardan iboratdir.
1.Korxona tashkil topishi.
2. Korxona ish faoliiyatini boshlashi.
3.Oyoqqa turish va faoliyatni kengaytirish.
4. Rivojlanish.
5. Cho’kish, sinish davri.
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan bosqichlar, bankrotlik siklining bosqichlari edi. Birinchi bosqich ya’ni Korxona tashkil topishi va faoliyatini boshlash davrida yangi tovar bozorga tavsiya etiladi, tovarni bozor talabi kuzatilmaydi va sotish darajasi juda past bo‘ladi. Mazkur bosqichda ko‘proq tovar bilan tanishuvni ta’minlash lozim bo‘ladi.
Oyoqqa turish va faoliyatni kengaytirish” davrida korxonaning bozorga chiqishi va tovarlarni tavsiya etishi birozjonlanadi, sotish hajmi bir oz o‘sishiga erishiladi, shu bilan
birgalikda tovarlarga yangilik kiritish xarajatlari ko‘payadi.

Download 226 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling