Harbiy sudlar tizimi. Reja


Download 44.03 Kb.
bet1/4
Sana16.06.2023
Hajmi44.03 Kb.
#1498550
  1   2   3   4
Bog'liq
Harbiy sudlar tizimi


Harbiy sudlar tizimi.


Reja:

1.Harbiy sudlar faoliyatining rivojlanish tarixi.


2.Harbiy sudlar tizimi va umumiy qoidalar.
3. Okrug va hududiy harbiy sudlar va sudlov hay'ati.
1.Harbiy sudlar faoliyatining rivojlanish tarixi
Harbiy sudlar faoliyati umumiy yurisdiksiya sudlari faoliyatiga o`xshab ketadi. Ya'ni ular O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonunlarda inson huquqlari to`g`risidagi xalqaro hujjatlarda e'lon qilingan fuqarolarning huquq va erkinliklarini, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qo`riqlanadigan manfaatlarni himoya qiladi.
Harbiy sudlar boshqa sudlar kabi O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga so`zsiz amal qilishi va shu bilan birga Oliy Sud Plenumi qarorlariga bo`ysunishi kerak. Vakolat va vazifalarning o`xshashligi bilan birga harbiy va umum yurisdiksiya sudlari o`rtasida bir qator farqlar ham bor.
Birinchidan; harbiy sudlarga konstitutsion nazorat qilish huquqi berilmagan. Qonunni sharhlash ham ularning vakolatiga kirmaydi.
Ikkinchidan; harbiy sudlar bo`yicha ishlarni umumiy yurisdiksiya sudlari kabi ko`ra olmaydi.
Uchinchidan, harbiy sudlar shunday ishlarni ko`radiki, bu jinoyatlar harbiy xizmatga qaratilgan bo`ladi (buyruqni bajarmaslik, o`zboshimchalik bilan xizmat joyini tashlab ketish, dezirtirlik, harbiy mulkni yo`q qilish yoki unga ziyon yetkazish).
Harbiy sudlar faoliyati ustidan nazoratni O`zbekiston Respublikasi Oliy Sudi olib boradi. Chunki Harbiy Sudlar ham yagona sud tizimiga kiritilgan.
Harbiy sud Oliy sud harbiy hay'ati va harbiy sud, okrug va hududiy harbiy sudlardan iborat.
Harbiy Sud O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so`ng tashkil etilgan va faoliyat ko`rsatib kelmoqda.
Bundan oldingi harbiy tribunallar O`zbekiston sud tizimiga kiritilmagan edi, chunki barcha harbiy tribunallar va Turkiston hududidagi harbiy okruglar «Markazga» Moskvaga bo`ysunar edi.Bu vaqtlarda umum yurisdiksiya sudlari harbiy jinoyatlarga qarshi yaxshi kurasha olmas edilar, chunki bu boradagi ishni hal qilinishiga operativ tadbirlar olib borishmas edi.
1918-yil iyunida armiya tarkibida birinchi harbiy tribunal tashkil etildi. Shu yilning oxiriga borib esa barcha armiyalar tarkibida shunday harbiy tribunal tashkil etildi. Bunday harbiy tribunallarning faoliyati ustidan nazorat olib borish uchun esa 1918 yil 8 dekabrda revolyutsion harbiy tribunal tashkil etildi.
1919- yil 20-noyabrda harbiy tribunallar faoliyatini tartibga soluvchi birinchi yo`riqnoma tasdiqlandi.
Harbiy tribunallarning hukmlari ustidan shikoyat qilinmas edi va u e'lon qilingan vaqtdan boshlab kuchga kirar edi.
1940-yil 13-iyunda harbiy tribunallar boshqarmasi tashkil etildi.
1942-yil mayida esa u harbiy tribunallar Bosh boshqarmasi nomi bilan qayta tashkil etildi. Urushdan so`ng harbiy tribunallar faoliyatini mustahkamlash yo`lida bir qancha tadbirlar olib borildi. 1946-yil 27-iyunda Ministrlar Soveti Qurolli kuchlarining harbiy tribunallar Bosh boshqarmasi haqidagi yo`riqnomasini tasdiqladi. Unda bu tribunallarning ish faoliyati, strukturasi o`z aksini topgan edi.
1992-yil 3-iyulda Oliy Kengash qarori bilan Oliy Sud tarkibida Harbiy kollegiya tashkil etildi. Ular vakolatiga birinchi yuqori sud sifatida ish ko`rish, kassatsiya va nazoratni ham olib borish vakolati berilgan edi.1993 yil 2 sentabrda Sudlar to`g`risida qonun qabul qilindi va unda Respublika hududida faoliyat yuritayotgan sudlar ham kiritilgan edi. Albatta, bu qonundagi barcha qoidalar, yo`riqlar, vazifalar Harbiy sudlarga ham tegishlidir.
2000-yil 14-dekabrda bu qonunga qo`shimcha va o`zgartirishlar kiritildi.
1999-yil 23-sentabrda O`zbekiston Respublikasining Prezidenti farmoni bilan Harbiy sud tashkil etildi.

Download 44.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling