Harbiy sudlar tizimi. Reja


Download 44.03 Kb.
bet4/4
Sana16.06.2023
Hajmi44.03 Kb.
#1498550
1   2   3   4
Bog'liq
Harbiy sudlar tizimi

Harbii sudlar (UzRda) - Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida ish olib boruvchi va Oʻzbekistonning sud hokimiyati tizimiga kiruvchi umumiy yurisdiksiya sudlari. 1992-yil 28-fevralda qabul qilingan "Harbiy tribunallar va harbiy prokuratura organlari toʻgʻrisida"gi Prezident farmoni bilan respublika qurolli kuchlarida qonuniylik va huquq-tartibotni taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston hududida joylashtirilgan harbiy tri-bunallar Oʻzbekiston Respublikasi nomidan odil sudlovni barcha harbiy qismlar, qoʻshilmalar, strategik va umumiy yoʻnalishdagi birlashmalar, harbiy-oʻquv dargohlari, muassasalar va boshqa harbiy tuzilmalarda amalga oshi-radigan boʻldi. Mazkur farmon bilan bir vaqtda sobiq Turkiston harbiy okru-gining Harbiy tribunali asosida Harbii sudlarlar tashkil etildi. Oʻzbekiston Respublikasi Harbii sudlari tizimi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Harbiy hayʼati, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi, okrug va hududiy H.sdan iborat. Oʻzbekiston Respublikasi Harbii sudlari; respublika Mudofaa vazirli-gining, Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmitaning, Milliy xavf-sizlik xizmatining, Favqulodda vaziyatlar vazirligining, Ichki ishlar vazirligi qoʻshinlarining va qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladigan boshqa harbiy tuzilmalarning harbiy xizmatlari, shuningdek, oʻquv yigʻinlarida boʻlgan vaqtda harbiy xizmatga majburlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻradi. Shuningdek, harbiy qismlar, qoʻshilmalar va birlashmalar, harbiy boshqaruv organlarining qoʻmondonligiga nisbatan harbiy xizmatchilarning daʼvolari boʻyicha fu-qarolik ishlarini va harbiy boshqa-ruv organlari hamda harbiy mansabdor shaxslarning harbiy xizmatchilarning huquq va erkinliklarini buzuvchi xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyatlarni; alohida holatlarga koʻra umumiy yurisdiksiya sudlari faoliyat koʻrsatmayotgan joylarda barcha fuqarolik va jinoyat ishlarini; davlat sirlariga taalluqli ishlarni; qonun hujjatlariga muvo-fiq boshqa ishlarni koʻradi.
Harbii sudlarning faoliyati ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi nazorat qiladi, Oliy sud raisi Harbii sudlar ishlarining tashkil etilishiga oid buyruq va farmoyishlar chiqaradi. Harbii sudlarning moddiy-texnik taʼminoti, ularni moliyalashtirish, transport va aloqa vositalari bilan taʼminlash masalalari Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi zimmasidadir.
Zumrad Inogʻomjonova.
So`nggi yillarda mamlakatimizda sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish, fuqaro va tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish choralarini kuchaytirish, odil sudlovni samarali ta`minlash hamda sudyalar hamjamiyati rolini oshirish bo`yicha izchil ishlar olib borilmoqda.
Xususan, harbiy sud tizimida ham bir qator islohotlar amalga oshirildi.
Bu borada harbiy sud sudyalarining shtat birliklari Qurolli Kuchlari tarkibidan Oliy sud tizimiga o`tkazilishini qayd etish o`rinli. Vaholanki, ilgari harbiy sudyalarning Mudofaa vazirligi shtatiga kiritilgan bo`lganligi uchun ushbu vazirlik ijro hokimiyati organi hisoblanishi tufayli sud hokimiyati ijro organi tarkibiy bo`linmasiga aylanib qolgandi.
Prezidentimizning 2017 yil 21 fevral kungi “O`zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi farmoniga asosan Harbiy sud, okrug va hududiy harbiy sudlarning 159 ta shtat birligi qisqartirilib, Harbiy sudning qo`riqlash vzvodi tugatildi. O`z navbatida Oliy sud harbiy hay`ati, harbiy sud, okrug va hududiy harbiy sudlar shtat birliklari sudyalar va harbiy sudlar xodimlaridagi harbiy xizmatchilar huquqiy maqomi, shu jumladan, harbiy xizmatchilar uchun belgilangan huquq, imtiyoz va afzalliklar saqlanmagan holda Qurolli Kuchlari tarkibidan Oliy sud tizimiga o`tkazildi.
O`zbekiston Respublikasi jinoyat-prosessual kodeksi 13-moddasining 5-qismida “Tegishli sud hay`atlarida apellyasiya, kassasiya va nazorat tartibida ishlarni ko`rish uch nafar sudyadan iborat tarkibda amalga oshiriladi” deb belgilangan.
Hozirgi kunda harbiy sudning sudyalar soni 5 tani tashkil etganligi bois Harbiy sudi tomonidan birinchi instansiyada ko`rilgan ishlarni apellyasiya yoki kassasiya tartibida hamda Harbiy sudi tomonidan ishlarni apellyasiya yoki kassasiya instansiyasida ko`rib chiqishlik uchun sudyalar soni kamligi (kvorum bo`lmaganligi) sababli ko`plab ishlar Jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent shahar yoki boshqa viloyat sudlari tomonidan ko`rib chiqilmoqda.
Bu esa jinoyat ishlari bo`yicha sudlarning harbiy jinoyatlarga oid ishlarini ko`rishda malakasi yo`qligi, ularning umumharbiy nizomlar va davlat sirlariga oid qonun-hujjatlar hamda normativ-huquqiy hujjatlarning etarli darajada bilmasliklari bois, ko`plab sud qarorlari bekor bo`lishi, fuqarolarning huquq va manfaatlariga putur etishiga olib kelayotgan edi.
Download 44.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling