Spоrt inshооtlari nazariyasi sport maydonlarining oriyentatsiya va konstruksiyasi hamda o‘lchamlari


Download 314.92 Kb.
bet1/7
Sana16.06.2023
Hajmi314.92 Kb.
#1518660
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
mustaqil ish


SPОRT INSHООTLARI NAZARIYASI


Sport maydonlarining oriyentatsiya va konstruksiyasi hamda o‘lchamlari
O‘yin maydonlari kengligini aniqlashda ularning o‘yin va quri- lish maydoni o‘lchamlarini bilish zarur. O‘yin maydoni o‘lchami o‘yin qoidalari asosida belgilanadi. Qurilish o‘lchamlari esa, xavf- sizlik zonalari hisobiga ko‘ra o‘yin maydoniga nisbatan kattaroq bo‘ladi. 1-jadvalda o‘yin maydonlarining asosiy va qurilishi mum- kin bo‘lgan o‘lchamlari berilgan.
O‘yin maydonlari alohida yoki birlashgan holda joylashishi mumkin. Masalan, bir tekislikda bitta yoki har xil sport turlari uchun birlashgan maydonlar bo‘lishi mumkin.
Sport o‘yin maydonlarining asosiy va kiritilishi mumkin bo‘lgan o‘lchamlari



Sport turi bo‘yicha o‘yin maydonlari



O‘yin maydonlarining o‘lchamlari (m)

Оsonlashtirilgan qoida bo‘yicha o‘yin maydoni o‘lchami

O‘yin

Qurilish

Uzunligi

Eni

Uzunligi

Eni

Uzunligi

Eni

Basketbol

28

15







26

14

Voleybol

18

9

24

15

15

7,5

Qo‘l to‘pi

40

20

44

23

36

18

Badminton

13,4

6,1

15

8

12

5

Tennis







40

20

36

18

Futbol

90

60

98

64

60

40

a) qoida bo‘yicha

110

75

118

79

75

50

b) sport yadro loyihasi tipi
bo‘yicha

104


69














Sport maydonlari qurilishida shuni ko‘zda tutish kerakki, o‘yin vaqtida quyosh yon tomondan (uning o‘rta chizig‘i bo‘ylab) tushishi lozim.
Shunga muvofiq, asosan kechki payt foydalaniladigan maydonlar qurilishida meridian chizig‘i e’tiborga olinib, ya’ni ularning bo‘y o‘qi shimoldan janubga tomon tortilgan bo‘lib, mumkin bo‘lgan og‘ishi 15 bo‘ladi. Agar sport o‘yinlari bir turi uchun bir necha maydon joylashtirish zarur bo‘lsa, unda hech bo‘lmaganda, ularning uchtasidan bittasi ekvator chizig‘i e’tiborga olingan holda quriladi.
Yuqori qavatli uylar bo‘lgan tumanlarda maydonlarni uylar- ning sharq tomoniga va ekvator chizig‘i ko‘zda tutilib qurilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shu maqsadda qurilgan inshootlarda quyosh kech paytda va kunduzi o‘tadigan o‘yinlarda ham xalaqit qilmaydi.
Voleybol va tennis maydonlari qurilishida o‘rta chiziqdan yuza chizig‘i tomonga nishab qilinadi. Basketbol va qo‘l to‘pi uchun maydonlarni rejalashtirishda o‘rta bo‘ylama o‘qidan yon chizig‘i tomon ikki nishabli qilinadi. Ammo sport maydonlarini joylashti- rish bilan bog‘liq holda yerning relyefiga qarab vertikal rejalashtirish o‘zgartirilishi mumkin



Download 314.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling