Spоrt inshооtlari nazariyasi sport maydonlarining oriyentatsiya va konstruksiyasi hamda o‘lchamlari
Suv shimuvchan maxsus qoplamalarning qorishma tarkibi
Download 314.92 Kb.
|
mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xomashyo Qorishma guruhi 1 chi
- 6 chi 7 chi
- Asfalt, asfalt-rezina va bitum qoplamalar.
- SPORT INSHOOTLARINING SHAKLI VA O‘LCHAMLARI
Suv shimuvchan maxsus qoplamalarning qorishma tarkibi
Asfalt, asfalt-rezina va bitum qoplamalar. Yuqori qoplamali asfalt qoplamalar sportchilarning mashg‘ulotlari muntazam ra- vishda o‘tkazilmaydigan sport maydonlarida muvafaqqiyatli ish- latiladi. Asfalt-rezinali va rezino-bitumli qoplamalarning taranglik qobiliyati ularni mashg‘ulot va musobaqa o‘tkazish maydonlarida ishlatishga imkon beradi. Bu qoplamalar texnik xavfsizlik qoida- lariga qat’iy rioya qilishi talab etuvchi issiqlik usuli bilan tayyor- lanadi. Asfalt va rezino-bitum qorishmasi asfalt zavodlarida tay- yorlanadi. Sovuq qorishmani yotqizib, shibbalash qiyin, shu mu- nosabat bilan yotqizilayotgan asfalt aralashma harorati 120 dan kam bo‘lmasligi, rezina-bitum va asfalt-rezina aralashma harorati esa 140 dan kam bo‘lmasligi kerak. Qoplamalarni shibbalash tax- minan uch tonnacha keladigan maxsus g‘ildirak bilan bajariladi. Bitum pasta asosli aralashmali qoplamalar o‘zining tarkibi jihati- dan rezino-bitum aralashmaga yaqin, lekin ular sovuq usul bilan tayyorlanadi, shuning uchun o‘z kuchi bilan quriladigan (musta- qil) qurilishlarda ishlatiladi. Bitum pasta asosli qorishma maxsus tuproqli aralashma singari yotqiziladi. SPORT INSHOOTLARINING SHAKLI VA O‘LCHAMLARI Sport inshootlari – bu maxsus qurilgan va o‘z faoliyatida ko‘pqirrali madaniy va sport tadbir va anjumanlari o‘tkaziladigan maskandir. Zamonaviy tasavvurda sport inshootlari deganda o‘quv mashg‘ulotlar, turli qishki va yozgi sport turlari bo‘yicha musobaqalar uchun mo‘ljallangan har xil inshootlar kompleksi tushuniladi. Kompleksning asosiy inshooti stadiondir, ya’ni to- moshabinlar uchun mo‘ljallangan tribunali asosiy sport arenasi. Tomoshabinlarning soni hamda ularga xizmat ko‘rsatuvchilarga, musobaqalar, sport mashg‘ulotlarining turlari va xarakteriga ko‘ra stadionlarning turlari belgilanadi. Zamonaviy stadionlarning sport arenasi bosqichma-bosqich shakllanishi jarayonida antik tuzilishiga nasbatan tarkibi va o‘lchamlari jihatidan yuqori darajada takomillashdi. Bunday stadi- onlar standart o‘lchamli radiusi 36 m bo‘lgan va 400 m masofaga yugurish yo‘lkasi bilan o‘ralgan futbol maydonidan (104x69 metr) hamda yengil atletika uchun mo‘ljallangan sektorlardan tashkil topgan. Stadionda tomoshabinlar sig‘imiga ko‘ra tribunalar sport are- nasining bir yoki ikki tomonida joylashadi. Ular taqasimon, oval ellipssimon yoki yopiq halqasimon formada bo‘lishi mumkin. Download 314.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling