Spоrt inshооtlari nazariyasi sport maydonlarining oriyentatsiya va konstruksiyasi hamda o‘lchamlari


Download 314.92 Kb.
bet7/7
Sana16.06.2023
Hajmi314.92 Kb.
#1518660
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
mustaqil ish

Tomoshabinlar qatorlarining zamindagi tribunalari konstruktiv yechimlari.
Luklarning eni 1,5 metrdan kam emas va 2,5 metrdan ko‘p bo‘lmasligi zarur. Luklar soni o‘tkazish xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, ya’ni 15 000 kishidan ko‘p bo‘lmaslik sharti bilan belgilanadi.
Tribunalarni yuk ko‘tarishga hisoblashda 1 m² ga 400 kg bosim holida qabul qilinishi zarur. Tribuna profili to‘siqsiz ko‘rinishni ta’minlab, bunda yengil atletika yugurish yo‘lkasi ichki to‘sig‘ining ko‘rinishi oldinda o‘tirgan tomoshabin ko‘ziga nisbatan orqada o‘tirgan tomoshabindan kamida 15 sm pastda bo‘lishi zarur. Bu o‘lcham S kattaligi orqali belgilangan. Yo‘lkaning egilgan tribu- naga yaqinlashgan joylarida S kattaligini 13 sm ga kamaytirish mumkin.
Sport pavilonlari ochiq sport maydonlarini va stadion inshoot- lari, ochiq suv havzalari, yaxtaklublar, eshkak eshish stansiyalari, merganlik tirlari va stendlarini, shuningdek, turli sport o‘yinlari uchun maydonchalarni yil davomida (voleybol, basketbol, tennis va boshqalarni) xizmat ko‘rsatishi uchun mo‘ljallanadi.
Pavilonlar maqsadlariga ko‘ra xonalari, maydonchalari ham turlichadir. Shu sababli ularni rejalashtirishda kompozitsion usul- lar xilma-xil xarakterga ega.
Sodda kompozitsiyadagi sport paviloni to‘g‘ri to‘rtburchakli shaklga ega bo‘lib, binoning frontal yoki yon tarafidan ayollar va erkaklar uchun umumiy kirish qismi mavjud.
Pavilonlarni loyihalashda vestibuldan foydalanayotgan va sport zaliga tomon harakatlanayotgan sportchilar oqimining bo‘linishini inobatga olgan holda ular uchun qulay harakatlanish grafigini ta’minlash kerak.
Kichik va o‘rtacha kattalikdagi stadionda barcha ochiq sport maydoni va maydonchalariga xizmat ko‘rsatishni qulaylashtirish maqsadida sport pavilonining markazda joylashishi maqsadga muvofiq.
Kichik sport pavilonlari uchun quyidagi xonalar tizimi nazarda tutiladi: vestibul-grelka garderobi bilan, bufet, sanitariya gigiyena xonalari, sport anjomlari xonasi; sport zali yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi xonalari bilan, xususan: ayollar va erkaklar kiyim almashtirish xonasi, dush va hojatxonalar bilan, massaj, tibbiyot xonasi, ko‘rsatmalar berish, anjomlar, radiouzel, isitish va shamollatish xonasi. Har xil, ya’ni turli kattalikdagi katta sport pavilonlari ham mavjud bo‘lib, ularning xonalari tizimiga bir nechta sport zallari, suzish suv havzalari, suvga sakrash moslamalari va boshqalar kiradi. Bunday pavilonlarda sport turlari bo‘yicha o‘quv-mashqlar sifati yaxshilanadi va bino hamda stadion hududidan yanada unumliroq foydalanish imkoni tug‘iladi.
Download 314.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling