Harbiy sudlar tizimi. Reja
Harbiy sudlar tizimi va umumiy qoidalar
Download 44.03 Kb.
|
Harbiy sudlar tizimi
2.Harbiy sudlar tizimi va umumiy qoidalar
O`zbekiston Respublikasi harbiy sudlari tizimi O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi harbiy hay'ati, O`zbekiston Respublikasi harbiy sudi, okrug va hududiy harbiy sudlardan iborat:1 Harbiy Sudlar to`g`risidagi qoidalar Sudlar to`g`risidagi qonunning 4-bobida berilgan bo`lib, unda quyidagilar belgilangan: Harbiy sudlar O`zbekiston Respublikasi sud tizimiga kiradi hamda O`zbekiston Respublikasi Oliy Sudi harbiy hay'ati, O`zbekiston Respublikasi harbiy sudi, okrug va hududiy harbiy sudlardan iborat bo`ladi. Harbiy sudlar chiqaradigan hal qiluvchi qarorlar va hukmlar O`zbekiston Respublikasi nomidan e'lon qilinadi. O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi harbiy hay'ati lavozimiga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining o`rinbosari hisoblanadigan harbiy hay'at raisidan, harbiy hay'at rais o`rinbosaridan va sudyalardan iborat bo`ladi. Okrug va hududiy harbiy sudlar tuman sudi doirasida ish olib boradi hamda rais, sudyalar va xalq maslahatchilaridan iborat bo`ladi. Harbiy sudlarning sudyalari “Sudlar to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda saylanadilar va tayinlanadilar. O`zbekiston Respublikasi Harbiy sudlari: · O`zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligining, Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo`mitaning, MXXning, FVVning, IIB qo`shinlarining va qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladigan boshqa harbiy shartnomalarning harbiy xizmatchilari, shuningdek, o`quv yig`ilishlarida bo`lgan vaqtda harbiy xizmatga oid shikoyatlar to`g`risidagi ishlarni; · harbiy qismlar, qo`shilmalar va birlashmalar, harbiy boshqaruv organlarining qo`mondonligiga nisbatan harbiy xizmatchilarning da'volari bo`yicha fuqarolik ishlarini va harbiy boshqaruv organlari hamda harbiy mansabdor shaxslarning harbiy xizmatchilarning huquq va erkinliklarini buzuvchi xatti-harakatlari ustidan shikoyatlarni; · alohida holatlarga ko`ra umumiy yurisdikatsiya sudlari faoliyat ko`rsatmayotgan joylarda barcha fuqarolik va jinoyat ishlarini; · davlat sirlariga taalluqli ishlarni ko`rib chiqish vakolatiga ega. O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi harbiy sudloviga: oliy ofitserlar tarkibidagi mansabdor shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar to`g`risidagi ishlar, shuningdek, ushbu shaxslarga taalluqli boshqa ishlar va shikoyatlar tegishlidir. O`zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudloviga: sodir etilganligi uchun umrbod qamoq jazosi belgilanishi mumkin bo`lgan jinoyatlar to`g`risidagi ishlar; polkovnik, 1-darajadagi kapitan unvoniga ega bo`lgan shaxslarning jinoyatlari to`g`risidagi ishlar yoxud brigada komandiri lavozimidagi shaxslar hamda xizmat mavqyei bo`yicha ularga teng shaxslarning jinoyatlari to`g`risidagi ishlar, shuningdek, ushbu shaxslarga taalluqli boshqa ishlar va shikoyatlar tegishlidir. Download 44.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling