7-mavzu: Mantiq bilish nazariyasining tarkibiy qismi


Hukm terminlari birdan ortik bo‘lsa, murakkab hukm deb ataladi


Download 123.51 Kb.
bet16/29
Sana07.01.2023
Hajmi123.51 Kb.
#1081621
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   29
Bog'liq
7-мавзу Документ Microsoft Office Word (1)

Hukm terminlari birdan ortik bo‘lsa, murakkab hukm deb ataladi. Murakkab hukmlar «va», «yoki», «agar...unda» kabi mantiqiy boglamalar, inkor qilish va modal terminlarni ko‘llash orqali ikki va undan ortik oddiy hukmlarning o‘zaro birikishidan xosil bo‘ladi. Mantiqiy boglovchining mazmuniga ko‘ra murakkab hukmlarning quyidagi asosiy turlarini farq qilish mumkin: birlashtiruvchi, ayiruvchi, shartli, ekvivalent.
Birlashtiruvchi (kon’yunktiv) hukmlar deb ikki va undan or­tik oddiy hukmlarning «va» «ham», «hamda» kabi mantiqiy boglovchilar vositasida o‘zaro birikishidan xosil bo‘lgan hukmlarga aytiladi. Masalan: 1.»Kungirok chalindi va dars boshlandi». 2.»A, Navoiy shoir va davlat arbobi bo‘lgan». 3. «Muhammad Xorazmiy va Axmad Fargoniylar matematika fanining rivojlanishiga katta xissa kushganlar».
Birinchi birlashtiruvchi hukm ikki mustaqil oddiy hukmning bog‘lanishidan xosil bo‘lgan. Ikkinchi hukmda bir xil sub’ektga ega bo‘lgan ikki oddiy hukm o‘zaro bog‘langan. Uchinchi birlashtiruvchi hukmda esa, bir xil predikatga ega bo‘lgan ikki oddiy hukm o‘zaro bog‘langan. Uzbek tilida birlashtiruvchi hukmlar «ammo», «lekin», «birok, kabi boglamalar va (,) vo­sitasida ham tuziladi. Mantiqiy boglamalar kon’yunksiya belgisi, “^” orqali ifodalanadi.
Kon’yunktiv (birlashtiruvchi) hukm tarkibidagi oddiy hukmlarni «r» va «q» shartli belgilari bilan belgilasak, unda bu hukm»r^d formulasi orqali ifodalanadi. Kon’yunktiv hukm tarkibidagi oddiy hukmlar chin yoki xato bo‘lishi mumkin. Tar­kibidagi hamma oddiy hukmlar chin bo‘lganda, birlashtiruvchi hukm chin bo‘ladi. Boshqahamma xolatlarda esa, xato bo‘ladi. Ma­salan, «YOlgon gapirish va ugirlik qilish jinoyatdir» hukmidagi birinchi oddiy ran «YOlgon gapirish jinoyatdir» chin bo‘lmaganligi uchun, bu hukm chin bo‘lmaydi.
Ayiruvchi (dizyunktiv) hukm deb «yo», «yoki», «yoxud» mantiqiy boglamalari vositasida oddiy hukmlardan tashkil topgan muloxazaga aytiladi. Bu boglovchilar ikki oddiy hukmni yoki bir kancha predikatlarni, yoki bir kancha sub’ektlarni bir-biridan ayirib turadi. Masalan: «Kodirov falsafa, yoki sotsiologiya, yoki psixologiya bulimida ukiydi». «Ikkinchi soatda yo matema­tika, yoki chet tili darsi bo‘ladi». Ayiruvchi borlamalar «V» -diz’yunksiya belgisi orqali ifodalanadi. Ayiruvchi (diz’yunktiv) hukmlar oddiy yoki kat’iy turlarga bulinadi. U oddiy diz’yunktiv hukm tarkibidagi oddiy hukmlardan biri yoki hammasi chin bo‘lishi mumkin, kat’iy diz’yunktiv hukmda esa tarkibi­dagi oddiy hukmlardan faqat bittasi chin bo‘ladi. Oddiy diz’­yunktiv hukm (pvq) formulasi bilan, kat’iy dizyuktiv hukm r vqformulasi bilan belgilanadi.
«X.X Niyoziy shoir yoki dramaturgdir». Bu oddiy dizyunktiv hukm. «Abdullaev musobakada yo yutadi, yutmaydi». Bu kat’iy dizyunktiv hukm.

Download 123.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling