№8 ma’NAVIY ma’rifiy soatlar rejasi


Download 1.29 Mb.
bet27/50
Sana10.02.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1186892
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   50
Bog'liq
МАЪНАВИЯТ МАВЗУЛАР МАРУЗАСИ 1 КУРС

Fundamentalizm – ma’lum din vujudga kelgan ilk davriga qaytish va bu yo‘l bilan zamonaning barcha muammolarini hal qilish mumkin degan fikrni ilgari suruvchilarning yo‘nalishi. Diniy fundamentalizm – aqidaning o‘zgarmasligini himoya qiladigan, vahy va mo‘jizalarning muqaddas kitoblardagi bayonining harfiy talqini tarafdori, ularning har qanday majoziy talqiniga murosasiz, so‘zma - so‘z talqinga asoslangan e’tiqodni aqlga tayangan mantiqiy dalillardan ustun qo‘yadigan, muayyan diniy e’tiqod shakllanishining boshlang‘ich davrida belgilangan barcha yo‘l – yo‘riqlarni qat’iy va og‘ishmay bajarilishini talab qiladigan diniy oqimlarni ifodalashda qo‘llaniladigan istilohdir.
Fanatizm o‘z aqidasining shak shubhasiz to‘g‘riligiga ishonib, boshqa firqa va mazhablarni butunlay rad etgan holda ularni tan olmaslik, balki ularni diniy asoslarni buzishda ayblab ularga qarshi urush ochishga olib boradigan omillardandir. Diniy fanatizm diniy ekstremizm va terrorizmga zamin tayyorlaydi.
Diniy tashkilotlarga O‘zbekiston Respublikasida diniy xarakterga ega bo‘lgan partiyalar tuzish, respulikadan tashqaridagi diniy partiyalarning bo‘lim yoki filiallarini ochish man etiladi.
Dindan davlatga va konstitusiyaga qarshi targ‘ibot olib borishda, dushmanlik, nafrat, millatlararo adovat uyg‘otish, axloqiy negizlarni va fuqoraviy totuvlikni buzishda, bo‘hton, vaziyatni beqarorlashtiruvchi uydirmalar tarqatishda, aholi o‘rtasida vahima chiqarishda hamda davlatga, jamiyat va shaxsga qarshi qaratilgan boshqa hatti harakatlarda foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Terrorizm, narkobiznes va uyushgan jinoyatchilikka ko‘maklashadigan, shuningdek, boshqa g‘arazli maqsadlarni ko‘zlovchi diniy tashkilotlar, oqimlar, sektalar va boshqalarning bunday faoliyatlari taqiqlanadi.21
Vohhobiylik – Vohhobiylik XVIII – asrda Arabiston yarim orolida vujudga kelgan diniy siyosiy oqimdir. Uning asoschisi Muhammad ibn Abd al – Vahhob 1703 – yili Arabiston yarim oroli Najd o‘lkasining al – Uyayna degan joyida tavallud topgan. Bu davrda uning otasi Abd al Vahhob ibn Sulaymon mustaqil mahalliy amir hokimiyatida qozilik lavozimida xizmat qilar edi. Muhammad yoshligidan diniy ilmlarni o‘z otasi rahbarligida o‘rgana boshladi. U an’anaga ko‘ra, Qur’onni yod oldi, tafsir va hadis ilmlari bilan tanisha boshladi. Bir necha bor Misr, Suriya, Qurdiston, Iroq, Eron mamlakatlarida bo‘lib ko‘pincha ulamolar suhbatida o‘zining janjalkashligi va mutaasibligi bilan ajralib turgan. U o‘z targ‘ibotchilik faoliyatini 1730 – yillarda boshlab birinchi maqsadi o‘ziga munosib homiy topish bo‘ldi.
1745 – yili Muhammad ibn Abd al – Vahhob ad – Diriyya vodiysiga uning amiri Muhammad ibn Sa’ud taklifiga binoan ko‘chib o‘tdi. Muhammad ibn Abd al – Vahhob 1792 – yili vafot etdi. Ibn Saud va uning sulolasi vahhobiylik bayrog‘i ostida olib borgan urushlari 1932 – yilda Saudiya Arabistoni davlatining tuzilishi bilan yakunlandi.
“O‘z vaqtida tilla taqinchoq taqish, shoyi libos kiyish, hashamga berilish – bid’at, deb dunyoni buzgan va islomni asl holiga keltiramiz, deb dini bir, iymoni bir mo‘minlarni qirg‘in qilgan Abd al – Vahhob va Muhammad ibn Saud keyinchalik o‘z hayotlarini shu qadar hashamatli tashkil etadiki, bu dabdaba xorijiy tarixchilarni, hatto Fransiyaning Halabdagi konsuli L. Koransezni ham hayratga soladi. “Bunday oqimlarning barchasi ham odamlarni insofga va kamtarona yashashga undab o‘z faoliyatlarini boshlaydi va rahnamoning shohona hayotga erishishi bilan uni yakunlaydi”.



Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling