8. marketing tizimida narx siyosati narx tushunchasi, uning mohiyati va narx turlari


Download 218.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana09.06.2023
Hajmi218.84 Kb.
#1466377
1   2   3   4
Bog'liq
8 мавзу MARKETING TIZIMIDA NARX SIYOSATI

2-rasm. Narx belgilash usullari 
 
Narx belgilashning 3 ta usuli mavjud: 
1. Firmaning ichki manfaatlariga kuchli yo‘naltirilganligini namoyon etib, sarf – 
Raqobatchilar 
Sarf 
xa 
lar 
rajat 
Marketing 
Narx 
belgilash 
usullari 


xarajatlar asosida narx belgilash. 
2. Raqobatchilarning narxiga qarab narx belgilash. 
3. Marketingga yo‘naltirilgan narx belgilash usuli. Bunda muayyan bozorda 
iste’molchi uchun qimmatli bo‘lgan xususiyatlari va marketing strategiyasi hisobga 
olinib narx belgilanadi. 
Sarf xarajatlarga asosan narx belgilashning 2 ta usuli mavjud: 
1. Tannarx asosida narx belgilash 
2. To‘la xarajatlar asosida narx belgilash 
Tannarx(ishchi kuchi, materiallar, yoqilg‘i, energiyaga ketadigan xarajatlar, 
amortizatsiya, sug‘urta, ustama xarajatlar, boshqaruvga ketadigan xarajatlar hisoblab 
chiqiladi.) 
Ko‘pincha korxonalar mahsulot sotish narxini aniqlashda sodda formulalardan 
foydalanadi. Formulalarga ko‘ra, narx belgilashning boshqa jami usullari kabi, birinchi 
navbatda e’tiborni foydaga qaratadi, talabni hisobga olmaydi. 
«O‘rtacha xarajatlar plyus foyda» tamoyili bo‘yicha narx belgilash tovarning 
tannarxiga muayyan ustama qo‘yishdan iborat bo‘lib, narx belgilashning eng oddiy 
usuli hisoblanadi. Ustama narx miqdori tovar turiga qarab, juda keng chegaralarda 
tebranib turadi. SHuningdek, tovarning ishlab chiqaruvchidan pirovard natijada 
iste’molchiga etib borishga qarab oxirgi narx ulgurji va chakana savdo qo‘yadigan 
ustama narxlar yakunini ifodalaydi. 
«Ko‘zlangan foyda normasi» olishni ta’minlaydigan narx belgilash usulini 
qo‘llaydigan ishlab chiqaruvchilar oldindan sarf etilgan kapital uchun muayyan qaytim 
foiz olishga intiladilar. Bu usul o‘rtacha solishtirma xarajatlarni hisoblashga asoslanadi. 
Narxni chegaraviy xarajatlar bo‘yicha belgilash usulini qo‘llash bilan firma 
mahsulotning qo‘shimcha hajmi birligini bu mahsulotni ishlab chiqarishning alohida 
qiymatiga sotadi, bu holda xarajatlarning faqat bir qismi koplanadi, foyda amalga 
oshmaydi. Narx belgilashning bu strategiyasi agar firma ishni to‘xtatish xavfi ostida 
qolgan va foydalanadigan ishchi kuchini saqlab qolishni hohlagan sharoitlarda naf 
keltirishi mumkin. 


Savdoda do‘konlarga xaridorlarning kelishini ko‘paytirish uchun sotuvchilar 
ayrim tovarlarni to‘liq xarajatlaridan pastroq baholab, «jalb etuvchi» narxlar 
yaratadilar. Xaridorlar ko‘payadi, ular arzon narxdagi tovarlar bilan birga bunga 
qo‘shimcha ravishda narxi me’yorda bo‘lgan tovarlarni ham xarid qiladilar. 

Download 218.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling